Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Gʻarb falsafasida inson.Kosmotsentrizm nuqtayi nazaridan inson 
avvalo kosmosning bir qismi sifatida, «kichkina dunyo» sifatida (Demokrit), 
ba‘zan jonli organizm sifatida tasavvur qilinadigan makrokosm bilan uzviy 
bogʻliq boʻlgan mikrokosm sifatida idrok etiladi
. Antik faylasuflar Koinotni 
va unda mavjud tartibni tushunish orqali insonning oʻzini ham anglab etish 
mumkin deb hisoblaganlar (Platon, Aristotel). Bunda tafakkur, bilim, aql-
zakovat va donishmandlik muhim rol oʻynagani bois, ular doim 
kosmotsentristlar tomonidan yuksak baholangan, inson va uning 
qobiliyatlariga baho berishda birinchi oʻringa qoʻyilgan.
Bunday qarashlar Evropa falsafiy anʻanasida V asrgacha, ularning 
oʻrnini teotsentrizm konsepsiyasi egallagunga qadar kuzatiladi. Bu 
konsepsiyaga muvofiq hamma narsani Xudo belgilaydi.
Teotsentrizm nuqtayi nazaridan insonning mohiyatini anglab etish, 
masalan, qadimgi yunon faylasuflari yoki keyingi falsafiy konsepsiyalardagi 
kabi oqilona fikrlash yoʻli bilan emas, balki MuqaddasKitobda ta‘riflangan 
vahiylar yordamida amalga oshiriladi
. Bu vahiylarni faqat Injil aqidalariga
e‘tiqod qilish orqali tushunib etish mumkin. Teotsentrizm nuqtayi nazaridan
e‘tiqod nuridan charogʻon boʻlgan aql dunyodagi ilohiy tartibning tarkibiy 
qismi sanalgan va «Xudoning timsoli» sifatida amal qiladigan insonning 
oʻzini emas, balki uning ba‘zi bir jihatlarinigina aniqlashga yordam beradi. 
aynii shu sababli xristianlik, Xudoni oliy mohiyat deb e‘tirof etadigan va 
insonga U yaratgan banda sifatida qaraydigan boshqa teotsentrik falsafiy 
tizimlar kabi, insonni Xudoning oʻzi singari tagiga etish mumkin boʻlmagan 
sir, jumboq deb e‘lon qiladi.
Uygʻonish davrida inson oʻzlikni anglash tuygʻusi va ijtimoiy nuqtayi 
nazari oʻsishi natijasida oʻz manfaatlarini ifoda eta boshladi. Inson shaxs 
sifatida kamol topdi, oʻzini oʻz shaxsiy hayoti va taqdirining bunyodkori 
sifatida tobora kuchliroq anglay boshladi. Inson mustaqillikka va tabiatni 
oʻziga boʻysundirishga harakat qildi, oʻz ijodiy imkoniyatlari Cheksiz
ekanligiga ishona boshladi. Mazkur qarashlar italyan faylasufi Piko della 
Mirandolaning «Inson qadr-qimmati haqida soʻz» deb nomlangan mashhur 
asarida oʻz aksini topdi. Tasviriy san‘at, memorchilik, axloq, estetika, 
adabiyot va pedagogikani yaxshi tushunadigan har tomonlama komil inson 
oʻsha davrning idealiga aylandi. Uygʻonish davri bu idealga toʻla mos 
keladigan Leonardo da Vinchi, Alberti Bottichelli, Rafael kabi atoqli 
shaxslarni dunyoga berdi.


313 
Oʻsha davr falsafasida insonga boʻlgan qiziqishning kuchayishi bilan 
bir qatorda tabiatga boʻlgan qiziqish ham tiklandi. N.Kuzanskiy, J.Brunoning 
panteistik konsepsiyalari xristianlar Xudosini siqib chiqara boshladi. 
Yunonlarning kosmotsentrizmi tabiiysentrizm sifatida qayta anglab etildi. 
Bunda antik faylasuflarning markazida Yer joylashgan pirovard kosmos 
haqidagi tasavvurlari Cheksiz va markazsiz kosmosga oʻrin boʻshatdi.
Bunday kosmos umumiyroq va kengroq tushuncha – «tabiat» bilan 
tenglashtiriladi. Shundan beri u turli falsafiy tizimlarda faol oʻrganiladi. 
Xususan, Ma‘rifat davri falsafasida fundamental tushunchaga aylanadi, 
SHelling ijodida markaziy oʻrin egallaydi, shuningdek ekologiyaga qarab 
moʻljal oluvchi ayrim hozirgi falsafiy konsepsiyalarda dunyo va insonni 
tushunishda tayanch nuqtasi hisoblanadi. Mazkur yondashuvga koʻra inson 
tabiatning ajralmas qismi sifatida qaraladi. Bunday qarashlarning izchil 
tarafdorlari, masalan, XX asrning ikkinchi yarmida rivojlangan ijtimoiy 
ekologiya namoyandalari e‘tiborni haddan tashqari keng qaratadigan 
tabiatdan uning muayyan qismiga – inson oʻz hayot faoliyatini amalga 
oshiradigan biosferaga qaratish lozimligini qayd etadilar va bunda 
antropotsentristik qarashlardan voz kechib, ularni biosferotsentrizm bilan 
almashtirishni talab qiladilar. 
Biosferotsentrizmda falsafiy tadqiqotlar 
markaziga inson oʻrniga tabiatni qoʻyish taklif qilinadi va shu tariqa tabiat 
inson ehtiyojlari nuqtayi nazaridan qaralmaydi, inson mohiyati va uning 
ehtiyojlari esa tabiiy qonunlarni va biosferaning tadrijiy rivojlanish 
tendensiyalarini bilish nuqtayi nazaridan tadqiq etiladi. 
Yangi davrda insonga qiziqish asosan, ijtimoiy munosabatlardagi 
ishtiroki bilan bogʻlanadi.
Yangi davrda insonga biluvchi subyekt sifatida 
yondasxildi. Masalan, Dekart insonning mohiyati, oʻziga xos xususiyatini 
uning tafakkuri, fikrlash qobiliyatida koʻrdi. XVIII asr fransuz materialist 
faylasuflari (Didro, Golbax, Gelvetsiy, Lametri) tabiatshunoslik va mexanika 
sohasida erisxilgan hayratomuz yutuqlar ta‘sirida insonning jonini ong bilan, 
tanasini esa – avtomat, mashina bilan tenglashtirib, uni mexanistik talqin 
qildilar.
Buyuk nemis faylasufi I.Kant (1724–1804) insonni tushunish yoʻlida 
muhim qadam tashladi. U inson betakror mavjudot va u haqda alohida 
falsafiy mulohaza yuritish mumkin, deb hisoblar edi. aynii vaqtda, u «inson 
uchun maktab boʻlib xizmat qiladigan madaniyat sohasidagi barcha 
muvaffaqiyatlarning maqsadi oʻzlashtirilgan bilim va koʻnikmalarni amalga 
tatbiq etishdan iboratdir. Ammo bu bilimlar tatbiq etilishi mumkin boʻlgan 
dunyodagi eng muhim predmet insondir, zero u oʻzi uchun pirovard 
maqsaddir»
1
, deb qayd etadi.
1
Кант И. Соч. Т. 6. – М., 1966.– С.351.


314 
Dunyoning butun rang-barangligi orasida I.Kant tabiatning turli, lekin 
bir-biri bilan uzviy bogʻlangan uch darajasi: notirik tabiat, tirik tabiat va 
inson tabiatini farqladi. Uning fikricha, bu darajalarning har birida tabiat oʻz 
qonunlariga, chunonchi: notirik tabiat – mexanika qonunlariga, tirik tabiat – 
maqsadga muvofiqlikka boʻysunadi, inson tabiati esa erkinligi bilan 
tavsiflanadi. aynii vaqtda u inson tabiatini qolgan ikki tabiatga bogʻlash va 
ular orqali bilish mumkin emasligini ta‘kidlaydi. Inson tabiatini faqat uning 
erkinlikdan kelib chiqadigan oʻz qonunlariga muvofiq anglab etish mumkin. 
Shunday qilib, I.Kant inson tabiatning undagi boshqa jonli va jonsiz 
obyektlar kabi oʻziga toʻq obyekti hisoblanishi haqidagi fikrni ilgari surish 
orqali insonni oʻrganish uchun yangi imkoniyatlar yaratdi va shu tariqa 
falsafiy bilimning mustaqil boʻlimi sifatida falsafiy antropologiya‘ning 
yaratilishiga yoʻl ochdi.
I.Kantdan keyin nemis klassik falsafasida inson asosan madaniyat 
dunyosini yaratuvchi ma‘naviy faoliyat subyekti sifatida, umumiy ideal asos 
– ruh, aql manbai sifatida tushunildi. L.Feyerbax (1804–1872) bu 
yondashuvga qarshi chiqdi. Oʻsha davrda obyektiv idealizm falsafasida hukm 
surgan tushunchalar («gʻoya», «ruh»)ga zid oʻlaroq, u «inson» kategoriyasini 
ilgari surdi. Feyerbax insonga tarixiy ma‘naviy rivojlanish mahsuli sifatida 
emas, balki avvalo biologik, hissiy-jismoniy mavjudot sifatida yondashib, 
undagi tabiiy-biologik asosga murojaat etdi. Unda inson Xudo yaratgan 
banda emas, balki tabiatning bir qismi boʻlib, fransuz faylasuflari qayd 
etganidek mexanizm emas, balki organizmdir.
Aynii shu sababli Feyerbax falsafasi «antropologik materializm» degan 
nom oldi. Uning insonga nisbatan yondashuvi shu bilan tavsiflanadiki, 
insondagi tabiiylik va ijtimoiylik materialistik monizm nuqtayi nazaridan 
tushuntiriladi. Bu inson bir vaqtning oʻzida notirik va tirik tabiatning tadrijiy 
rivojlanishi mahsuli sanalgan biologik mavjudot sifatida ham, mohiyati 
ijtimoiy munosabatlar bilan belgilanadigan ijtimoiy mavjudot sifatida ham 
qaralishini anglatadi.
XIX 
asrdan 
boshlab 
Evropa 
falsafiy 
tafakkuri 
F.Shelling, 
A.Shopengauer, M.Shtirner, S.Kerkegor, F.Nitsshe, N.Berdyaev, A.Bergson 
kabi faylasuflarning sa‘y-harakatlari bilan inson mavjudligini individual va 
tarixiy muayyanlashtirish sari yuz burdi. Hayot, sezgilar, xohish-iroda, 
irratsionallik tushunchalari maxsus falsafiy tahlil predmetiga aylandi va 
keyinchalik ekzistensializm, intuitivizm va personalizm falsafasida 
rivojlantirildi.
Xususan, ekzistensializm nuqtayi nazaridan obyektiv dunyo – bu 
avvalo «inson borligʻi» boʻlib, insondan tashqa‘rida dunyo haqida biron-bir 
gap aytish mumkin emas. Inson borligʻi toʻgʻrisida soʻz yuritish oʻrinli 
boʻladi, chunki inson borliq xususida savollar beradi, uning mazmunini 
tashkil etgan holda uni boshdan kechiradi, anglab etadi.


315 
Inson muammosiga Qisqacha tarixiy-falsafiy nazar tashlash XX asr 
boshiga kelib falsafada bilimning yangi mustaqil sohasi – inson haqidagi 
ta‘limot, ya‘ni falsafiy antropologiya vujudga kelishi uchun barcha shart-
sharoitlar yaratilganini koʻrsatadi.

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish