Asosiy va qo‘shimcha adabiyot
1.
Frank H. Netter, Atlas of human anatomy, Saunders, USA, 2014.
2.
Axmedov N.K. Atlas. Odam anatomiyasi (I jild). T.: «Ibn Sino» nashriyoti, 1998y. – 335
bet.
3.
Balashova V.F. Anatomiya i testoviy kontrol’ znaniy. Rossiyskaya Gosudarstvennaya
akademiya fizicheskoy kul’turi, «Fizkul’tura, obrazovanie i nauka», Moskva, 2007
4.
Lisenkov P.K. i dr Anatomiya s osnovami sportivnoy morfologiey Rossiyskaya
Gosudarstvennaya akademiya fizicheskoy kul’turi. «Fizkul’tura, obrazovanie i nauka», Moskva,
2003 g.
118
MA’RUZA № 10
Mavzu: «GAVDA MUSKULLARI, TANANI XARAKATGA KELTIRUVCHI
MUSKULLAR»
Ma’ruza rejasi:
5.
Xususiy miologiya.
2 Tananing orka tomonidagi muskullar (yuza va chukur kavatlari) – ularning joylashishi va
funksiyalari.
3. Tananing old tomonidagi muskullar (kukrak va korin muskullari).
4. Kukrakning yuza va chukur kavat muskullari.
5. Nafas olishda ishtirok etuvchi muskullar.
6. Qulning xarakatida ishtirok etuvchi kukrak muskullari.
7. Qorinning oldingi, orka va yon tomondagi joylashgan muskullari – ularning joylashishi va
funksiyalari.
Tayanch iboralar
: skelet muskullari, oq muskul tolalari, qizil muskul tolalari, paylar,
fassiyalar, boylamlar, gavda muskullari, statik yuklama, dinamik yuklama.
Gavda muskullari, tanani xarakatga keltiruvchi muskullar.
Gavda muskullari joylashishiga karab kukrak kafasi, korin va orka muskullariga bulinadi.
Orqa muskullari (rasm 1)
.
Orqa muskullari ikki guruxga: yuzada joylashgan va chuqur muskullariga bo’linadi. Yuza
muskullar guruxida trapetsiyasimon muskul, orqani keng yoki serbar muskuli, katta va kichik
rombsimon muskullar, kurakni kutaruvchi muskul, yuqori va pastki orqa tishsimon muskullar
joylashadi.
1. Trapetsiyasimon muskul uchburchak shaklga ega, juft, ung va chap tomondagi trapetsiyasimon
muskullar birga trapetsiya shakliga o’xshaydi. Muskulning yuqori tutamlari yuqoridan pastga, o’rta
tutamlari pastga, pastki tutamlari esa pastdan yuqoriga yo’nalgan.
Bu muskul ensa suyagidan, buyin va kukrak umurtqalarini o’tkir o’simtasidan boshlanib, umrov
suyagining akromial uchiga, akromial o’simtasiga va kukrakni qirrasiga kelib birikadi. Bu
muskullar umurtqa pog’onasining buyin qismini xarakatga keltirib, elka kamar va elka bo’g’imidagi
xarakatlarda ishtirok etadi.
2. Orqaning keng yoki serbar muskuli tananing yuzasida pastki qismida joylashadi. Bu muskul 5- ta
oxirgi kukrak umurtqalaridan yonbosh suyagining qirrasidan boshlanib elka suyagining kichkina
dungiga borib birikadi. Bu muskul turli xarakatlarda ishtirok etadi. Elka suyagini xarakatga
keltirganligi sababli elkani pastga tushiradi, kurakni umurtqa pog’onasi tomon yaqinalashtiradi.
Kukrak qafasini xajmini kengayishida, gavdani yuqoriga kutarishda ishtirok etadi.
3. Katta va kichik rombsimon muskullar oxirgi ikkita bo’yin umurtqasi va 4-ta yuqori kukrak
umurtqasining kundalang o’simtalaridan boshlanib kurakning ichki qirrasiga kelib birikadi. Bu
muskul kurakni va elka bo’gimini xarakatlarida asosan kurakni kutarish va olib kelishda ishtirok
etadi.
4. Kurakni kutaruvchi muskul - bu muskul yuqorigi bo’yin umurtqalarining kundalang
o’simtalaridan boshlanib kurakning yuqori burchagiga birikadi. U kurakni yuqoriga kutarib turishda
va umurtqa pog’onasining bo’yin qsimini egish va yozish xarakatlarini bajarishda yordam beradi.
5. Orqaning yuqorigi (tishsimon muskuli) - bu muskul 2 - ta pastki bo’yin va 2-ta yuqorigi kukrak
umurtqasining o’tkir o’simtalaridan boshlanib ikkinchidan 5 - chigacha yuqori qovurg’alarga
birikadi. Bu muskul 2-5 qovurg’alarni yuqoriga kutarib, nafas olishda ishtirok etadi.
6. Orqaning pastki tishsimon muskuli - bu muskul 2 pastki kukrak va 2 yuqorigi bel
umurtqalarining o’tkir o’simtalaridan boshlanib, 4 pastki qovurg’aga birikadi. Muskul qisqarganda
qovurg’alar pastga tushadi.
119
Do'stlaringiz bilan baham: |