3. Auksotonik ish rejimi – muskulning uzunligi o’zgarishi bilan tonusi xam o’zgaradi.
Amaliyotda aloxida xolda bunday rejimlar uchramaydi, kursatilgan rejimlarning biri ustun turishi
mumkin.
Muskullar statik va dinamik ishni bajarishi mumkin. Statik ish bajarilganda muskullarning ishi
tufayli tana xarakatsiz bo’lib, ma’lum bir xolatni saqlaydi.
Statik ish bajarilganda quyidagi ish turlari bajariladi:
a) qarshilikni ushlab turish – muskulning qisqarish kuchi qarshilik kuchi bilan tenglashadi va
tananing ma’lum vaziyati saqlanib turadi.
b) mustaxkamlab beruvchi ish - muskulning ishi og’irlik kuchini engishga yo’nalgan.
v) qotirib turuvchi yoki fiksatsiyalovchi ish – muskulning kuchi antogonist muskullarni kuchini
engishga yo’naltirilgan.
Dinamik ish bajarilganda muskullar tomonidan 3 xil ish bajariladi:
a) qarshilikni engish ishi – muskulning ishi tananing muayyan qismi og’irligini yoki ma’lum bir
qarshilikni engadi.
b) qarshilik kuchiga bardosh bera olmaslik ishi – muskulning taranglashgan xoldan qarshi kuchlar
ta’sirida asta - sekin bushashadi va qarshilik kuchlarga bardosh bera olmaydi.
v) ballistik ish – juda qisqa vaqt ichida muskullar tomonidan qarshilikni engish ishini bajarish.
Ballistik ish turida muskullar qisqa muddat davomida katta kuchni namoyon etadi va bu ish A =F t
formulasi bilan ifodalanadi. Relaksatsiya bu – muskul tomonidan qarshilik kuchiga bardosh bera
olmaslik ish turi bo’lib, muskul tolalari bushashgan va cho’zilgan xolda bo’ladi.
Xarakat jarayoni bajarilishida bir qancha aloxida muskullar xamkorlik bilan ish bajarishda ishtirok
etadi. Funksional jixatdan muskullar antogonist va sinergistlarga bo’linadi. Sinergist muskullar
deyilganda turli guruxlarga kiruvchi muskullarning xamkorlikda bir xil xarakatni bajarishishda
ishtirok etishiga aytiladi. Masalan, trapetsiyasimon muskul bilan oldingi tishsimon muskuli kurakni
pastki burchagini tashqariga tomon aylanishida ishtirok etadilar.
Antogonist muskullar aloxida muskullar yoki turli muskul guruxlari qarama – qarshi xarakatda
ishtirok etishiga aytiladi. Masalan, tirsak bo’g’imida elka oldini bukuvchi muskullardan elka
muskuli misol bo’lsa, uning doimiy antogonisti bo’lgan elkani orqa guruxida joylashgan uch boshli
muskul elka oldini yozishda ishtirok etadi. Muskullarning qarama-qarshi va xamkor ishlashi turli
kurinishlarda bo’lishi mumkin. Bir xarakatda sinergist bo’lgan muskullar, ikkinchi xarakatda bir-
biriga nisbatan antogonist bo’ladi. Masalan, panjani bukishda tirsakni va bilakni bukuvchi
muskullar sinergist xolda ishlashsa, panjani olib qochish va olib kelish xarakatlarida xar bir muskul
aloxida funksiyani bajaradi. Panjani bukuvchi tirsak muskuli panjani olib kelishda, bilak muskuli
esa panjani olib qochishda ishtirok etadi. Antogonist va sinergist muskullarini xamkor va
koordinatsiyali qisqarishlarini bajarilishi nerv sistema tomonidan idora etiladi.