Sharq va Gʻarb falsafasida inson muammosi.
Qadimgi Sharq,
xususan Xitoy falsafiy tizimlari,asosan,sotsiotsentrik konsepsiyalardan iborat
boʻlib, ularda inson, odatda, jamiyat, sotsium bilan uzviy bogʻliq deb
qaraladi.
«Ideal munosabatlar qonuni»ga odamlar oʻrtasida, oila, jamiyat,
davlatda rioya qilish inson hayotining muhim ma‘nosi hisoblanadi; bunga
jamiyatda qabul qilingan me‘yorlar, qoidalar, rasm-rusumlar va shu kabilarga
izzat-ikrom bilan yondashish imkoniyat yaratadi. Boshqacha aytganda, inson
oʻz shaxsiy hayotini doim jamiyat ravnaqi, kamoloti bilan oʻlchashi lozim,
xususan, u keyinchalik oila va davlatni takomillashtirishga harakat qilish
uchun oʻzini kamol toptirishi lozim. Shu ma‘noda mashhur qadimgi xitoy
faylasufi Konfutsiy (mil. av. 551–479 yillar)ning fikrlari diqqatga sa‘zovor
boʻlib, u shunday deb saboq beradi: «qilmishlarning asoslari va tamoyillarini
oʻrgansang, yaxshilik va yomonlik haqidagi fikrlaring (axloqiy bilimlar)
barkamollikning eng soʻnggi darajasiga etadi. Niyatlar sof va xolis boʻlsa,
qalb rostgoʻy va samimiy boʻladi. qalb rostgoʻy va samimiy boʻlsa, inson
toʻgʻri yoʻlga kiradi, kamol topadi. Inson toʻgʻri yoʻlga kirsa va kamol topsa,
oilada tartib oʻrnatiladi. Oilada tartib hukm sursa, xalqlarni boshqarish
osonlashadi. Xalqlarni boshqarish osonlashsa, butun dunyo tinch-totuv
yashaydi»
1
.
Qadimgi hind falsafasiga dunyoning ichki dunyosini birinchi oʻringa
qoʻyish, ya‘ni antropotsentrizm xosdir
.Masalan, buddizmda nirvanaga
erishish inson barcha niyatlarining pirovard maqsadi,deb e‘lon qilinadi.
Nirvana jonning shunday bir holatiki, bunda har qanday mayllar yoʻqoladi va
ichki uygʻunlik yuzaga keladi, mutlaqo erkinlik va tashqi dunyoga qaram
emaslik tuygʻusi paydo boʻladi.
Qadimgi hindlarning boshqa bir diniy-falsafiy ta‘limoti – jaynizm
nuqtayi nazaridan inson oʻzining ma‘naviy mohiyati bilan moddiy mohiyatni
na‘zorat qilish va boshqarishga erishish uchun uzoq va ogʻir yoʻl – jonning
erkinlashuvi yoʻlini bosib oʻtishi lozim.
Markaziy Osiyo mutafakkirlari qarashlarida insonni nazariy aql
boshqaradi
. Jumladan al-Farobiy fikricha ―Inson shaxsini shakllantiradigan,
uni boshqa maxluqotlardan ajratib turadigan va unda insoniy xislatlarni
rivojlantiradigan narsa uning faol aqlidir Bu kuch avval- boshda faqat
qobiliyatdir bu quvvat oʻylash, mulohaza yuritishga qobil, ammo hayotga
1
Будда. Конфуций. Жизнь и учение. – М.: 1995. – С.139.
311
tadbiq etish, ya‘ni joriy qilishga qobil emas‖
1
. Aqlni hayotga tadbiq etish
uchun, unga tashqi kuch ta‘sir etishi kerak, bu esa faol aqldir.Faol aql -
mustaqil quvvat boʻlib, oʻz mohiyati, Birinchi va ikkinchi va boshqa sabablar
mohiyati haqida fikrlay oladi. Aynan shu faol aql odam imkoniyatlarining
tashqi voqealarga ta‘sir etishi va uni rivojlantirishga turtki beradi. Farobiy
ta‘biri bilan ―moddiy aqldan amaliy aqlning yuqoriroq pillapoyasiga
koʻtariladi va uning faol aqlga munosabati quyosh bilan koʻzni
solishtirlandek boʻladi‖
2
. Agar quyosh boʻlmasa, inson narsalarni koʻra
olmaydi. Faol aql quyoshi inson ruhi da paydo boʻlganidan keyin, aqliy
quvvat faol aqlga qaraydi. Inson tabiat gultoji, ya‘ni aqlli mavjudod. Yusuf
Xos Xojib fikricha, inson dunyoda abadiy emas, bu dunyoga kelgan har
qanday odam vaqti etgach ketadi. Inson umrining qimmati necha yil
yashagani bilan emas, qanday ezgu ishlarni amalga oshirganligi, hayotda
qoldirgan izi bilan belgilanadi. U kishi olamdan oʻtgandan soʻng, bu dunyoda
undan ikki xil, biri yomon, ikkinichisi yaxshi degan nom qoladi Inson iloji
boricha oʻzidan yaxshi nom qoldirishi, yaxshi olqish olishi lozim deb
ta‘kidlagan
Umuman olganda, barcha zamonlarda insonda umumiy asosni izlash
bilan band boʻlgan Sharq tafakkuriga hozir ham insonni va uning tashqi
dunyo bilan aloqasini tushunishga nisbatan Gʻarb falsafasidagidan oʻzgacha
yondashuv xosdir. XX asr boshida hind mutafakkiri S.Vivekananda shunday
deb yozgan edi: «Inson tabiatni oʻziga boʻysundirish uchun tugʻiladi va bu
oʻrinlidir, ammo Gʻarb «tabiat» deganda faqat moddiy, tashqi dunyoni
tushunadi. Bu tashqi tabiat oʻzining barcha togʻlari, okeanlari, daryolari,
oʻzining Cheksiz kuchlari, Cheksiz rang-barangligi bilan juda ulugʻvor,
lekin undan ham ulugʻvorroq dunyo borki, bu insonning ichki dunyosidir. U
quyosh, yulduzlar, Yer va butun moddiy Koinotdan yuksakroq, bizning
shaxsiy jajji hayotlarimizning tor chegarasiga sigʻmaydigan dunyodir. Gʻarb
odami tashqi dunyoda «oʻziniki» boʻlganidek, bu ichki dunyoda Sharq odami
ham xuddi shunday «oʻziniki»dir. Shu bois... Gʻarb ma‘naviy dunyo nima
ekanligini, xudo nima ekanligini, inson joni nima ekanligini bilmoqchi,
dunyoning siri va mazmuni nimada ekanligini anglab etmoqchi boʻlsa, u
Sharq oyoqlari ostiga choʻkib quloq solishi kerak. Hamonki dunyo hozir
ma‘lum ma‘naviy uygʻonishga muhtoj ekan, bunda u kuchni Sharqdan
oladi»
3
.
..
Ibn Xaldun fikricha, inson tabiatida ezgulik va yovuzlik mavjud. Agar
odamlar oʻz xoliga qoʻyilsa va insoniylik ruhida tarbiyalanmasa, unda Xudo
ne‘matini qoʻlga kiritish kamdan –kam kishiga muyassar boʻladi. Xayr va
shayorr oraligʻida qolib, har ikkisidan birini tanlash lozim boʻlganida, unda
1
Ал-Фаробий. Фозил шаҳар аҳолиси. - Т.: Шарқ, 1999. - Б. 69
2
Ал-Фаробий Фозил шаҳар аҳолиси .- Т.: Шарқ, 1999 –Б.73.
3
Вивекананда Свами. Философия йога. – Магнитогорск, 1992. – С.488-489.
312
sharrni tanlaydi, zero inson tabiatida sharrga moyillik koʻproq. Adolatsizlik
va boshqalarga hujum qilish insonlarga xos xislat. Shuning uchun jamiyatda
kishilarning bir-birlariga jabr qilmasliklari uchun maxrifatga erishmoq zarur.
Keltirilgan soʻzlar nafaqat teran ma‘noga ega, balki hozirgi dunyoning
globallashuvi va yagona insoniyatning shakllanishi nuqtayi nazaridan alohida
ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |