7
Hozirgi kunda fermerlik harakatini rivojlantirish
natijasida mamlakatimizda
keyingi yillarda 160 mingdan ortiq fermer xo‗jaliklari shakllanib, 10 dan ortiq
yo‗nalishlarda samarali faoliyat yuritmoqda. Ko‗p tarmoqli fermer xo‗jaliklari oxirgi
yillarda 45 foizga ko‗payib, ularning soni 75 mingtadan ortgan.
Bu borada Respublikamizda Ispaniya, Polsha, Niderlandiya, Gretsiya, Rossiya,
Xitoy, Janubiy Koreya, Turkiya, Vetnam va Indoneziya davlatlarining ilg‗or
tajribasidan keng foydalanishga alohida e‘tibor qaratildi.
Xozirgi kunda fermer xo‗jaliklari va umuman, qishloq xo‗jaligi
sohasi
davlatimiz tomonidan har tomonlama qo‗llab-quvvatlanib, ularga barcha zarur sharoit
va imkoniyatlar yaratib berilmoqda. O‗zbekistonni 2017-2021 yillarda yanada
rivojlantirish bo‗yicha Harakatlar strategiyasida barcha sohalar qatori qishloq
xo‗jaligini ham modernizatsiya qilish borasida eng muhim vazifalarni aniq belgilab,
ularni izchil amalga oshirib borayotganimiz sohadagi ulkan muvaffaqiyatlarga asos
bo‗lib xizmat qilmoqda.
Qishloq xo‗jaligida samaradorlikning yuqori bo‗lishi ko‗p
jihatdan sohaning
zamonaviy texnikalar bilan ta‘minlash, ulardan samarali foydalanish darajasiga
bog‗liq.
Prezidentimizning 2012 yil 21 maydagi ―2012 — 2016 yillarda qishloq
xo‗jaligi ishlab chiqarishini yanada modernizatsiya qilish, texnik va texnologik
jihatdan qayta jihozlash dasturi to‗g‗risida‖gi, 2018 yil 10 maydagi "Qishloq
xo‗jaligini o‗z vaqtida qishloq xo‗jaligi texnikasi bilan ta‘minlash
mexanizmlarini
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi, 2018 yil 29 maydagi
―Qishloq xo‗jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga mexanizatsiya va servis
xizmatlarini ko‗rsatish samaradorligini oshirish bo‗yicha qo‗shimcha chora-tadbirlar
to‗g‗risida‖gi, 2019 yil 31 iyuldagi ―Qishloq xo‗jaligi mashinasozligini jadal
rivojlantirish, agrar sektorni qishloq xo‗jaligi texnikalari bilan ta‘minlashni davlat
tomonidan qo‗llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi
qarorlari bu
borada muhim omil bo‗lmoqda. Bu qarorlarda sohaga oid qator vazifalar
belgilangan, jumladan:
1.
Mashina-traktor agregatlari parkini yangilash, texnik xizmat ko‗rsatish,
ta‘mirlash, diagnostikalash, uzoq muddat saqlash;
2.
Texnikalarga servis xizmati ko‗rsatishning to‗liq yo‗lga qo‗yishda ilm-fan
bilan ishlab chiqarishning uyg‗unlashuvini ta‘minlash;
3.
Tashina-traktor parklarining mavjud texnikalarini ta‘mirlash va servis
xizmatlari ko‗rsatishga ixtisoslashtirish;
4.
Mahalliy qishloq xo‗jaligi texnikalariga xizmat ko‗rsatuvchi
zarur
texnikalar bilan jihozlangan va ko‗chma xizmat ko‗rsatuvchi mintaqaviy servis
markazlarini tashkil etish;
5.
Texnik xizmat ko‗rsatish, ta‘mirlash, saqlash va diagnostikalash, detal,
uzel, agregatlar resursini tiklash texnologik jarayonlarini
bajaruvchi tarmoq Markazlarini yaratish;
8
6.
Mavjud qishloq xo‗jaligi texnikasi parkini hisobga olish va nazorat qilish
tizimini takomillashtirish;
7.
Texnikaviy xizmatlar ko‗rsatish Markazining jihozlarini modernizatsiya
qilish, mexanizatsiya, remont va texnik xizmat ko‗rsatishni zamon talabi darajasidagi
texnika, jihozlar va malakali kadrlar bilan ta‘minlash kabi fanga oid masalalar.
Respublikamizda faoliyat yuritayotgan fermer xo‗jaliklari,
mashina-traktor
parklari, muqobil mashina-traktor parklari, shuningdek, boshqa tegishli tuzilmalar
yuqori unumli, tejamkor texnika hamda agregatlar bilan ta‘minlanmoqda. SHuni
ta‘kidlash kerakki, oxirgi yillarda agrar sohada yurtimizda 60
ga yaqin turdagi
qishloq xo‗jaligi texnikalarini ishlab chiqarish yo‗lga qo‗yildi.
Mashina-traktor agregatlaridan foydalanish darajasini oshirishning nazariy
asoslarini, ularning harakatlanish qonuniyatlari, agrotexnik, ekspluatatsion-
texnologik va ishonchlilik ko‗rsatkichlarini oshirish bo‗yicha ma‘lumotlar
ushbu
o‗quv qo‗llanmada talabalarga taqdim etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: