Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


Global jarayonlarni bashorat qilishning ahamiyati



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Global jarayonlarni bashorat qilishning ahamiyati. 
Hozirgi davrni 
aksariyat faylasuf olimlar global inqirozlar davri deb ata‘moqdalar. SHu 
nuqtayi-nazardan qaraganda falsafa va fan sohasi vakillari uchun insoniyat 
kelajagini bashorat qilish har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb 
etmoqda. 
Shuning 
uchun 
ham 
olimlar 
oʻrtasida ―prognostika‖, 
―futurologiya‖, ―innovatsion loyihalashtirish‖, ―globalistika‖ va boshqa shu 
kabi sohalarga tegishli boʻlgan muammolar tahliliga alohida e‘tibor 
qaratilmoqda. SHu nuqtayi-nazardan qaraganda, bugungi tizimli global 
inqirozni oldindan bashorat qila olmagan, uning sabablari va ildizlarini 
yoritaolmayotgan anʻanaviy fanning inqirozi yuz bermoqda. Shuning uchun 
ham murakkab global oʻzgarishlarni atroflicha tahlil qilish va insoniyat 
kelajagini bashorat qilishda yangi ilmiy paradigmalarga boʻlgan ehtiyoj 
tobora oshib bormoqda. Darhaqiqat, anʻanaviy fan doirasidan turib global 
inqirozni bartaraf etish va barqaror taraqqiyot modeliga oʻtish mumkin emas. 
Bulardan kelib chiqib, aytish mumkinki, bugungi kunda insoniyat ham 
global, ham milliy masshtablarda sifat jihatdan butkul yangi taraqqiyot 
yoʻliga kirish uchun chiziqli tafakkurdan ancha yuqori boʻlgan va eng toʻgʻri 
paradigmal yondashuvini izlab topish va unga amal qilishga zarurat 
sezmoqda. Bu boradagi muammolarni hal etishda ilmiy bashorat 
imkoniyatlariga katta ilinj va qiziqish bilan qaralmoqda. SHu oʻrinda 
ta‘kidlash kerakki, globallashuv tufayli yuzaga kelgan muammolarni 
tushuntirish bir qiymatli ahamiyatga ega boʻlmaydi. Faqatgina ayni bir 
xulosani global oʻzgarishlarga doir turli qonunlar va shartlardan keltirib 
chiqarilishi mumkin. CHunki agar empirik gipotezadan bir muncha 
bashoratlar ya‘ni avvaldan aytish kelib chiqsa, ularning hammasi bir – biriga 
muvofiq va ularning hammasini konyunksiya vositasida bitta murakkab 
da‘voga birlashtirish mumkin. Hozirgi kunlarda noxush prognozlar va 
pessimistik bashoratlar har qancha koʻp boʻlmasin, baribir, odamlarning orzu 


339 
– 
umidlari 
kelajakning 
yaxshi 
boʻlishiga 
qaratilganligi 
bilan 
harakterlanmoqda. 
Faqat alohida insongagina emas, balki butun insoniyatga xavf 
solayotgan global muammolarning toʻla boʻlmagan roʻyhatidan roʻy bergan 
vaziyatdan chiqib, kelajakni avaldan bashorat qilishga doir asosiy ilmiy-
falsafiy qarashlarni rivojlantirib boʻlmaydi. Toʻgʻri istiqbolni avvaldan bilish 
qobiliyati eng qadimgi davrlardan boshlab rivojlanib kelgan. Bunga eng 
qadimgi xalq, millat va elatlardagi turli karomatchi avliyolar va 
bashoratchilarning boʻlganligini keltirishimiz mumkin. Bugungi kunda ham 
istiqbolni bilishga boʻlgan intilish soʻngani yoʻq, aksincha, bilimning kelajak 
taraqqiyotni asosli bashorat qilib beruvchi koʻp sonli mutaxassislarni 
birlashtiruvchi turli fan sohalari yuzaga keldi. Bu bashoratlar hozirgi 
zamonda mavjud ilmiy talablar, qonun va qonuniyatlarga asoslanishi bilan 
utopiyalardan farq qiladi, ularning mohiyati shundaki, hozirgi zamon 
texnologiyalarining kelgusi taraqqiyotining va hayotiy turmush tarzining 
qanday natijalarga olib kelishini oldindan bashorat qilish ustuvor ahamiyat 
kasb etadi. Shuning uchun ham keyingi yillarda futurolog olimlar 
jamiyatning ichki muammolariga: ijtimoiy, psixologik, madaniy va boshqa 
masalalarga alohida e‘tibor qaratmoqdalar. Bu jarayonda ular ijtimoiy, 
madaniy, axloqiy va boshqa silkinishlar va oʻzgarishlarni nazarda tutmagan 
ilmiy bashoratlardan farqli ravishda kelajakka ishonch bilan bogʻlangan, 
yaxshiroq kelajakni kutishga asoslangan va hatto hozirgi zamonning oson 
boʻlmagan muammolarini noanʻanaviy yoʻllar bilan echish masalalarini hal 
etishni ustuvor vazifa sifatida belgilamoqdalar. Bunday munosabatlar 
tizimida esa texnokratik va axloqiy – siyosiy, yoki ijtimoiy bashoratlar 
alohida oʻrinni egallamoqda. Shu bilan birga, klassik ilmiy bashoratlarda 
birinchi planda axloqiy ideal turgan boʻlsa va ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlik 
shu idealni eng samarali amalga oshirish tarzida modellashtirilgan boʻlsa, 
istiqbolning bugungi innovatsion asosga ega boʻlgan loyihalar butun insoniy 
munosabatlarni oqilona tashkil qilishga qaratilganligi bilan ham muhim 
ahamiyat kasb etmoqda. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish