O’zbekiston rechpublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziriligi


-mavzu: HASHAROTLARNING NAFAS OLISH TIZIMI



Download 14,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/75
Sana22.04.2022
Hajmi14,87 Mb.
#571571
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   75
Bog'liq
Entomologiya O\'UM 2021

7-mavzu: HASHAROTLARNING NAFAS OLISH TIZIMI. 
 
1.
Nafas olish tizimi funktsiyasi.
2.
Stigma, traxeya va traxeolalar tuzilishi.
3.
Gaz almashinuvi.
4.
Suvda yashovchi va parazit hasharotlarning nafas olishi xususiyatlari.
5.
Tana haroratini boshqarilishi. 
Nafas olish sistemasi traxeyalardan iborat. Qorin va ko`krak bo`limlarining ostki qismida 
joylashgan nafas teshiklaridan yirik traxeya naylari boshlanadi. Ular hasharot tanasida ketma-ket 
ko`p marta shoxlanib, juda ingichka naychalar hosil qiladi. Naychalar ayrim hujayra va hatto 
organlarga yyetib boradi; ular orqali kislorod to`qimalarga yyetkaziladi.
Traxeya ko`plab shoxlanib diametri 1 mkm dan oshmaydigan eng kichik naychalar. - 
traxeolalarda tugaydi. Ular hujayralarni o`raydi va hujayralar diffuziya orqali ingichka kontaktli 
membranalar yordamida kislorod olishlari mumkin bo`ladi.
Ochiq traxeya tizimi bo`lgan hasharotlar, atmosfera havosidan nafas oladi, traxeya 
teshikchalari orqali kislorodni olib, traxeyaga havo o`tkazadi va u yerdan hujayralarga kiradi. 
Hujayralar ichiga kislorod molekulalari ingichka traxeoladan diffuziya yo`li bilan kirib boradi. 
Nam charoitda yashaydigan primitiv hasharotlarda nafas olish jarayoni juda sodda tipda 
amalga oshadi; qurg`oqchil sharoitlarda yashashga o`tgan hasharotlarda bu jarayon nisbatan 
murakkablashgan, 
Traxeyalar tarmoqlanib traxeolalarda (kapillyar naychalar) tugaydi, ularning diametri 
taxminan 1 mkm. Ular hujayralar membranalarini o`rab olib, diffuziya orqali kislorod bilan 
ta’minlaydi. Hasharot tanasida traxeolaning umumiy miqdori juda ko`p – 1-1,5 millionga yetadi.
Hasharotlarda tana bo`shlig`ining katta qismini egallaydigan havo qoplari ham mavjud bo`lib, 
ular uchib yuruvchi turlarda aniq namoyon bo`ladi. Havo qoplari - bu odatda traxeya 
magistrallarining kengaygan bo`limlari bilan ifodalanadigan “rezervuar” lardir. Sikadalarning qorin 
bo`g`imida ulkan havo pufakchalari (sumkalar) mavjud bo`lib, ular havo bilan to`lganda tananing 
bu qismining hajmini 2 baravarga oshirishi mumkin. May qo`ng`izida pufakchalar kichik bo`lsada, 
ularning soni ko`p bo`ladi. 
Traxeya tashqarisida ularning tashqi qobig`i bo`lib, bir qavatli epitelial hujayralardan iborat. 
Epiteliy gipodermadan kelib chiqadi va uning bevosita davomi hisoblanadi. Qalin traxeya yo`llarida 
epiteliy hujayralari katta yadrolarga ega, yassi ko`pburchak shaklda, bir-biridan keskin ajralgan; 
ingichka yo`llarida esa ular juda cho`zilib ketgan bo`ladi. 
Traxeya ektodermal kelib chiqadigan organdir, shuning uchun ular kutikulyar qavatga ega. 
Ularning skeletining asosiy tarkibiy qismi (o`rta qobiq) ingichka xitinoz plyonka bo`lib, u asta-
sekin traxeya diametrining kamayishi bilan yanada ingichka bo`lib boradi va intima deb ataladi. 
Traxeollarda u juda kam ifodalangan. 
Traxeyaning intimaasi uchta qatlamdan iborat, huddi hasharotlarning tashqi qoplami: endo, 
epi- va ekzokutikula singari. Eng yupqa qismi - o`rta qatlam (epikutkula), ichki qatlam 
(endokutikula) qalinligi traxeya diametriga bog`liq va ekzokutikula barcha holatlarda eng qalin 
bo`ladi. 
Ekzokutikula maxsus tuzilmalarni - tenidiya yoki spiral qalinlashuvni hosil qiladi, ular ba’zan 
traxeyaning ichki qobig`i deb ataladi. Ular traxeyaning butun uzunligi bo`ylab spiral shaklida 
joylashib, ularni mustahkamligini ta’minlaydi. Tenidiyalar mavjudligi sababli, hasharot tanasini 
siqish va egish harakatlarida ham traxeya siqilib yoki keskin bukilib kislorodning to`qimalarga 


33 
kirishini to`xtatmaydi, har doim ochiq qoladi. Bundan tashqari, ushbu struktura traxeyani kengroq 
kengayishini ta’minlaydi: masalan, so`zanak lichinkasi traxeyasi 2 martagacha cho`zilishi mumkin 
va shu bilan birga u zarar ko`rmaydi.
Qurg`oqchil biotoplarga ko`chib o`tgan turlarda nafas olish mexanizmi biroz 
murakkablashadi. Jumladan, kislorodga ehtiyoj yuqori bo`lgan hasharotlar nafas olish harakatlariga 
ega, bu orqali havoni traxeya tizimiga kiritadi va uni u yerdan chiqarib yuboradi. Ushbu harakatlar 
qorin bo`shlig`i mushaklarining qisqarishi va bo`shashishi hisobiga hajmini o`zgarishini 
ta’minlaydi, bu esa traxeya va havo qoplarining ventilyatsiyasiga sabab bo`ladi. 
Nafas teshigini yopish apparatining ishlashi nafas olish paytida suv yo`qotilishini 
kamaytiradi. Nafas olish harakatlari paytida qorinning sternitlari va tergitlari bir-biridan 
uzoqlashadi va bir-biriga yaqinlashadi. 
Nafas olish harakatlarining ritmi har xil bo`lishi mumkin va ko`pgina omillarga bog`liq, 
masalan, haroratga: 

Download 14,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish