139
yo‗g‗on poyali begona o‗simliklardan tozalanishi, bir yillik va ko‗p yillik begona
o‗tlarga qarshi mavjud gerbitsidlar bilan oldindan ishlov berilishi lozim.
O‗rim-yig‗imni boshlashga 2...3 kun qolganda kombayn jatkasining qirqish
apparatiga tushishi qiyin bo‗lgan karta chetlarida joylashgan xosil qo‗lda o‗rilib
yonidagi tik turgan poyalarga suyab ketiladi.
Dala boshidan, o‗rtasidan va oxiridan
o‗tgan o‗q ariqlar tekislanadi, dalaga kiradigan yo‗llar tayyorlanadi.
Daladagi hosilning 95 foizi to‗liq pishib etilganda va donning namligi 18...20
foiz bo‗lganda kombaynlar yordamida to‗g‗ridan-to‗g‗ri yig‗ishtirib olishga
kirishiladi.
Agrotexnik talablar:
Kombayn jatkasidagi don nobudgarchiligi, ko‗pi bilan
0,5%, kombayn orqasidagi erga to‗kilgan don miqdori, ko‗pi bilan1,5%, bunkerdagi
donning shikastlanganlik darajasi,ko‗pi bilan 2%, bunkerdagi donning tozaligi, eng
kamida 95% ni tashkil etishi kerak.
G‗alla kombaynlari bilan birga don tozalash mashinalari,
texnik xizmat
ko‗rsatadigan va ko‗chma ta‘mirlash ustaxonalari, transport mashinalarni yonilg‗i va
moylash materiallari bilan ta‘minlaydigan vositalar tayyor turishi, shuningdek, o‗rim-
yig‗im davrida ishchi-xizmatchilarga tibbiy xizmat ko‗rsatish va issiq ovqat bilan
ta‘minlash ishlari tashkillashtirilgan bo‗lishi shart.
Respublikamizda g‗alla hosilini yig‗ishtirib olishda jahonning etakchi ―Keys‖
va ―Klass‖ firmalarida ishlab chiqarilgan zamonaviy yuqori unumli kombaynlaridan
foydalanilmoqda (rasm).
―Keys‖ firmasining aksial rotorli yanchish qurilmasi bilan jihozlangan
kombaynlari begona o‗simliklardan, ayniqsa, g‗alla poyalariga o‗ralib o‗suvchi
(pechak) va yo‗g‗on poyali (qamish, g‗umay, ko‗k sho‗ra) kabi bir va ko‗p
yillik
begona o‗tlardan tozalangan maydonlarda, ―Klaas‖ firmasining barabanli yanchish
qurilmali kombaynlari esa turli darajada o‗t bosgan maydonlardagi g‗allani o‗rib
olishda yuqori samaradorlik bilan ishlash imkoniyatiga ega.
Kombaynning ish tezligi o‗rib olinayotgan g‗allaning hosildorligi va uning
yotib
qolganligi, maydonning tekis-notekisligi hamda boshqa omillarga qarab
tanlanadi. Dala o‗t bosmagan, hosildorlik 40-50 s/ga va poyalar yotib qolmagan
tekis dalalarda 4,6-5 km/soat ish tezligi ―Klaas-Dominator-130‖
kombaynlari uchun
ham maqbul hisoblanadi.
Jatkani kombaynga taqishda uning to‗g‗ri o‗rnatilishini ta‘minlash va ish vaqtida dala
relefiga bir tekis tushishini ta‘minlash maqsadida gidrotsilindrning prujinalarini
sozlash kerak bo‗ladi. O‗rish apparati va shnek orasidagi masofa esa 580 mm qilib
o‗rnatiladi. Kombayn jatkasining qolgan o‗lchamlari ―Keys‖ kombaynlari jatkasini
sozlash qismidagi tartiblar bo‗yicha rostlanadi.