Melanoplus
lar 27 daraja issiqda minutiga 25,6 marta nafas olish harakatini
amalga oshiradi, 9 darajada 9 martagacha. Dam olish paytida asalari 40 ta nafas olish harakatini
bajarsa, aktiv “ish vaqtida” 120 ta harakatni amalga oshiradi.
Hasharotlarning imagosida ko`pincha 10 juft nafas teshikchalari bo`ladi. Birinchi jufti o`rta
ko`krakda, ikkinchisi orqa ko`krakda, qolganlari qorin bo`limlarida bir juftdan.
Asalarilarda havo oldingi nafas teshikchalari (stigmalar) orqali kirib, murakkab traxeya
sistemalari orqali harakatlanib. orqa tomondagi stigmalardan chiqib ketadi.
Primitiv hasharotlarda stigmalar doim ochiq bo`ladi; murakkab tuzilishga ega hasharotlarda
esa stigmani yopadigan maxsus tuzilmalari bo`ladi. Shuningdek, nafas teshikchalarida turli chang
zarralarini tutib qoladigan “filtr” yoki mayda “panjaralar” bo`ladi.
Stigmalar hasharotlar lichinkalarida imagolariga nisbatan ko`rinarli bo`ladi, jumladan, ular
katta va ko`pincha aloxida ranglar bilan ajralib turadi.
Ba’zan stigmalar atrofi havoni mexanik tozalovchi tukchalar bilan qoplangan bo`ladi.
Hasharotlarni rivojlanishi davomida stigmalar soni va tuzilishi o`zgarishi mumkin. Masalan,
qattiqqanotlilar lichinkalarida stigmalar soni imagolariga nisbatan ko`p bo`ladi, pashshalar
lichinkalarida esa faqatgina tananing orqa qismida bir juft bo`ladi. So`zanak lichinkalarida jabra
bo`ladi. Ko`pgina suv hasharotlarida yopiq traxeya tizimi bo`lib, nafas teshikchalari bo`lmaydi.
Nafas olishda maxsus jabralar orqali suvda erigan kislorod olinib, traxeyalar tarmog`iga o`tkaziladi.
Yupqa traxeyalar jabra yuzasini o`rab olib, ular orqali kislorod diffuziyalanadi. Rucheyniklar,
vesnyankalar imagolarida va so`zanak lichinkalarida nafas olish shu tarzda sodir bo`ladi.
Lichinkalar voyaga yetgandan so`ng jabralar reduktsiyalanib, traxeya tizimi yopiq xolatdan ochiq
tizimga o`tadi.
Ayrim suv hasharotlarida nafas olish atmosfera havosidan ochiq traxeya tizimi orqali amalga
oshadi. Ular suv yuzasiga ko`tarilib, traxeyalarni havoga to`ldiradi va kislorod zaxirasi tugagunga
qadar suv ostida bo`ladi.
Shu sababli ularning nafas sistemasida 2 ta asosiy xususiyat mavjud. Birinchidan ularda
maxsus xavo qopchalari bo`ladi, ikkinchidan nafas teshikchalarini maxsus berkitish tizimi
shakllangan.
Suzuvchi qo`ng`izlarda nafas teshigi – stigma tanasining orqa qismida joylashgan bo`lib,
nafas olish uchun suv yuzasiga ko`tariladi va tanasini vertikal (qorin qismi yuqoriga) holatda tutib,
stigmasini suvdan tashqariga chiqarib ochadi va atmosfera havosidan nafas oladi.
Oddiy chivinlarning lichinkasida qorin qismining 8, 9-bo`g`inlari tutashadigan qismida
maxsus nafas trubkalari bo`lib, suv satxida joylashishiga qarab uzaytirib yoki qisqartirib turadi.
34
Odatda, traxeya jabrasi bargsimon shaklda bo`lib, teri burmalariga o`xshaydi, qorin qismida
stigma joylashgan joyda bo`ladi. Eng ingichka traxeollar jabra yuzasiga yaqinlashadi, lekin hech
qachon tashqi tomon ochilmaydi. Ular suvdan diffuziya orqali kirib boradigan kislorodni ushlab,
uni raxeya naychalari bo`ylab tarqatadi va barcha hujayralar va to`qimalarga yetkazib beradi.
Ba’zi podenoklarda jabralar “qopqoq” ostida yashiringan. Masalan, Baetiska. Prosopistomada
esa orqa ko`krak tergitlar va qanotlar asoslaridan hosil bo`lgan jabra kamerasi mavjud. Unda uchta
teshik bo`lib, ular orqali jabralar suv bilan yuviladi.
Ko`pchilik parazit hasharotlarda nafas olish tizimi soddalashgan bo`lib, ularda traxeya tizimi
mavjud emas. Ayrim parazit bo`lmagan sodda tuzilishga ega hasharotlarda (Protura; Collembola)
ham traxeya tizimi yo`q.
Suv yaydoqchisi (Anagrus)da traxeya tizimi butun hayoti davomida suyuqlik bilan to`lgan
bo`ladi va nafas olishda ahamiyatga ega emas.
Yuqoridagi kabi hasharotlarda nafas olish teri orqali amalga oshadi. Parazit pashshalar
lichinkalari, yaydoqchilarning lichinkalarida ham butun tana yuzasi orqali yoki ayrim parazit
hasharotlar lichinkalarida aloxida nafas olish tuzilmalari orqali nafas oladi. Jumladan, Apanteles
pashshalari lichinkalarida “dum pufakchalari” deb nomlangan “a’zosida” intensiv nafas olish sodir
bo`ladi.
Otlarning oshqozonida yashaydigan parazit lichinkalarda “qizil organi” bo`lib nafas olishda
ishtirok etadi.
Kislorod traxeyaga qanday kirishidan qat’iy nazar, biokimyoviy nafas olish kislorod qabul
qilishning oksidlovchi jarayoni hisoblanadi. Kislorod organizmga kirgandan so`ng oziq-ovqat
tarkibidagi oqsillar, yog`lar, uglevodlar molekulalarini oksidaza fermenti yordamida oksidlaydi.
Buning natijasida energiya ajralishi va metobolitlar hosil bo`lishi kuzatiladi. Ajralib chiqqan
energiya hasharotlar organizmi extiyoji uchun sarflanadi. Qabul qilingan kislorod bilan ajratilgan
korbanad angidrid nisbati doimiy bo`lmaydi. Korbanad angidridning asosiy qismi traxeyalar orqali
chiqarib yuborilsa, oz miqdorda gemolimfaga so`rilib, diffuziya yo`li bilan teri orqali ham chiqib
ketadi.
35
Do'stlaringiz bilan baham: |