A. K. Igamberdiev S. Aliqulov traktorlar va qishloq xo’jaligi mashinalaridan foydalanish, texnik servis



Download 12,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/165
Sana22.04.2022
Hajmi12,32 Mb.
#572845
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   165
Bog'liq
kitob

tasavvurga ega bo‘lishi
;

qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini etishtirishda traktorlar va qishloq xo‗jaligi 
mashinalaridan foydalanish nazariyasi asoslari, harakatlanish qonuniyatlari, xossalari 
va ko‗rsatgichlari, mexanizatsiyalashgan ishlar texnologiyasi, qishloq xo‗jaligi ishlab 
chiqarishini loyihalash, mashinalardan texnik foydalanishning nazariy asoslari va 
texnik servisni tashkillashtirish, faoliyatini rejalashtirish va tashkil etish tartiblarini, 
texnik xizmat ko‗rsatish, diagnostika ishlarini tashkillashtirish, mashinalardan 
foydalanishda ish unumdorligini kamayish sabablari, ishqalanish, eyilish turlari va 
moylar ta‘sirining asosiy qonuniyati, eyilishni aniqlash usullari, ishonchlilik 
ko‗rsatkichlari (buzilmasdan ishlashi, puxtaligi, ta‘mirbopligi va saqlanuvchanligi) ni 
baholash va oshirish usullari tartiblarini 
bilishi va ulardan foydalana olishi; 

ishlab chiqarish jarayonlarini tahlil qilish va baholash usullarini qo‗llash, 
traktorlar va qishloq xo‗jaligi mashinalaridan ishlab chiqarish va texnik 
foydalanishdagi muammolar, ulardan foydalanish qoidalari, foydalanish jarayonlarini 
tahlil qilish va baholash, texnik xizmat ko‗rsatish strategiyalarini ishlab chiqarish va 
texnik foydalanishdagi muammolar bo‗yicha echimlar qabul qilish 
ko‘nikmalariga 
ega bo‘lishi kerak. 
 
Fanning mazmun va mohiyatini belgilovchi asosiy omillar 
 
Respublikamizning agrar sohasida qishloq xo‗jalik texnikalarini ishlab 
chiqarish, etkazib berish, texnik xizmat ko‗rsatish hamda qishloq xo‗jaligi 
mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga mexanizatsiya xizmatlari ko‗rsatishning 
yagona o‗zaro bog‗langan tizimi yaratilganligi, qishloq xo‗jaligi korxonalari, 
«O‗zagroservis» AJ tashkilotlarining korxonalari va mashina-traktor parklarini qayta 
jihozlashga erishilganligi, shunga qaramasdan, «O‗zagrotexsanoatxolding» AJ, 
«O‗zagroservis» AJ va ular tarkibidagi korxonalarning, xususan, mashina-traktor 
parklarining ko‗rsatkichlari va faoliyatini takomillashtirish talab etilayotganligi, 
qishloq xo‗jaligi texnikasi parklarinining resurslaridan to‗la foydalanish, tarkibini 
me‘yoriy talab darajasida bo‗lishini ta‘minlash, modernizatsiya qilish, ularning 
samaradorligini oshirish sezilmayotganligi, qishloq xo‗jaligi uchun ajratilgan 
erlarning zarur texnikalar bilan to‗la qamrab olinishi ta‘minlab bermayotganligi, 
mexanizatsiya va texnik xizmat ko‗rsatuvchi tashkilotlarning faoliyati samarali 
bo‗lmayotganligi natijasida ularning moliyaviy barqarorligiga salbiy ta‘sir 
ko‗rsatayotganligi, agrotexnik ishlarni tashkil etishda uyushqoqlik, ma‘suliyatlilik, 
tashkilotchilik kabi yondoshuvlar etishmayotganligi, bundan tashqari qishloq 
xo‗jaligi ishlab chiqarishini to‗la mexanizatsiyalash, texnikalardan samarali 
foydalanish, agrotexnik tadbirlarni o‗z vaqtida sifatli bajarish, nazorat qilish, 
agregatlarni agrotexnik talablarga mos rostlash, foydalanish ko‗rsatkichlarini tahlil 
qilish, nosozliklarni operativ bartaraf etish, diagnostikalash va to‗g‗ri saqlash kabi 


11 
ko‗p muammolar O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ko‗rastib o‗tilgan 
[2, 4, 5]. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Qishloq xo‗jaligini o‗z vaqtida 
qishloq xo‗jaligi texnikasi bilan ta‘minlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish 
chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi 10.05.2018 yil PQ-3712 son [2], ―Qishloq xo‗jaligi 
mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga mexanizatsiya va servis xizmatlarini ko‗rsatish 
samaradorligini oshirish bo‗yicha qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi 2018 yil 
29 maydagi PQ-3751 son [4] va 2019 yil 31 iyuldagi ―Qishloq xo‗jaligi 
mashinasozligini jadal rivojlantirish, agrar sektorni qishloq xo‗jaligi texnikalari bilan 
ta‘minlashni davlat tomonidan qo‗llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‗g‗risida‖ 
gi PQ-4410-son [5] qarorlarida aynan yuqorida qayd etilgan masalalarga jiddiy 
e‘tibor berilgan. Jumladan, qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishini yanada 
takomillashtirish, qishloq xo‗jaligi mashinasozligini rivojlantirish, zamonaviy va 
sifatli texnikalar bilan ta‘minlash, mashina-traktor agregatlari parkini yangilash, 
texnik xizmat ko‗rsatish, ta‘mirlash, diagnostikalash, uzoq muddat saqlash, xususan 
qishloq xo‗jaligini isloh qilish, ya‘ni: qishloq xo‗jaligi texnikalarini ishlab chiqarish 
sanoatini rivojlantirish, mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish, turlarini 
kengaytirish, agrar sektorni hududlarning tabiiy iqlim va tuproq sharoitlariga mos 
keladigan mahalliy ishlab chiqariladigan zamonaviy qishloq xo‗jaligi texnikalari 
bilan ta‘minlash, texnikalarga servis xizmati ko‗rsatishning to‗liq yo‗lga qo‗yishda 
ilm-fan bilan ishlab chiqarishning uyg‗unlashuvini ta‘minlash, mavjud texnika 
turlarini optimallashtirish va hududlarning tabiiy iqlim va tuproq sharoitlariga mos 
yangi turdagi qishloq xo‗jaligi texnikalarining modellarini ishlab chiqarishni yo‗lga 
qo‗yish, kichik mexanizatsiya texnikalarini ishlab chiqarishni tashkil etish, ta‘mirlash 
va 
servis 
xizmatlari 
ko‗rsatishga 
ixtisoslashtirish, 
qshloq 
xo‗jaligini 
mexanizatsiyalash, qishloq xo‗jaligi mashinasozligi hamda qishloq xo‗jaligi 
texnikalaridan foydalanish va texnik servisi yo‗nalishlari bo‗yicha malakali kadrlarni 
tayyorlash hamda shu yo‗nalishlar bo‗yicha xodimlar malakasini oshirish va qayta 
tayyorlash, kadrlarga bo‗lgan ehtiyojlarni aniqlash, sohaga tegishli oliy o‗quv 
yurtlarining kafedralarini «O‗zagrotexsanoatxolding» AJ tizim korxonalarida tashkil 
etish, yangi ishlab chiqariladigan qishloq xo‗jaligi texnikalari uchun o‗rnatilgan 
texnik talablarni respublikaning tuproq-iqlim sharoiti va xalqaro standartlar asosida 
takomillashtirish, dilerlik tarmog‗ini kengaytirish, mahalliy qishloq xo‗jaligi 
texnikalariga xizmat ko‗rsatuvchi zarur texnikalar bilan jihozlangan va ko‗chma 
xizmat ko‗rsatuvchi mintaqaviy servis markazlarini tashkil etishga e‘tibor berilgan, 
tegishli vazifalar belgilangan [2, 4, 5]. 

Download 12,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish