Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


Falsafiy antropologiya’ning vujudga kelishi va rivojlanishi



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Falsafiy antropologiya’ning vujudga kelishi va rivojlanishi.
Yunoncha sophia – donishmandlik, anthropos – inson va logos – ta‘limot 
soʻzlaridan kelib chiqqan «falsafiy antropologiya» ata‘masi etimologik 
jihatdan inson haqidagi falsafiy ta‘limotni anglatadi. Falsafiy antropologiya 
insonning alohida borliq manbai sifatida kelib chiqishi, tadrijiy rivojlanishi 
va mavjudligining oʻziga xos xususiyatlariga doir falsafiy qarashlarni aks 
ettiradi.
Shu ma‘noda falsafiy antropologiya‘ning ilk ildizlariga XVIII asr 
fransuz mutafakkirlarining asarlarida duch kelish mumkin. Ammo Kant, 
shuningdek, insonning mohiyati muammosini falsafaning «birdan-bir, 
universal va oliy» predmeti darajasiga koʻtaruvchi antropologik tamoyillarni 
falsafaga kiritgan va asoslab bergan Feyerbax sa‘y-harakatlari bilan falsafiy 
antropologiya mustaqil falsafiy fan sifatida shakllana boshladi.
Falsafiy antropologiya XX asrning 20-yillarida asosan M.SHeler, 
A.Gelen, X.Plesner asarlari ta‘sirida uzil-kesil vujudga keldi. Xususan, 
M.Shelerning «Insonning kosmosdagi oʻrni» asarida inson haqida 
fundamental fan yaratish lozimligi qayd etiladi va uni falsafiy bilish dasturi 
taklif qilinadi.
M.Sheler falsafiy antropologiya insonning yaxlit konsepsiyasini 
yaratib, uni muayyan ilmiy, falsafiy va diniy jihatdan anglab etishda 
birlashtiruvchi rol oʻynashi lozim, deb hisoblaydi. U «Falsafiy 
antropologiya‘ning vazifasi insonning barcha oʻziga xos monopoliyalari, 
ishlari va amallari: til, vijdon, asboblar, qurol... davlat, rahbarlik, mif, din, 
fan... inson borligʻining asosiy strukturasidan qanday kelib chiqishini aniq 
koʻrsatib berishdan iboratdir»
1
, deb qayd etadi.
Jamiyat inqirozi, ijtimoiy qarama-qarsxiliklar va boshqa ziddiyatlarni 
M.SHeler inson, uning shaxsiyati inqirozining a‘lomatlari deb hisoblaydi. U 
inson shu paytgacha (XX asrgacha) hali hech qachon bu darajada 
«muammoli» boʻlmaganligini ta‘kidlaydi. Buning asosiy sababini Sheler 
insonni oʻrganish antropologik tafakkurning bir-biri bilan uncha bogʻliq 
boʻlmagan turli yoʻnalishlari – teologik, falsafiy, tabiiy-ilmiy antropologiya 
doirasida amalga oshirilishida koʻradi. Masalan, teologik antropologiya 
insonni faqat iudeycha-xristiancha anʻanalar nuqtayi nazaridan oʻrganadi. 
Falsafiy antropologiya asosiy e‘tiborni insonning oʻzligini oʻrganishga 
qaratadi, tabiiy-ilmiy antropologiya (tabiatshunoslikning barcha tarmoqlari 
va genetik psixologiya) esa faqat Yer rivojlanishining eng soʻnggi mahsuli 
1
Шелер М. Избранные произведения. – М.: 1994. – С. 187.


316 
sifatidagi, hayvonot dunyosidagi oʻzidan oldingi shakllardan energiya va 
qobiliyatlar birikmasining murakkablik darajasi bilangina farq qiluvchi 
mavjudot sifatidagi inson haqida tasavvur hosil qilish imkonini beradi.
M.Sheler fikriga koʻra, falsafiy antropologiya‘ning vazifasi inson 
borligʻi strukturasidan insonning barcha ishlari va amallari, shu jumladan til, 
fan, mif, san‘at, din, jamiyat, davlat, tarix, gʻoyalar, vijdon va insonni 
tavsiflovchi boshqa omillar qanday kelib chiqishini koʻrsatib berishdan 
iborat. SHu nuqtayi nazardan inson falsafasi barcha fanlar fani maqomini 
kasb etadi.
M.Sheler fikricha falsafiy antropologiya‘ning predmeti
– bu inson 
mohiyati va uning strukturasi haqidagi fandir
.
M.Sheler Gʻarbiy Evropa jamiyatini axloqiy, falsafiy va diniy 
qadriyatlar odamlar uchun ikkinchi darajali ahamiyat kasb etayotgani uchun 
tanqid qiladi va ularga bu qadriyatlarni birinchi oʻringa qoʻyishni tavsiya 
etadi. Jamiyatni chulgʻab olgan inqirozdan chiqish yoʻlini M.Sheler aynan 
shunda koʻradi.
Shunday qilib, inson ongli mavjudot sifatida M.Sheler falsafasida 
markaziy oʻrinni egallaydi, inson borligʻining asosiy tamoyillari sifatida 
qudratli, biroq kelajakni oldindan koʻrolmaydigan yashashga intilish, hamma 
narsani anglab eta oladigan, ammo hayotni belgilashga ojiz boʻlgan ong amal 
qiladi.
Sheler ta‘limoti hayot falsafasi va ekzistensializmning rivojlanishiga 
ancha kuchli ta‘sir koʻrsatdi. Uning negizida keyinchalik alohida falsafiy-
antropologik ta‘limotlar – biologik, psixologik, madaniy, diniy va boshqa 
nazariyalar vujudga keldi.

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish