Sportda matematika



Download 15,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/422
Sana22.04.2022
Hajmi15,38 Mb.
#572468
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   422
Bog'liq
4 ANATOMIYA

MUSKULNING KUCHI
qo’zg’olish natijasida muskulda maksimal darajada taranglashishni 
rivojlanishi bilan ifodalanadi. Muskul kuchini namoyon etilishi anatomik, fiziologik va mexanik 
shart-sharoitlari bilan bog’liq. 
1. Anatomik faktorlardan muskulning kuchiga uning tarkibiga
kiruvchi tolalarning miqdori,
uzunligi, yo’nalishi, suyakga birikish satxlarning yuzasi, ishni bajarayotgan muskulni anatomik va 
fiziologik kundalang kesimini xisobga olish lozim: 
a) Muskul tarkibida qanchalik tolalar miqdori ko’p bo’lsa, muskul shunchalik kuchli bo’ladi. 
Bajarilgan ishning kuchi shu ishni bajarayotgan muskulning kundalang kesimiga bog’liq. Muskul 
kundalang kesimining o’lchovi anatomik kundalang kesimi deyiladi, bunda 1 sm satxida muskul 
tolalar miqdori xisoblanadi. 
Muskulning fiziologik kundalang kesimi muskulning xajmini, tolalar o’rtacha uzunligiga bo’lish 
orqali aniqlanadi. Muskullarning anatomik kundalang kesimi sm. bilan, fiziologik kundalang kesimi 
kg. bilan ulchanadi. Muskulning ish bajarish quvvatini yuk kutarish kuchi deyiladi. Tolalari parallel 
xolda joylashgan muskullarning anatomik va fiziologik kundalang kesimi bir xil bo’ladi. Kup patli 
muskullarning kundalang kesimining yuzasi, uzun muskullarning kundalang yuzasidan katta 
bo’lganidan sababli, ularning fiziologik kundalang kesimini kursatkichi yuqori bo’ladi. Shu 


115 
boisda, bu muskulning qisqarish kuchi kattaroq bo’ladi. 1 sm.І kundalang kesimiga ega bo’lgan 
muskul o’rta xisobda 10 kg. yuk kutara olishi aniqlangan. 
b) Muskullarning kuchi ularning suyakka birikish satxining kattaligiga xam bog’liq. Muskulning 
suyakka birikish satxi qanchalik katta bo’lsa, muskul shunchalik kuchli bo’ladi. Masalan, 
deltasimon va katta dumba muskullari taxlil qilinsa, deltasimon muskulda muskul tutamlari 
uchburchak shaklda o’rnashgan bir uchburchak ichida joylashagn muskul tolalari, ikkinchisiga 
nisbatdan qarama-qarshi joylashadi - bir uchburchakning uchi ikkinchi uchburchakning asosi bilan 
yonma-yon joylashadi. Xamma uchburchaklarning asoslari o’lchanib qo’shilgandan sung, anatomik 
va fiziologik kundalang kesimi katta chiqadi. Demak, bu muskulda kuch belgisi yaxshi ifodalangan. 
Deltasimon muskulning payli uchlari ingichka buladi va suyakka birikish satxlari xam kichik yuzani 
egallaydi. Ma’lumki, kichik satx orqali suyakka birikkan muskullarda chaqqonlik belgisi namoyon 
etiladi. Demak, deltasimon muskulda xam kuch, xam chaqqonlik xususiyatlari yaxshi rivojlangan. 
Shu sababli, organizmda deltasimon muskul eng xarakatchang muskul bo’lib, eng xarakatchang 
elka bo’g’imini xamma xarakatlarini bajarilishini ta’minlaydi. Katta dumba muskulida esa, tolalari 
parallel xolda joylashgan, dumg’aza suyakka birikish satxi katta bo’ladi. Shuning uchun, bu 
muskulda faqat kuch sifati yaxshi rivojlangan bo’lib, tananing tik turish xolatini ta’minlab 
beruvchi asosiy kuchli muskullardan biri xisoblanadi. 
v) Muskullarning kuchi muskul tolalarining uzunligi bilan bog’liq. Muskulning eng kuchli qisqarish 
qobiliyati tolalari uzunligining kvadratiga to’g’ri proporsional bo’ladi. 
2) Muskulning kuchiga fiziologik faktorlar uz ta’sirini kursatadi
, muskullar tarkibida qanchalik kup 
motoneyronlarning soni qanchalik kup bo’lsa, shunchalik muskulllarga tez impulslar etib keladi. Bir 
vaqtda bir qancha muskul tolalari qo’zg’aladi, muskul katta yuklamali ish bajarishga tayyor bo’ladi. 
3) Mexanik faktorlardan muskulning qisqarish
kuchining kattaligi va tezligi uning suyakka birikkan 
qismidan tayanch nuqtasigacha bo’lgan masofaga bog’liq bo’ladi. Bu masofa qanchalik katta 
bo’lsa, muskulning xarakat kuchi shunchalik katta bo’ladi. Masofa qanchalik kichik bo’lsa, xarakat 
tezligi shunchalik katta bo’ladi. Demak, muskul kuchdan yutkanda, u masofa va tezlikdan yutkazadi 
va aksincha – muskul tezlikdan va masofadan yutkanda, kuchdan yutkazadi. Muskul kuchiga 
bo’g’im burchagini o’zgarishi xam xisobga olinadi. Bo’g’im burchagi o’zgarib borishi bilan bir 
vaqtda muskul kuchining aylanma momenti o’zgarib boradi. Bo’g’im burchagi qanchalik katta 
bo’lsa, muskulning qisqarish aylanma momenti shunchalik kichik bo’ladi. Xarakat jarayonida 
bo’g’im burchagi kichrayib borgan sari, muskulning tortishuv kuchining elkasi ortib boradi. 
Bo’g’im burchagi 
180 
140 
100 
80 
Muskul tortishuv kuchining elkasi (mm) 
11,5 
26,9 
43,5 
45,5 
Sport amaliyotida turli xarakatlar bajarilganda, qaysi muskul va qanday darajada xarakatda ishtirok 
etishni aniqlashda elektromiografiya usuli qo’llaniladi. Muskullarning elektr aktivligi 
aniqlangandan sung elektrmiografik kartalar tuziladi. Kuch talab etuvchi xarakatlar bajarilganda 
aktiv muskullar guruxlarning zo’riqishi ularning turli uzunlikda bo’lishini talab etadi. Kuch 
belgilarini rivojlantirish uchun, mashqlar jarayonini boshlashdan oldin, tayyorgarlik davrida 
jismoniy mashqlarni chuzilgan va bo’shashgan xoldagi muskullarda olib borilishi lozim. Shunda 
kuch ko’rsatkichlarining o’sish darajasi yuqori bo’ladi. 
Aynan muskullarning qisqarish aylanma momentining kattaligi shu muskullar xarakatlantiruvchi 
bo’g’imlarning yoki tananing xolatiga bog’liq. Kuch ishlatish vaqtida bo’g’imlarning yoki tananing 
shu xarakatini amalga oshirish uchun nomuvofik xolatda bo’lishi, kuch momentining samarasiz 
yoki notug’ri yunalishda ishlatilishiga olib keladi va kup xollarda sportchilarga travmalarga (lat 
eyishga) sababchi bo’ladi. Shu sababli, sportchilar xarakat texnikasini aniq bajarishga va travmaga 
olib keluvchi kritik xolatlarni cheklab o’tishga xarakat qiladilar. 

Download 15,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish