Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


Insonni tushunishda dualizm va monizm



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Insonni tushunishda dualizm va monizm. 
Qadim zamonlarda 
vujudga kelgan insonga nisbatan dualistik yondashuv shundan iboratki, 
odamzot, bir tomondan, moddiy organizmdan, boshqa tomondan esa – 
mustaqil mohiyat sanaladigan va bu organizmni boshqaradigan nomoddiy 
jondan tashkil topgan mavjudot sifatida qaraladi
. Bu yondashuv, masalan, 
boqiy gʻoyalar dunyosida yashaydigan oʻlmas jon inson tugʻilayotgan paytda 
uning tanasiga xuddi zindonga tushgandek kirib oʻrnashadi, uning oʻlimidan 
keyin esa vujudni tark etib, yana gʻoyalar dunyosiga qayta, deb hisoblagan 
Platon falsafasida ayniqsa boʻrtib namoyon boʻladi. Jonlarning oʻlmasligi 
gʻoyasi Sharq falsafiy anʻanasiga ham xosdir.
Hozirgi 
olimlarning 
aksariyati 
qoʻllab-quvvatlaydigan 
inson 
talqinining monistik konsepsiyasi inson ruhiyati, uning tuygʻulari, fikrlari, 
emotsiyalari va kayfiyati inson organizmining tarkibiy qismi sanalgan bosh 
miya nerv hujayralari hayot faoliyatining mahsulidan oʻzga narsa emas, 
degan tushunchadan kelib chiqadi
. Bu yondashuv tarafdorlarining fikriga 
koʻra, ruhiy hodisalar qandaydir nomoddiy asosga ega, deb hisoblash uchun 
etarli dalillar mavjud emas, shu sababli ruhiyat tabiatini tushuntirishda inson 


321 
organizmida yuz beradigan moddiy jarayonlar chegarasidan chetga 
chiqishning hojati yoʻq.
Shunday qilib, tavsiflangan muammo inson oʻz tabiatiga koʻra faqat 
biologik mavjudotmi yoki faqat ijtimoiy mavjudotmi, degan masala bilan 
bogʻlanmaydi. U hech shubhasiz, ham biologik, ham ijtimoiy mavjudotdir.
Ammo bu ikki asosning oʻzaro nisbati qanday, ularning biri 
ikkinchisidan ustunroqmi va inson mohiyatini nima belgilaydi – bu endi 
qizgʻin bahs-munozaralar predmetidir. Mazkur masalalar hanuzgacha 
oʻzining uzil-kesil yechimini topgani yoʻq, hozirda mavjud turli biologik, 
psixologik va falsafiy maktablar bu savollarga har xil javoblar beradi.
Yuqorida zikr etilgan muammoning yechimiga nisbatan mavjud 
yondashuvlar orasida insonning bioijtimoiy tabiatini tushunishga nisbatan 
qarama-qarshi nuqtayi nazarlar ifodasi sanalgan biologizatorlik va 
sotsiologizatorlik konsepsiyalari alohida oʻrin egallaydi. Bunda ularning har 
biri boshqasini butunlay rad etmaydi, ammo insonning muayyan bir (biologik 
yoki ijtimoiy) tabiatini ustunroq qoʻyadi yoki hatto mutlaqlashtiradi.

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish