Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


Falsafiy antropologiya fanining mohiyati



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Falsafiy antropologiya fanining mohiyati
. Inson haqidagi bilimlarni 
birlashtirish lozimligi xususida SHelerdan oldinroq ham soʻz yuritilgan edi. 
XIX asr oʻrtalariga kelib inson oʻta murakkab struktura ekanligi, uni faqat 
falsafa yoki boshqa biron-bir muayyan fan metodlari bilan toʻla anglab etish 
mumkin emasligi, ya‘ni inson jamuljam holda aniq bilim predmeti boʻla 
olmasligi aniq-ravsha‘n boʻlib qoldi. SHuningdek, ayrim tabiiy fanlar, har 
biri oʻz sohasida, vaqt oʻtishi bilan umumiyroq xulosalarga kelishni talab 
etuvchi salmoqli material toʻpladi. Bunday umumlashtirishga ehtiyoj 
Darvinning evolyusion nazariyasi paydo boʻlishi bilan ayniqsa boʻrtib koʻrina 
boshladi. Bu nazariya insonga oid tabiiy-ilmiy tadqiqotlarga kuchli turtki 
berdi, shuningdek materialistik falsafiy konsepsiyalar rivojlanishi uchun 
qoʻshimcha asos boʻlib xizmat qildi.
Mazkur yondashuv tarafdorlari inson koʻp oʻlchovli va muttasil 
oʻzgaruvchi mavjudot ekanligidan kelib chiqadi. Garchi uning muhim 
xususiyatlari ming yillar mobaynida oʻzgarishsiz qolayotgan boʻlsa-da, ular 
insonning mohiyatini toʻla namoyon etmaydi. Bu yondashuv tarafdorlari 
inson oʻz oldiga yangi va yangi jumboqlar qoʻyayotgan, tashqi dunyoni, 


317 
oʻzining undagi oʻrnini aniqlashga harakat qilayotgan, atrof muhitni 
oʻrganish orqali uni oʻz ixtiyoriga koʻra oʻzgartiradigan faol asos sifatida 
amal qiladigan mikrokosm hisoblanishiga ham e‘tiborni qaratmoqdalar. 
Boshqacha aytganda, inson bunyodkor va ayni vaqtda madaniyat mahsuli, 
oʻzini qolgan jonli dunyodan farqlash imkonini beruvchi ma‘naviyat 
manbaidir.
Falsafiy antropologiya tarafdorlari insonning mazkur talqinidan kelib 
chiqib, bu fan izchil ilmiy qarashlarni ilgari surishga da‘vogar boʻla 
olmasligini va ayrim fanlar: psixologiya, sotsiologiya, biologiya va boshqa 
ijtimoiy fanlarning turli yondashuvlari va xulosalarini sintezlovchi inson 
haqidagi bilimlar tizimini yaratishga qaratilishi lozimligini qayd etmoqdalar. 
Ularning fikricha, bu fan oʻz predmeti sifatida inson borligʻini belgilaydi, 
uning mohiyatini va oʻziga xos xususiyatlarini tahlil etib, shu tariqa 
insonning oʻzini ham, uni qurshagan dunyoni ham falsafa nuqtayi nazaridan 
anglab etishga harakat qiladi. «Antropologiya yoki aniqroq aytganda – 
antropologik ong nafaqat ontologiya va kosmologiyaga, balki gnoseologiya 
va bilish falsafasiga, har qanday falsafa va har qanday bilishga zamin 
yaratadi»
1
.
XX asrning 60-70-yillarida falsafiy antropologiya shunday bir gʻoyaviy 
harakatga aylandiki, uning doirasida olimlar insonning hozirgi holatini 
nazariy jihatdan anglab etish va talqin qilish, uning tabiatiga nisbatan 
yangicha yondashuvni ilgari surishga harakat qildilar. Bu davrda yuz bergan 
fan-texnika taraqqiyoti va insonning oʻz ilmiy va amaliy faoliyati natijalari 
uchun javobgarlik tuygʻusining kuchayishi falsafiy antropologiya‘ning 
rivojlanishiga qoʻshimcha turtki berdi. SHunday qilib, u endi inson haqidagi 
bilimlarning umumiyroq majmui – umumiy antropologiya‘ning tarkibiy 
qismiga aylandi. Bu fan turli-tuman ta‘limotlar, konsepsiyalar va 
yoʻnalishlarni oʻz ichiga oladiki, ularning orasida falsafiy yoʻnalishdan 
tashqari biologik, teologik (diniy), sotsiologik, psixologik, madaniy 
(etnografik), strukturalistik, pedagogik va boshqa yoʻnalishlarni qayd etish 
mumkin.
Ularning har biri, falsafiy yoʻnalishdan farqli oʻlaroq, insonning 
muayyan bir tomonini yoritadi. Masalan, biologik antropologiya anatomiya, 
fiziologiya, irq haqidagi ta‘limot va shu kabilarga taya‘nib, insonning qolgan 
barcha tirik mavjudotlardan farqini uning jismoniy tuzilishi nuqtayi nazaridan 
aniqlaydi. Teologik antropologiya inson haqidagi tegishli tasavvurlarni uni 
Xudo yaratgani nuqtayi nazaridan shakllantiradi. Falsafiy antropologiya esa 
butunlay boshqa vazifani hal qiladi – u vaziyatga yaxlit yondashadi va 
fanlararo xususiyatga ega boʻlgan xulosalar chiqaradi.
1
Бердяев Н.А. Смысл творчества. – Москва: Наука, 1989. – С.293. 


318 
Falsafiy bilimning tarkibiy qismi sifatida falsafiy antropologiya 
ijtimoiy falsafa, axloq, sotsiologiya va psixologiya bilan uzviy bogʻliq boʻlib, 
ular bilan birgalikda inson haqidagi fanlar majmuini tashkil etadi.

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish