Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


Sotsiologizatorlik konsepsiyalari



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Sotsiologizatorlik konsepsiyalari. 
Sotsiologizatorlik yondashuvi inson 
tabiatini ijtimoiy munosabatlarda koʻrishga harakat qiladilar
. Bunda ular 
ba‘zan nafaqat insonning ijtimoiy asosini uning biologik asosiga qarama-
qarshi qoʻyadilar, balki soʻnggi zikr etilgan asosni hayvoniy va hattoki tuban, 
shu bois jiddiy e‘tiborga loyiq emas, deb hisoblaydilar. Asosiy e‘tibor 
ijtimoiy munosabatlar tahliliga va individ, shaxsning shakllanishida jamiyat 
qanday rol oʻynashini, aniqlashga qaratiladi. Pirovardida ijtimoiy asos 
individual asosga qaraganda ustunroq ahamiyat kasb etadi, uni oʻziga 
boʻysundiradi va qamrab oladi. Mazkur yondashuv total ijtimoiy tizimlarga 
va ularni asoslashga harakat qiluvchi falsafiy ta‘limotlarga, xususan, Platon 
falsafasi ayniqsa xosdir. Umuman olganda, bu individualizm va kollektivizm 
muammosidir.
Lev Nikolaevich Gumilyov (1912–1992) insonni tushunishga yangicha 
yondashgan va tarixiy-madaniy jarayonda individlarning uch turi

passionariylar, subpassionariylar va muvofiq odamlarni farqlagan.
Passionarlik (lotincha «passio» – «ehtiros») deganda energiya‘ning «tur 
me‘yoridan ogʻuvchi, ammo patologik xususiyatga ega boʻlmagan» turi 
tushuniladi. Passionarlik har safar materiya‘ni oʻzini qayta tashkil etishga 
majburlovchi toʻlqin manbai, atrof-muhitni oʻzgartirish qobiliyati hamda 
bunga boʻlgan intilish yoki fizika tili bilan aytganda, muhitning agregat 
holatini buzishga boʻlgan intilish tarzida namoyon boʻluvchi biofizik omildir. 
Passionar turtki mutatsiyaga olib keladi. Gumilyovning fikriga koʻra, 
mutantlarning tugʻilishi passionariylar – oʻta gʻayratli shaxslarning 
tugʻilishidir. Passionarlik turtkisi shu qadar kuchli boʻlishi mumkinki, 
mazkur belgi egalari oʻz qilmishlarining oqibatlari haqida oʻylashga oʻzlarini 
majbur qila olmasliklari mumkin. Shuning uchun ham passionarlikni ong 
belgisi deb emas, balki asab sistemasining konstitutsiyasida namoyon 
boʻluvchi muhim belgisi deb tushunish lozim, u, ong faoliyati bilan bogʻliq 
faollikdan farqli oʻlaroq, emotsiyalar sohasida yashaydi. Passionariylarni 


323 
ideal xususiyatlardan ancha uzoq xususiyatlar: takabburlik, magʻrurlik, 
manmanlik, ochkoʻzlik va b. tavsiflari ham mumkin. «Passionarlik – 
muayyan maqsadga (koʻpincha hayoliy maqsadga) erishishga yoʻnaltirilgan 
faoliyatga (ongli yoki koʻpincha ongsiz) ichki intilish. Mazkur maqsadni 
passionariy hatto oʻz hayotidan hamda zamondoshlari va qabiladoshlarining 
baxtidan afzal deb biladi»
1
. Passionarlik darajasi har xil boʻlishi mumkin, 
ammo bu hodisa tarixda aniq va qayd etiladigan tarzda namoyon boʻlishi 
uchun passionariylar soni koʻp boʻlishi kerak, ya‘ni passionarlik nafaqat 
individual belgiga, balki populyasion belgiga ham tayanadi. Passionariylar 
orasida ruh passionariylari va tana passionariylari ham farqlanishi mumkin. 
Salbiy impulslarga ega boʻlgan, hech narsaga qaramay, hatto oʻz zarariga 
ish tutishga intiladigan odamlar passionariylar
deb ataladi. 
Ijobiy, 
hayotbaxsh impulslarga ega odamlar esa subpassionariylar
deb ataladi. 
L.Gumilyovning fikriga koʻra, passionariylar tubanlashgan hollarda ularning 
oʻrnini subpassionariylar egallaydi. Ularni «sodda», «qoloq» odamlar,deb 
hisoblaydilar, ularning keng maydonga chiqishi etnosning intihoga yuz 
tutganini anglatadi, chunki ularda instinktiv impulslardan boshqa hech narsa 
qolmaydi. «Passionarlik» hodisasi dunyoning yagona axborot-energetik 
manzarasida tarixda chuqur iz qoldirgan «buyuk odamlar va xalqlar»ning 
faoliyati mexanizmlarini tushunish imkonini beradi. Uni tushunib etishga 
«inson xulq-atvorining shakllanishiga jugʻrofiy muhitning ta‘siri» masalalari 
bilan) ulkan hissa qoʻshdi. Passionarlik muammosi L. Gumilyov 
konsepsiyasining nazariy negizini tashkil etadi. Muallifning fikricha, 
passionarlik–biologik belgi, osoyishtalik inersiyasini buzuvchi dastlabki 
turtki; bu passionariylarning ma‘lum sonidan iborat avlod. Ular oʻz hayoti 
bilan odatdagi vaziyatni buzadilar, chunki oʻzlarini qiziqtirgan maqsadsiz 
kundalik tashvishlar bilan yashay olmaydilar. Muvofiq odamlar jamiyatning 
ummiy qonuniyatlari va siyosiy tizimiga moslashuvchanlikda namoyon 
boʻladi va ijtimoiy jarayonlar aynan muvofiq odamlarning faoliyatibilan 
belgilanadi, 
Gumilyov ta‘riflagan juda qiziqarli qonunga binoan, «etnik jamoa 
tomonidan amalga oshiriladigan ish passionar kuchlanish darajasiga toʻgʻri 
proporsional» boʻlib, bunda «etnosning passionar kuchlanishi deganda etnik 
tizimda mavjud passionarlik miqdorining etnosni tashkil etuvchi shaxslar 
soniga boʻlinishi tushuniladi»
2
. Madaniyat va turmush darajasining barqaror 
oʻsish davrlari esa passionar kuchlanish umumiy tarzda pasa‘ygan davrlar 
bilan bogʻliq.
Umuman olganda, passionarlik hodisasining manbai koinot omillariga, 
jumladan, quyosh faolligining davriy jarayonlari bilan bogʻlanadi. 
L.Gumilyov 
aniqlagan 
passionarlik 
hodisasi 
inson 
toʻgʻrisidagi 
1
Гумилев Л.Н. Конец и вновь начало. – Москва: Наука, 1994. - С. 71. 
2
Гумилев Л.Н. Этногенез и биосфера Земли. – Москва, Наука,1989. - С. 257-256. 


324 
V.I.Vernadskiy ta‘riflab bergan «boshqa kuchlar bilan bir qatorda, real 
jugʻrofiy kuch», degan qarashni qabul qilish imkonini beradi. Bu kuch doimo 
bunyodkor kuch emas, ba‘zan u ha‘lokatli oqibatlarga olib keladi. L. 
Gumilyovning: «Biosfera odamlarni toʻydira oladi, ammo ularning butun Yer 
yuzini biotsenzlar konversiyasi siklidan chiqarilgan ashqol-dashqollar bilan 
toʻldirishga boʻlgan intilishini qondira olmaydi», degan soʻzlari buning real 
isbotidir
1
.

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish