Orqaning chuqur muskullari
.
Orqaning chuqur muskullari umurtqa pog’onaning ikki yonida joylashib, qovurg’alar burchaklarida,
umurtqalarning o’tkir o’simtalari orasida va suyakli chuqurliklar ichida joylashadi. Chuqur
muskullar asosan gavda xarakatlarida ishtirok etadilar. Umurtqa pog’onasining xar bir yonida
uchta-orqa , lateral va medial muskulli tutamlar xosil bo’ladi. Bu trakilardagi muskullar va
bo’yinning kamarsimon muskullari, gavdani tiklovchi muskulkundalang o’tkir o’simtali muskul
kiradi. umurtqa pog’onani yozishda ishtirok etuvchi eng kuchli muskul - bu gavdani tiklovchi yoki
rostlovchi muskul. Uning tuzilishi xam murakkab. Bu muskul dumg’azaning orqa yuzasidan va
yonbosh suyagining tashqi qirrasidan boshlanib, ensagacha davom etadi. Muskul 3 qismdan: o’tkir
o’simtali muskul, orqaning eng uzun muskuli va yonbosh – qovurg’a muskullaridan iborat.
Kundalang – o’tkir o’simtali muskul orqaning eng uzun muskuli va o’tkir o’simtali muskullar ostida
joylashgan. Bu muskul dumg’azadan boshlanib ensagacha davom etadi. Bu muskul 3 qatlam bo’lib
joylashagn muskul tutamlaridan iborat.
Kukrak muskullari.
Kukrakdagi muskullar bajaradigan funksiyasiga qarab 2 gruppaga bo’linadi. Birinchi gruppadagi
muskullar yuza joylashib, elka kamarini va qo’lni xarakatga keltiradi. Bularga kukrakning kichik
muskuli, umrov osti muskuli va oldingi tishsimon muskullari kiradi. Ikkinchi gruppaga chuqur
joylashagn muskullar kirib, ular nafas olishda kukrak qafasini xarakalarida ishtirok etadi. Bularga
tashqi va ichki qovurg’alararo muskullari, kukrakning kundalang muskuli kiradi
Orqaning yuza va chuqur muskullari
r
asm 1
12
Qo’lning xarakatida ishtirok etuvchi kukrak muskullari (rasm 2)
.
1. Kukrakning katta muskuli- katta yassi muskul bo’lib, kukrakning oldingi yuzasida, teri ostida
joylashadi, qovurg’alarni qoplab turadi va qo’ltiq osti chuqurchasining oldingi devorini xosil qiladi.
Bu muskul umrov suyagidan , tush suyagining oldingi tomonidan, qorinning to’g’ri muskulning
qinidan boshlanadi va elka suyagining katta dungiga birikadi. Kukrakning katta muskuli
qisqarganda elkani bukudi, ichkariga tortadi, olib keladi va nafas olishda ishtirok etadi.
2. Kukrakning kichik muskuli - katta kukrak muskuli ostida joylashagn, II - V qovurg’alar
yuzasidan boshlanib, kurakning tumshuqsimon o’simtasiga borib birikadi.
Bu muskul elka kamarini oldinga va patsga qarab xarakatga keltirib turadi.
12
Do'stlaringiz bilan baham: |