Sportda matematika


Frank H. Nettеr, Atlas of human anatomy, Saunders, USA, 2014. р-171



Download 15,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/422
Sana22.04.2022
Hajmi15,38 Mb.
#572468
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   422
Bog'liq
4 ANATOMIYA

Frank H. Nettеr, Atlas of human anatomy, Saunders, USA, 2014. р-171


120 
3. Oldingi tishsimon muskul - kukrak qafasining yon tomonidan joylashagn bo’lib, yuqorigi IX 
qovurg’alar yuzasidan tishsimon bo’lib boshlanadi va kurakning ichki qirrasiga va pastki 
burchagiga birikadi. Bu muskul kurakni oldiga va tashkqariga qaratib xarakatga keltiradi va nafas 
olishda ishtirok etadi. Oldingi tishsimon muskul ayniqsa bokschilarda, qilichvozlarda yaxshi 
rivojlangan. 
4. Umrov osti suyagi - yaxshi rivojlangan kichik muskul umrov suyagi bilan I qovurg’a orasida 
joylashgan. 
Kukrakning xususiy muskullari

1. Tashki qovurg’alararo muskullari- bu muskulning tolalari yuqorida joylashgan qovurg’aning 
pastki qirrasidan boshlanib pastda joylashgan qovurg’aning yuqori qirrasiga birikadi. Muskul 
qisqarganda qovurg’alar kutariladi va nafas olinadi. 
2. Ichki qovurg’alararo muskullar - tolalari aksincha, pastdan yuqoriga va oldinga yo’nalgan 
bo’ladi. Bu muskullar tush suyagidan qovurg’a burchagiga joylashgan. Nafas chiqarishda ishtirok 
etadi. 
Kukrakining xususiy muskullariga kukrakning kundalang muskuli va qovurg’alar osti muskullari 
xam kiradi. Bu muskullar ichki qovurg’alararo muskullarga nisbatan sinergist xisoblanadi va ular 
nafas olishda ishtirok etadilar. 
QORIN MUSKULLARI VA FASSIYALARI 
Qorin muskullari qorin bushligini oldingi, yon va orqa devorlarini xosil qiladi. Chap va ung 
tomonda joylashgan muskullar orasida tananing o’rta chizig’i bo’ylab qorinnig oq chizig’i 
ifodalanadi. Oq chiziq tush suyagining xanjarsimon o’simtasidan boshlanib, qov suyaklarining 
simfizigacha davom etadi. Oq chiziq bu qorin pressini tashkil etuvchi muskullarni keng payli 
uchlarini yoki aponevrozlarini tutashib ketgan chegarasi xisoblanadi. 
1. QORINNING TO’GRI MUSKULI 
- uzun lentasimon muskul bo’lib, qorinni old devorini tashkil 
etadi, oq chiziqqa nisbatdan o’ng va chap payli qin joylashgan. Bu muskul tush suyagining 
xanjarsimon o’simtasidan, 5-7 qovurg’alarning tog’ay qismidan boshlanib, qov suyagining yuqori 
chetiga birikadi. U bir nechta payli tortmalar bilan 4-5 segmentlarga ajralgan. Teri ostida bu 
muskul segmentlari aniq ifodalanadi, ayniqsa shtangchilarda va kurashchilarda. qorinning to’g’ri 
muskuli qisqarganda gavda bukiladi - eng kuchli bukuvchi muskul xisoblanadi. Qorin pressi xosil 
bo’lishda va qisman nafas chiqarish paytida. Kukrak qafasining xarakatlarida xam ishtirok etadi. 
2. QORINNING TASHKI KIYSHIK MUSKULI
- yupqa, yassi, keng, muskul bo’lib, pastki 3 
qovurg’alardan boshlanadi. Muskulning tolalari oldinga va pastga qarab yo’naladi. Oldinga 
yo’nalgan tolalari qorinni o’rtasida aponervoz xosil qiladi. Pastga yo’nalagn tolalari yonbosh 
suyagining tashqi qirrasiga birikadi va pastga chot kanalini xosil qiladi. Bu muskul umurtqa 
pog’onasini bukishda va qarshi tomonga burilitshda ishtirok etadi. 
3. QORINNING ICHKI KIYSHIK MUSKULI
- tashqi qiyshik muskul tagida bo’lib, tolalari 
pastdan yuqoriga va oldinga yunalgan. Yuqoriga yunalagn tolalari yonbosh suyagininng o’rta 
qirrasidan boshlanib, pastgi qovurg’alarga birikadi. Oldinga yunalagan tolalari aponevroz xosil 
qilib, to’g’ri muskulning tagidan o’tib, irshi tomondagi shu muskul aponeroziga birikadi. Bu 
muskul qisqarganda umurtqa pog’onasini bukishda va tanani burishda ishtirok etadi. 
4. QORINNING KUNDALANG MUSKULI
- eng ichkisi bo’lib, tolalari kundalang yunalgan. U 
bel - orqa fassiyasidan, yonbosh suyaging ichki yuzalaridan chot kanalidan boshlanib, oldinga 
aponevrozga aylanadi va qorinning oq chizigini xosil bo’lishida ishtirok etadi. Bu muskul nafas 
chiqarishda va qorin bo’shlig’ida ma’lum bosim xosil qilishda ishtirok etadi. 
5. BELNING KVADRAT MUSKULI
- qorinning orqa devorini tashkil etadi. U umurtqa 
pog’onasini bel qismining ikki tomoni bo’ylab joylashadi va 4-ta pastki bel umurtqalarining 
kundalang o’simtalaridan, yonbosh suyagining qirrasidan va yonbosh - bel boylagichdan 
umurtqasiga birikadi. Kvadrat muskuli uchinchi qovurg’aga, 12 kukrak umurtqasiga birikadi. Bu 
muskul qisqarganda umurtqa pog’onasining bel qismi yon tomonga bukiladi. 
Qorinda bir nechta fassiyalar farqlanadi. Bularga teri osti fassiyasi, qorinning xususiy fassiyasi , 
kundalang fassiyalari kiradi. Xar bittta fassiya bir nechta varaqlarga ajralib ketadi. Fassiya varaqlari 
qorin pressini tashkil etuvchi muskullarni gilof kabi o’rab turadi. 


121 

Download 15,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish