. Shakli jixatdan muskullar 4 guruxga bo’linadi:
1. Uzun muskullar - bularning uzunligi kengligiga nisbatan ancha katta. Masalan, elkaning ikki
boshli, uch boshli muskullar.
2. Keng muskullar - bularga aksincha, kengligi uzunligiga nisbatan katta. Orqaning keng muskuli,
qorinning tashqi qiya, ichki qiya muskullari, kundalang muskullari misol bo’la oladi.
3. Elpigichsimon muskullar - bu muskullarda bir uchi toraygan, ikkinchi uchi esa kengaygan.
Masalan, deltasimon muskul, trapetsiyasimon muskul. Bunday muskullar ko’pincha, uch o’qli
bo’g’imlar atrofida uchrab, 5-6 xil xarakatlarda ishtirok etadilar va eng xarakatchang muskullar
xisoblanadi.
4.Doiraviy muskullar – muskul tolalari aylanma yoki sirkulyar yunalgan bo’lib, tabiiy teshiklar
atrofida joylashgan. Masalan, og’izning aylana muskuli, ko’zning aylana muskullari misol bo’la
oladi.
Tana muskullarini bajaradigan ishiga qarab 4 guruxga bo’lish mumkin (rasm 1, 2):
1. Aylanma xarakatlarni bajaruvchi muskullar - tayanch-xarakat apparatida, naysimon suyaklarga
birikkan bo’lib, tana lokomotsiyalarda ishtirok etadi.
2. Oldinga va orqaga, yuqoriga va pastga tomon xarakat etuvchi muskullar – masalan, ko’rsatilgan
xarakatlar jag’ muskullari tomondan bajariladi.
3. Tana bo’shliqlar xajmini o’zgartirishda ishtirok etuvchi muskullar – gavda muskullari ko’krak
qafasini yoki qorin bo’shlig’ini xajmini o’zgartirishda ishtirok etadi.
4. Teshik va yoriqlarni xajmini o’zgartirishda ishtirok etuvchi muskullar – bu ishni doiraviy shaklga
ega bo’lgan muskullar tomonidan bajariladi.
Muskullarining yordamchi apparati
.
Muskullaring yordamchi apparatiga paylar, fassiyalar, g’altaklar, sinovial qinlari, sinovial xaltalar,
sesasimon suyaklar kiradi:
Paylar -
xar bir muskulning suyakka kelib birikuvchi mustaxkam payi bo’ladi. Pay muskulning
gushtdor qismidan o’zining yaltiroqligi, oq yoki sarg’ish rangi bilan ajaralib turadi. Paylar paralel
xolda joylashgan kollagen tolalaridan va ularning orasida tarqoq xolda etgan fibroblastlar va
fibrotsitlardan tashkil topgan. Bir qancha paylar yig’indisi 1 tartibli paylarni xosil qiladi va atrofdan
zich tolali shakllanmagan biriktiruvchi to’qimali parda – endotendiniy bilan o’ralgan. Bir qancha
paylar guruxi peritediniy bilan qoplangan. Ba’zan pay muskullarning faqat birikish tomonidangina
bo’lib, boshlanish qismida bo’lmaydi. Paylar cho’zilishga juda chidamlidir. Masalan sonning
turtboshli muskulining payi 600 kg., boldirning uchboshli muskulining Axill payi 400 kg. yukni
kutarish qobiliyatiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |