133
talab etiladi. Bunda asosiy e‘tiborni terish apparatininger yuzasiga nisbatan avtomatik
ko‗tarib-tushirgichni to‗g‗ri sozlanganligiga va
pastdagi chanoqlarda paxta
bo‗laklarini qolmasligiga qaratish zarur.
Respublikamizning shimoliy hududlarida paxta hosilini tik shpindelli
mashinalar bilan ikki marta terib olish tavsiya etiladi. Ko‗saklar 75...80 foiz
ochilganda birinchi terim, 12-14 kun keyin qo‗shimcha 15-20 foiz ko‗saklar
ochilganda ikkinchi terim o‗tkaziladi.
Janubiy hududlarda paxta terimi ko‗saklar ochilishi 85...90 foiz bo‗lganda
boshlanib, paxta hosili bir marta terib olinadi. Bunday texnologiyalar noqulay ob-
havo boshlangunga qadar mashinalarda yuqori sifatli
paxta terib olish imkonini
beradi.
Har ikkala holda ham terim to‗liqligi 90...95 foiz bo‗lishi, hosildorlik o‗rtacha
30 s/ga bo‗lganda paxtaning erga to‗kilishi har bir metrda 15...20 grammdan
oshmasligi kerak. Hosilning qolgan qismi paxta terilgandan 8...10 kun o‗tgach
mavjud mashinalar yoki qo‗l kuchi yordamida terib olinishi mumkin. Bunda qolgan
hosilni yig‗ib olish usulini tanlash fermer xo‗jaligining mazkur yildagi iqtisodiy
samarasi va texnik imkoniyatini hisobga olgan holda belgilanadi.
Terim paytida mashinalar harakati doimo chap tomonga buriladigan va o‗ng
g‗ildiragi paxtasi terib olingan qator orasidan yuradigan sxemada tashkil qilinadi.
YOndosh qatorlarni tutashtirib turgan ikki qatordagi paxtani bir yo‗la terib
olishga aslo yo‗l qo‗yilmaydi. Bu qoidaga rioya qilinmasa g‗o‗za
tuplari shikastlanadi
va paxta ko‗plab erga to‗kiladi.
Paxta terish mashinalari va transport vositalarining soni o‗zaro shunday
me‘yorlanishi kerakki, bunda yig‗im-terim va paxtani tayyorlov punktlariga
topshirishning uzluksiz jarayoniga putur etkazmaslik kerak. Paxta terish
mashinalarining har guruhi uchun tirkamalar shunday
miqdorda tanlanishi kerakka,
bunda paxta yuklangan tirkamalarni tayyorlov punktiga olib borib qaytib kelguncha,
daladagi tirkamalar soni mashinalar tergan paxtani yuklash uchun etarli bo‗lishi
zarur.
Bu maqsadda:
- har bir paxta terish mashinasiga kamida 4 ta tirkama biriktirib qo‗yilishi shart;
- tirkamalar soni har doim juft bo‗lishi kerak, zero tirkamalar soni toq
bo‗lganda yuk tashish jarayoni buziladi.
Vaqti-vaqti bilan (har kuni yoki kun ora) mashinaning ish sifati nazorat
qilinadi. Buning uchun bir necha (4-5) qatorda tasodifiy tartibda 3 m uzunlikdagi 5-
134
6 ta bo‗laklar tanlanadi va erga to‗kilgan paxta terib olinadi. Bu paxtaning massasi
hosildorlikka qarab har bir metrda 15-30 grammdan oshmasligi lozim.
SHpindellarning ishchi yuzalari holati doimiy ravishda kuzatib boriladi, ularga
paxta o‗ralib qolishiga yo‗l quyilmaydi. G‗o‗za bargi yaxshi to‗kilmagan
va suvli
begona o‗tlar bo‗lgan dalalarda shpindellarga ko‗p paxta o‗ralib qoladi. Bunday
dalalarda shpindellar va ularni namlantiruvchi shchetkalarni tez-tez tozalab turish
kerak bo‗ladi. Mashinalarga samarali servis ko‗rsatish uchun ularni guruhlarga
jamlab, bir massivda kamida ikkitadan ishlatgan ma‘qul.
Hosilning qoldiq qismi
paxta terilganidan 8-10 kun o‗tgach mavjud mashinalar yoki qo‗l kuchi yordamida
terib olinishi mumkin (bu xo‗jalikning mazkur yildagi iqtisodiy samarasi va texnik
imkoniyati bilan belgilanadi).
Do'stlaringiz bilan baham: