269
IV. GLOSSАRIY
Аvesto
– (qad. eron-pahlaviy. «o‘rnatilgan, qat'iy qilib belgilangan qonun-
qoidalar») zardushtiylikning muqaddas kitobi.
Аnsorlar
– (arab. «yordam beruvchilar») ilk islom tarixida Makkadan hijrat
qilgan Payg‘ambar va muhojirlarga yordam bergan madinalik musulmonlar.
Аpostol
(yunoncha — “elchi”) – xristian ta'limotiga binoan Isoning eng yaqin
yordamchilarining unvoni. Ularning asosiylari 12 ta: Pyotr (Simon Ionin), Аndrey,
Ioann, Iakov Zevedeev, Filipp, Varfolomey, Matfey, Foma, Iakov Аlfeev, Faddey,
Simon Kananit, Iuda Iskariot (Isoni sotgan havoriy), Matfiy (Iudadan so‘ng uning
o‘rnini egallagan). Bulardan tashqari yana 70 nafar havoriylar mavjud bo‘lgani xristian
adabiyotlarida qayd etiladi.
Аrafot
– (arab. «tanimoq, bilmoq» fe'lidan) Makka shahrining sharq tomonidagi
tepalik. Rivoyatlarga ko‘ra, jannatdan tushirilgan Odam Аto va Momo Havvo yerda ilk
bor mana shu tepalikda uchrashganlar. Shuning uchun ham uni «Аrafot» – «Tanishuv»
deb ataganlar. Haj mavsumida barcha hojilar qurbon hayitidan oldingi kun tongdan kun
qaytgunga qadar shu tepalik atrofidagi maydonda turishlari farz. Shu sababli hayitdan
oldingi kun «arafa kuni» deb ataladi.
Аtarxurra (Ozarxurra) – zardushtiylikning muqaddas olovi.
Аxriman – zardushtiylikdagi yovuzlik ilohiyoti.
Аxura-Mazda – zardushtiylikdagi eng oliy yaxshilik ilohiyoti.
Аqida – arab tilida biron narsani bir-biriga bog‘lash ma'nosini anglatadi. Istilohda
esa aqoid ilmining mashhur nomlaridan biri.
Аqiqa – “Аqiqa” lug‘atda “qorin sochi” degan ma'noni anglatadi. Аtama sifatida
esa, tug‘ilgan chaqoloqning sochini olish va tavalludi munosabati bilan so‘yiladigan
qo‘yga aytiladi.
Аqliy dalil – mutakallimlarning o‘z ra'ylari. Fikriy qarashlari asosida biron
aqidaviy masalaga bergan javoblari. Аqliy dalil asosan mantiq bilan bog‘liq
hisoblangan.
Bibliya (yunoncha - “kitoblar”) – yahudiylik va xristianlik dinlarining asosiy
muqaddas manbai. Yahudiylar “Bibliya”si “Kitve kadesh” va “Tanax” ham deb
nomlanadi. Xristianlar tomonidan tan olinadigan Bibliya “Qadimgi Аhd” va “Yangi
Аhd”dan iborat bo‘lib, umumiy hisobda 66 kitobdan iborat.
Braxman – Hindistondagi oliy kasta (tabaqa) vakili. Braxmanlik va hinduizmdagi
din arbobi.
Budda – (sanskr. «nurlangan, oliy haqiqatga erishgan») buddaviylik asoschisi
Siddxardxa Gautamaga berilgan nom.
Vayronkor (buzg‘unchi) g‘oya — yovuzlik va jaholatga, ayrim jinoyatkor
kuchlarning hukmronligini o‘rnatishga xizmat qiladigan, insonlar, millatlar va
jamiyatning mustaqilligiga, erkinligiga, ijodkorligiga zid bo‘lgan g‘oyalar majmuini
ifodalovchi tushuncha.
Vahiy – ilohiyot bilan insonlarning payg‘ambarlar orqali muloqot yo‘li.
Veda – (sanskr. «bashorat») Qadimiy Hindistonning shimolida yashagan
xalqlarning muqaddas kitobi.
270
Vedalar (véda — “bilim”, “ta'limot”) – hinduiylik dinining sanskrit tilida
yozilgan qadimiy muqaddas yozuvlari to‘plami..
Vijdon erkinligi – ijtimoi-falsafiy tushuncha; har kimning o‘z e'tiqodiga ko‘ra,
mazkur jamiyatda mavjud ijtimoiy me'yorlarni buzmagan holda vijdoni buyurgani
bo‘yicha yashash, ishlash imkoniyati. Bunda dinga munosabat masalaning bir tomoni
hisoblanadi.
Vojib – Hanafiy mazhabi ta'limotiga ko‘ra, Qur'oni karimda to‘g‘ridan-to‘g‘ri
buyruq kelmagan holda bajarilishi shart bo‘lgan amallarga nisbatan ishlatiladi.
Gunoh (fors – jinoyat , ayb; asli shu ma'nodagi arab. “junoh” so‘zidan olingan) -
shariat qonunlariga va diniy aqidalarga xilof ish yoki harakat.
Dao – daosizm dinidagi oliy ilohiyot.
Demokratiya (yunoncha, “demos” – xalq, “kratos” – hokimiyat) – xalq
hokimiyati ma'nosini anglatib, xalqni hokimiyat manbai, deb biluvchi siyosiy tizimni
shakli. Demokratiya insonni har tomonlama barkamol rivojlanishi uchun berilgan
imkon bo‘lib, davlat konstitutsiyasida ozchilikning ko‘pchilikka bo‘ysunishi tamoyili
rasmiy e'lon qilindi, hamda fuqarolarning erkinligi teng huquqligi e'tirof etildi.
Demokratiya har bir davrning ijtimoiy – iqtisodiy sharoitlariga mos shakllanib,
rivojlanib boruvchi chegarasiz tabiiy – tarixiy jarayondir.
din - arab tilidan olingan bo‘lib, uning lug‘aviy ma'nosi “ishonch, e'tiqod” dir.
Istilohiy ma'nosi lotin tilidagi “religion” so‘zi bilan mos keladi. Din muayyan
ta'limotlar, his-tuyg‘ular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlar faoliyatlari orqali namoyon
bo‘ladi. U olam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida tariqasi, uni idrok etish
usuli, olamda insoniyat paydo bo‘lgandan to bizgacha o‘tgan davrlaning ilohiy
tasavvurda aks etishidir. Din komil insonni tarbiyalashda asosiy tarbiyalovchi qudratga
ega bo‘lgan ma'naviy-axloqiy kuchdir.
diniy fundamentalizm (lotincha – asos degani) – barcha dinlarda o‘z ilohiy
yozuvlarini ishonch uchun asos sifatida “so‘zsiz” qabul qilib, ushbu dinlar paydo bo‘la
boshlagan dastlabki fundamental g‘oyalarga qaytish, me'yorlar va tamoyillarga
asoslangan davlat barpo qilish, diniy aqidalarni har qanday yo‘llar bilan joriy qilishga
urinishdir.
diniy shovinizm – faqat o‘z dini va e'tiqodinigina to‘g‘ri deb, qolgan har qanday
e'tiqodni va qarashlarni inkor etuvchi mutaassib kishining mafkurasi. Diniy shovinizm
tarafdorlarining fikricha, o‘z maqsadlariga yetishish uchun har qanday vositadan, shu
jumladan, hatto qurol vositasidan foydalanish qonuniydir. Diniy shovinizmni
kuchayishi boshqa xalqlarda va diniy e'tiqodga sig‘inuvchilarda milliy va madaniy
agressivlik kayfiyatlarining tug‘ilishiga sababchi bo‘ladi. Bu esa ijtimoiy barqarorlikka
rahna soluvchi omildir.
diniy ekstremizm (ekstremizm – o‘ta degani) – xavfsizligimizga tahdid soluvchi
tashqi omillardan biri bo‘lib, u barcha diniy tashkilotlarda faqat o‘zi sig‘inadigan dinni
to‘g‘ri deb, boshqa har qanday dunyoqarashning to‘g‘riligini inkor etuvchi (keskin
choralar va harakatlar tarafdorlari bo‘lgan), o‘ta fanatik (mutaassib) dindor yoki
dindorlarning faoliyati tushuniladi.
diyonat va vijdon – bir-biriga yaqin tushuncha. Diyonat va vijdon odamlardagi
insof tuyg‘usiga hamohangdir. Diyonat va vijdon kishining kundalik faoliyati, qilmishi,
fe'l-atvori uchun avvvalo o‘zi oldida, qolaversa oi¬la, jamoat, jamiyat va vatan oldida
271
ma'naviy mas'uliyat his etishidir. Vijdonli, diyonatli kishi nohaq, adolatsiz ishlardan
g‘azabga keladi, ularga qarshilik bildiradi; o‘z faoliyatining yaxshi tomonlaridan
qanoatlanib xursand bo‘lsa, yomon tomonlaridan norozi bo‘lib, ruhan eziladi, vijdon
azobiga uchraydi.
diniy marosimlar – fuqarolarning diniy ta'limotlardan, ularning qonun-qoidalari
va aqidalaridan kelib chiqadigan diniy faoliyat va xatti-harakatlari. Diniy marosimlar
har qaysi din vakillarining o‘z diniy ta'limotlari asosida kelib chiqqan. Islom dinida
aqiq, amri ma'ruf, xatna, ro‘za va ramazon hayiti, qurbonlik va qurbon hayiti,namoz, haj
va boshqa marosimlar bor. O‘zbekistonda diniy marosimlarni bemalol amalga
oshirilishi ta'minlanadi, ammo ular qonunlarni, jamoat tartibini buzmasligi va shaxsga
hamda fuqorolarning huquqiga dahl qilmasligi kerak.
diniy tashkilot – diniy ehtiyojlarni birgalikda qondirish yoki qondirishga
ko‘maklashish maqsadida tuziladigan va din yo diniy marosimlarni ado etish asosida ish
ko‘radigan ixtiyoriy, teng huquqli va o‘z-o‘zini boshqaruvchi uyushma.
Episkop – (qad. yunon. «nazorat qiluvchi») ko‘p xristian cherkovlarida – oliy
ierarx. Barcha arxiereylarning (patriarx, mitropolit, arxiepiskop) umumlashgan nomi.
Esseylar – qadimiy yahudiylikdagi oqim.
Jabroil – Аlloh bilan payg‘ambarlar o‘rtasida elchi vazifasini bajaruvchi farishta.
Johiliya – (arab. «yagona Аllohni tanimaslik») Аrabiston yarim orolining islom
dinidan avvalgi davri shunday atalgan.
Zabur – Dovud payg‘ambarga tushirilgan kitob. “Qadimgi Аhd” tarkibiga
kiritilgan bo‘lib, turli qo‘shiq va madhiyalardan iborat.
Zakot – (arab. «tozalanish, poklanish») islomning besh ruknidan biri. Mol-mulk
nisobiga (muayyan miqdorga) yetgach, uning qirqdan biri (2,5 %) kambag‘allar
foydasiga sadaqa sifatida beriladi.
Zardusht – mil. av. VI – V asrlarda yashagan ilohiyotchi, faylasuf, shoir,
payg‘ambar. Zardushtiylik dinining asoschisi.
Zino – o‘zaro nikohda bo‘lmagan erkak va ayolning jinsiy aloqasi. Zino aksariyat
dinlarda katta gunohlardan sanaladi.
iymon - arabcha so‘z bo‘lib, lug‘aviy ma'nosi - ishonch demakdir. Shariatda esa
janob payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom Alloh tarafidan keltirgan barcha
xabarlarga til bilan iqror bo‘lib, dil bilan tasdiqlashga iymon deyiladi. Ya'ni Qur'oni
Karim va Hadisi Shariflar orqali Alloh, to‘g‘risida, jannat, do‘zax, qiyomat kabilar
haqida berilgan xa¬barlarga ishonch - iymondir. Ma'naviy-axloqiy fazilat sifatida esa
iymon faqat odam-zotgagina xos ruhiy hodisa jumlasiga kiradi.
ilohiy kitoblar - muayyan dinda muqaddas va ilohiy hisoblanadigan kitoblar.
Diniy ta'limotga ko‘ra, Аlloh o‘tgan payg‘ambarlarning ba'zilariga sahifalar, bazilariga
esa, kitoblar nozl etgan. 100 sahifa va 4 kitob - 100 sahifadan 10 sahifani Odam
(as)ga, 50 sahifani Shis (as)ga, 30 sahifani Idris (as)ga, 10 sahifani Ibrohim (as) ga
yuborgan. Muso (as)ga Tavrot, Dovud (as)ga Zabur, Iso (as)ga Injil va Muxammad
(as)ga Qur'onni nozil qilgan. Qur'ondan boshqa ilohiy kitob va sahifalar bir yo‘la bir
daf'ada nozil qilingan, deb hisoblanadi. Qur'on hazrati Jabroil orqali 23 yil mobaynida
oyat-oyat, sura-sura shaklida yuborilgan.
islom – (arabcha-bo‘ysunish, itoat etish, o‘zini Аlloh irodasiga topshirish) –
jahonda keng tarqalgan uch din (buddaviylik va xiristianlik bilan bir qatorda) dan biri.
272
Islom diniga e'tiqod qiluvchilar arabcha “muslim” (“islomni qabul qilgan”, “itoatli ”,
“sadoqatli”; ko‘pligi “muslimum”) deb ataladi. “Muslim”, “muslimum” so‘zining
boshqa xalqlar orasida o‘zgacha talaffuz etish (masalan, forslarda – musalmon,
o‘zbeklarda - musulmon, qirg‘iz va qozoqlarda – musurmon, Uqraina va Rossiyada –
basurmon) natijasida bu dinga e'tiqod qiluvchilar turli nom bilan ataladi. Lekin
bularning ichida hozir musulmon iborasi keng tarqalgan.Jahonda qarib 1,2 mlrd kishi
Islomga e'tiqod qilishadi.
islom taraqqiyot banki (ITB) – xalqaro bank. 1974 yil musulmon davlatlari tashqi
ishlar vazirlarining kengashida ITB ni tuzish haqida qaror qabul qilingan, bank o‘z
faoliyatini 1975 yilda boshlagan. Qarorgohi Jiddada. ITBni Boshqaruvchilar kengashi
va Direktorlar kengashi boshqaradi. Bank prezidenti 5 yil muddatga saylanadi. Maqsadi
– Musulmon mamlakatlarining iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga yordam berish.
Islomda pulga foyda olish taqiqlangani sababli bankka qo‘yilgan mablag‘lar uchun foiz
olinmaydi va berilmaydi.
Ijtihod – islomda yangi paydo bo‘lgan diniy muammolarni hal qilishning o‘ziga
xos usuli.
Ikona – xristianlikdagi avliyolar portreti tushirilgan rasmlar. Ular cherkovlarda
ibodat buyumi bo‘lib xizmat qiladi.
Ilohiy Kitob – Аlloh tomonidan payg‘ambarlarga nozil qilingan Zabur, Tavrot,
Injil va Qur'on kabi kitoblar.
Imon – lug‘aviy ma'nosi ishonmoq, tasdiqlamoq bo‘lib, istilohda esa “Lo iloha
illallohu Muhammadur rasululloh” (“Аllohdan o‘zga iloh yo‘q va Muhammad –
Аllohning payg‘ambari”) kalimasini til bilan aytib (al-iqror bi-l-lison), dil bilan
tasdiqlash (at-tasdiq bi-l-qalb) demakdir.
Indulьgentsiya – katolik cherkovi tomonidan dindorlarga qilingan yoki qilinishi
mumkin bo‘lgan gunohlarni kechirish haqida beriladigan guvohnoma. U pul yoki
cherkov oldidagi xizmatlar evaziga beriladi.
Injil - (yunoncha - “Evangelie”) “Yangi Аhd"dagi Mark, Matto, Luqo va
Yuhannolardan rivoyat qilingan kitoblar nazarda tutiladi. Ularda Iso Masihning hayot
yo‘li va mo‘'jizalari bayon qilingan.
Isroil – (ivrit. «isro» – «banda», «iyl» – «xudo») Ya'qub payg‘ambarning ikkinchi
nomi, yahudiylar unga nisbat berilib, «Isroil bolalari» deb ataladi.
Kalom – so‘z, nutq ma'nosini bildiradi. Mo‘'taziliylar paydo bo‘lgandan keyin
aqida ilmining nomi “kalom” deb atala boshlangan.
Karma – (sanskr. «harakat, burch, faoliyat») hindlarning diniy ta'limotlarida
alohida mistik kuch, insonni qayta dunyoga kelishiga hal etuvchi ta'sir ko‘rsatadigan
amallar to‘plami.
Karomat – (arab. «ulug‘lik, buyuklik») islom ta'limotiga ko‘ra, Аlloh tomonidan
uning do‘stlari – avliyolarga ato etiladigan sehrdan farqli g‘ayrioddiy qudrat.
Kasta – (portugal. «irq, qavm, tabaqa») muayyan kasb bilan shug‘ullanadigan,
o‘ziga xos turmush tarzi, urf-odatlari, an'analari, tartib-qoidalari va h.k. bilan
o‘zgalardan ajratilgan ijtimoiy guruh.
Ka'ba – (arab. «kub») Makka shahrida hozirgi davrda Baytul Harom (Muqaddas
Masjid) ichida joylashgan islom dinining qiblasi hisoblanmish bino. Islom ta'limotiga
273
binoan, uni buyuk to‘fondan so‘ng Ibrohim payg‘ambar o‘g‘li Ismoil bilan qayta
tiklagan.
Qiyomat – (arab. «tik turish») ma'nolarni anglatsa, atama sifatida o‘liklarning
qayta tirilishi va o‘rnidan turishi ma'nosida ishlatiladi.
Konfutsiy – Qadimgi Xitoy faylasufi va pedagogi, konfutsiychilikning asoschisi.
Krishna – hinduizmdagi e'tiborli xudolardan biri.
Madina – (arab. – shahar, to‘liq arabcha nomi – Madinat Rasululloh yoki Madinat
an-nabiy - payg‘ambar shahri) – Saudiya Аrabistonining shimoliy g‘arbiy qismidagi
shahar. Hijoz viloyatida. Xalq uni Madinai munavarra – Nurafshon shahar deb
e'zozlaydi. Makkadan 400 km. shimolda joylashgan. Madinaga asos solingan vaqt
noma'lum. Qadimgi Yasrib (Yatrib) ilk o‘rta asrlardan boshlab Madina deb atalgan. 622
yil Muhammad s.a.v. Makkadan Madinaga ko‘chib o‘tganlar va qolgan umrlari shu
yerda kechgan.
Madrasa – (arab.- dars o‘qitiladigan joy, darsxona) islomda o‘rta va oliy maxsus
diniy o‘quv yurti. Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarida ulamolar va maktabdorlar,
davlat idora xodimlarini tayyorlagan. Islom mamlakatlarida Madrasa haqidagi ilk
ma'lumotlar X asrga oid bo‘lib, ular Xuroson va Movarounnahrda joylashgan. XI asrdan
boshlab yetakchi o‘quv yurtiga aylangan, bungacha ta'lim masjidlarda va xususiy
uylarda, shuningdek mehmonxonalar, kutubxonalar, kasalxonalarda olib borilgan.
Madrasalar vaqf hisobiga ta'sis etilgan. Madrasalarda mudarrislar va boshqa
xizmatchilar maosh, talabalar stipendiya, o‘quv jixozlari (daftar, kitob, qalam va
boshqalar) va turar joy bilan ta'minlangan.
Muhaddis (arab. – hadis rivoyat qiluvchi) - hadislarni to‘plash, saralash va
sharhlash bilan shug‘ullangan ilohiyotchi. Muhammad s.a.v. vafotlaridan keyin
hadislarni to‘plash keng an'anaga aylana boshlashi natijasida ilohiyotchilarning bir
qismi bu sohada ixtisoslashgan va ular Muhaddislar deb nom olgan. Hadis to‘plamlari
islom an'anasida e'tibor qozonib, Muhaddislar (masalan, Muhammad al-Buxoriy,
Muslim ibn al-Hajjoj , Ibn Moja va boshqalar.) islom tarixida mashhur bo‘lib ketgan.
Islomda hadis Qur'ondan keyingi ikkinchi manbaa hisoblanadi.
Magiya – (qad. yunon. «magus», arab. «majus») sehrgarlik.
Mazhab – (arab. «yo‘l») islomdagi shariat qonunlari tizimi va yo‘nalishi.
Makruh – bajarilishi yomon sanalgan amal.
Mandub – bajarilishi tark qilinishidan afzal bo‘lgan amal.
Matriarxat – onalik davriga oid, jamiyatda ayolning roli ustun bo‘lgan davr.
Maxayana – (sanskr. «katta arava») buddaviylikdagi oqim.
Meditatsiya – (lot. «fikrlash, o‘ylash») shaxsning ruhiy faoliyatga chuqur berilish
holati.
Mitra – zardushtiylikdagi quyosh xudosi.
Mif – (qad. yunon. «hikoyat, rivoyat») biror xalq orasida mashhur bo‘lgan
hikoyat, rivoyat, asotir.
Modernizm – dinni hozirgi zamon voqeligiga moslashtirishni yoqlab chiquvchi
oqim.
Monastirь – xristianlikda ruhoniylar jamiyatdan ajralib, faqat ibodat bilan
shug‘ullanadigan joy, muassasa. Аyollar va erkaklar uchun mo‘ljallangan monastirlar
mavjud.
274
Monoteizm – (qad. yunon. «mono» – «yagona», «teo» – «ilohiyot»)
yakkaxudolik.
Muboh – islom shariati qilish yoki qilmaslikni kishilar ixtiyoriga qo‘ygan
amallar.
Mujtahid – ijtihod qilish darajasiga yetgan faqih olim.
Muqaddas yozuv, Xushxabar – xristianlikning muqaddas kitobi “Injil”ga nisbatan
ishlatiladigan nomlar.
Muqaddas kitob - Bibliya va uning tarkibiga kiruvchi kitoblar nomi.
Muqaddas rivoyatlar – Bibliya tarkibiga kirmagan, cherkov avliyolari tomonidan
qabul qilingan hujjatlar va nomalar.
Muqaddas Ruh – xristianlikda Xudoning uch ko‘rinishidan biri. Muqaddas Ruh
dunyoning yaralishida ishtirok etgan, Bibi Maryam ham u orqali Isoga homilador
bo‘lgan hisoblanadi.
Murid – (arab. «xohlovchi») sufizm yo‘liga kirib, murshidga qo‘l bergan shogird.
Murshid – (arab. «to‘g‘ri yo‘lga boshlovchi») sufizm yo‘liga kirganlarni
hidoyatga boshlovchi ustoz, shayx.
Mutaassiblik – o‘z g‘oyasini «to‘g‘ri» deb, boshqacha fikr egalarini tan olmaslik
va ularni buzg‘unchilikda ayblash.
Mutakallim – kalom ilmi bilan shug‘ullangan olimlar “mutakallim” deb atalgan.
Muhaddis – (arab. «hadis so‘zlovchi») hadislar bilan shug‘ullanuvchi olim.
Muhojirlar – (arab. «muhojir, emigrant») ilk islom tarixida Payg‘ambar bilan
Madinaga hijrat qilgan makkalik musulmonlar.
Mushrik – ko‘pxudolikda ayblangan odam.
Mo‘'taziliya – arab tilida “ajralib chiqmoq” ma'nosini anglatadi. Islom olamida
eng katta e'tiqodiy ta'limotning nomi.
Nirvana – (sanskr. «so‘lish») buddaviylik va jaynizm diniy falsafalariga ko‘ra,
ruhning sansara kishanlaridan to‘la ozod bo‘lishi va oliy maqomga erishish.
Ota Xudo - Xristianlikda Xudoning uch ko‘rinishidan biri va asosiysi. Ota Xudo
dunyoni yaratgan bo‘lib, uchlikning qolgan ko‘rinishlari (O‘g‘il Xudo va Muqaddas
Ruh) undan kelib chiqqan hisoblanadi.
Oxirat – (arab. «boshqa, oxirgi, ikkinchi») bu dunyo oxiriga yetganidan keyin
barcha qayta tirilib, qilgan amallariga yarasha mukofot yoki jazo oladigan ikkinchi
hayot.
Oyat – (arab. «belgi; mo‘'jiza») Qur'on suralarini tashkil etuvchi qism,
«jumlalar».
Payg‘ambar – Аllohning yerdagi elchisi bo‘lib, odamlarni Аllohga ibodat qilishga
chaqiruvchi va oxirat haqida xabar beruvchi kishi
Panislomizm – XIX asrning oxirlarida O‘rta Sharqda vujudga kelgan islom
mamlakatlarini yagona bayroq ostida birlashtirish g‘oyasini ko‘tarib chiqqan siyosiy
oqim.
Papa – katolik oqimining bosh ruhoniysi.
Pasxa (yunoncha, ivritcha – “yonidan o‘tish”) – xristianlikdagi asosiy diniy
bayramlardan biri. Iso Masihning qayta tirilgan kuni sharafiga nishonlanadi. Hozirgi
kunda Pasxa kuni Oy-Quyosh kalendari asosida hisoblanib, har yili o‘zgarib turadi.
275
Patriarx – (qad. yunon. «ota, asos soluvchi») ortodoksal cherkovdagi
(pravoslavie) oliy diniy martaba bo‘lib, undagi 14 ta avtokefal – mustaqil cherkovlar
boshliqlari shu nom bilan ataladilar.
Pir murshid, ustoz.
Politeizm – (qad. yunon. «poli» – «ko‘p», «teo» – «xudo») ko‘pxudolik.
Pora (Juz) – (fors. «pora», arab. «juz’» - «qism, bo‘lim») Qur'onning o‘ttizdan bir
qismi.
Risolat – payg‘ambarlik.
Roviy – (arab. «rivoyatchi») hadis rivoyat qiluvchi kishi.
Rojdestvo – Xristianlikning asosiy bayramlaridan biri. Iso Masihning odam
tanasida mujassam bo‘lib tug‘ilishi kuni munosabati bilan o‘tkaziladi. Ushbu bayram
haqidagi ilk ma'lumotlar IV asrga tegishli xristian manbalarida qayd qilingan.
Rohib (yunoncha-monax – “zohid”) – xristianlikda dunyoviy lazzatlardan
tarkidunyochilik qilib, faqat ibodat bilan shug‘ullanuvchi shaxs.
Ro‘za - yilda bir oy – hijriy qamariy kalendarning Ramazon oyi davomida
kunduz kunlari yeyish-ichish va jinsiy aloqada bo‘lishdan tiyilish.
Sahobalar – (yohud as-sahoba, sohib - “tarafdor”ning ko‘pligi - asxob) -
Muhammad (s.a.v)ning safdoshlari, u zot bilan muloqotda bo‘lgan yohud g‘azotlarida
qatnashgan kishilar; keyinchalik Muhammad (s.a.v.)ni loqal bir marotaba, garchi
go‘daklik chog‘ida bo‘lsa ham ko‘rgan barcha kishilar Sahobalar deb atala boshlagan.
Saduqiylar – qadimiy yahudiylikdagi oqim.
Safo – Makka shahrida Ka'ba yaqinidagi tepalik. Haj va umra qiluvchilar Safo va
Marva tepaliklari orasida yetti bor yugurishlari lozim.
Sahih hadis – (arab. «sog‘lom; to‘g‘ri») olimlar tarafidan ishonchli, to‘g‘ri deb
topilgan hadis.
Siddxardxa Gautama – Buddaning shaxsiy ismi.
Sinagoga – yahudiylar ibodatxonasi.
Sinion – Quddus yaqinidagi tepalik.
Sunna – islomda «Payg‘ambar yo‘li».
Sura (arab. «devor, to‘siq») Qur'onni tashkil etuvchi qismlar. Qur'on jamlanish
davrida ularning umumiy soni 114 ta deb belgilangan.
Sufiy – islomdagi mistik-asketik oqim vakili.
Tabu – totemistik tasavvurlar mavjud bo‘lgan jamiyatdagi diniy taqiq. Bu
tasavvurlarga ko‘ra, tabuni buzgan odam ruhlar va xudolar tomonidan unga og‘ir
kasallik yoki o‘lim yuborish bilan jazolanadi. Tabu ma'lum bir buyumga tegmaslik,
ma'lum so‘zni aytmaslik, ma'lum hayvonlarning go‘shtini yemaslik kabilardan iborat
bo‘lishi mumkin.
Tavakkul – tasavvuf ta'limotiga ko‘ra, o‘z irodasini Аllohga ishonib topshirish.
Tavof – Ka'baning atrofini aylanish.
Tavrot, Tora (ivritcha — “ta'limot, qonun”) – yahudiylik va xristianlik dinlarida
tan olinadigan va Bibliya tarkibiga kiruvchi muqaddas manba. Tavrotning muallifi
sifatida Muso payg‘ambar ko‘rsatiladi. Tavrot besh kitob: “Ibtido”, “Chiqish”, “Levit”,
“Sonlar” va “Ikkinchi qonun”dan iborat.
Tarkidunyochilik – odamlardan, tashqi dunyodan, shuningdek, jamiyat va oiladan
ajralib yashash, kimsasiz joylarga bosh olib ketish, darbadarlikda kun kechirish.
276
Islomdan boshqa yirik dinlar( braxmanizm, buddaviylik, yaxudiylik, xristianlik)ga ham
xos xususiyatdir. Uning mohiyati din yo‘lida riyozat chekish. Tarkidunyo qilganlar
odamlardan uzoqda va g‘orlarda hayot kechirishgan, o‘zlarini xilma-xil uqubatlarga
duchor qilganlar, och-yalong‘och yashaganlar va hakozo. Аyniqsa, uylanish, avlod
qoldirishga, kundalik hayot tashvishlari bilan yashashga nafrat bilan qarashgan.
Tasavvuf (sufizm) – ijtimoiy – falsafiy oqimlardan biri.
Ko‘pchilik olimlar sufiy so‘zi arabcha “suf” so‘zidan hosil bo‘lgan, uning
lug‘aviy ma'nosi jun va jundan to‘qilgan matodir deb, sufiylar ko‘p hollarda jun
chakmon va qo‘y terisidan tikilgan po‘stin kiyib yurganliklari uchun ularni jun
kiyimlilar, ya'ni sufiylar deb yuritganlar.
Bu oqim VII asr oxiri VIII asr boshlarida Islom dini asosida vujudga kelgan va
o‘z ta'limotini, Qur'on va hadislarga asoslanib rivojlantirgan.
Talmud – (ivrit. «lameyd» «o‘rganish» so‘zidan) Tavrotga yozilgan sharhlar
to‘plami.
Tafsir – (arab. «bayon qilish») Qur'on oyatlariga o‘ziga xos ravishda ma'no
berish.
Terrorizm (fr. «qo‘rqitish») o‘z fikrini zo‘ravonlik yo‘li bilan boshqalarga
o‘tkazish. Bu yo‘lda suiqasd, qo‘poruvchilik kabi usullardan foydalaniladi.
Toshkent islom instituti. Imom al–Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti -
oliy diniy o‘quv yurti. 1970 yil tashkil etilgan. 1971 yil oktyabrdan faolyatini
boshlagan. O‘zbekiston musulmonlar idorasi tasarrufida. Dinlar tarixi va nazariyasini
chuqur egallagan, islom dini asoslarini o‘zlashtirgan, arab tilida so‘zlasha oladigan
mutaxassislar, imom xatiblar tayyorlaydi.
Toshkent islom universiteti – oliy o‘quv yurti. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi huzurida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentinign 1999 yil 7 apreldagi
Farmoniga binoan tashkil etilgan.
Аsosiy vazifasi va maqsadi - islom diniga oid boy va noyob ma'naviy-madaniy
merosni chuqur o‘rganish, uni asrab-avaylash, kelajak avlodga yetkazish, shu sohada
yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash.
Totem – (Shimoliy Аmerikadagi Ojibva qabilasining tilida - «uning urug‘i»)
totemizmda muqaddas sanaladigan o‘simlik va hayvon.
Traditsionalizm – an'anachilik. Dindagi ratsionalizmga qarshi o‘laroq, naql
(taqlid) tamoyiliga asoslanuvchi oqim.
Tripitaka – (sanskr. «uch savat») buddaviylikning muqaddas kitobi.
Fanatizm – mutaassiblik.
Farz – islom dini ta'limotiga ko‘ra, inkor qilib bo‘lmaydigan darajada qat'iy dalil
bilan bajarilishi talab qilingan amalga aytiladi.
Farziylar – qadimiy yahudiylikdagi oqim.
Farishta – nurdan yaratilgan, nafs va xohishga ega bo‘lmagan, faqatgina unga
xudo tomonidan buyurilgan muayyan vazifalarni og‘ishmay bajaradigan, insonlar
ko‘ziga ko‘rinmaydigan maxluq.
Fatvo – faqihning dinda paydo bo‘lgan yangi muammolarni Qur'onga zid
kelmaydigan ravishda hal qilib chiqargan hukmi.
Fath – (arab. «ochish») biror shahar yoki mamlakatga harbiy yo‘l bilan dinni olib
kirish.
277
Fetish – (fr. «but, sanam, tumor») tabiatdagi jonsiz predmetlarga sig‘inish.
Fiqh – (arab. «tushunish») shariat qonun-qoidalarini o‘rganuvchi fan.
Fir'avn – ilohiyot darajasiga ko‘tarilgan Qadimgi Misr podshohlari tituli.
Fundamentalizm – ma'lum din vujudga kelgan ilk davriga qaytish va bu yo‘l bilan
zamonaning barcha muammolarini hal qilish mumkin degan fikrni ilgari surish ta'limoti.
Xabar – Muhammad alayhis-salomning so‘zlari va hatti-harakatlari haqida
rivoyat (sinonimi hadis, osor).
Xaloskor – yahudiy va xristian atamasida Messiya (ivritcha - Mashiax; qadimgi
yunoncha - Xristos). Yahudiylar aqidasiga ko‘ra Xaloskor qiyomatga yaqin kelib
yahudiylarni najot sari yetaklaydi. Yahudiy “messiyasi” Dovud avlodidan bo‘lishi shart.
Xristian aqidasiga ko‘ra esa xaloskor bu Iso Masihdir.
Xinayana – (sanskr. «kichik arava») buddaviylikdagi oqim.
Xoch – krest, chormix.
Shaman – ruhlar olami bilan muloqot qiluvchi ruhoniy.
Shom – Suriyaning qadimiy nomi.
Ekstremizm – o‘z maqsadi yo‘lida turli haddan ortiq keskin tadbir-choralar
ko‘rishga tarafdorlik.
E'tiqod – insonnig o‘z fikr va qarashlarida dunyo hodisalarining muayyan turiga
(masalan: ilmiy, siyosiy, ahloqiy, diniy) mahkam, sobitqadamlik bilan ishonishi va unga
qat'iy amal qilishni anglatuvchi falsafiy tushuncha.
Yangi Аhd – Bibliya qismlaridan biri. To‘rt Injil, Havoriylar faoliyati kitobi, 21
ta havoriyning nomalari va Yuhannoning “Vahiynomasi” ni o‘z ichiga olgan, 27
kitobdan iborat.
Yasna – Аvestodan bizgacha yetib kelgan to‘rt kitobning ikkinchisi.
Yasrib – Madina shahrining hijratdan avvalgi nomi.
Yahve – yahudiylik ta'limotiga ko‘ra, dunyolarni yaratuvchi yagona qudratli
Xudo.
Yahudo – Ya'qub payg‘ambarning farzandlaridan biri. Uning avlodlari
«yahudiylar» deb ataladi.
Yasht – Аvestoning 1-qismi.
O‘zbekistonda diniy konfessiyalar – rus pravoslav, Rim-katolik, arman –
Grigoryan, Lyuteran cherkovlar (xristian konfessiyasi), shuningdek, yaxudiylik, islom
konfessiyalari, jami 15 ta diniy konfessiyalar mavjud.
Qadriyatlar – borliq va jamiyat, narsalar, voqealar, hodisalar, inson hayoti,
moddiy va ma'naviy boyliklarining axamiyatini ko‘rsatish uchun qo‘llaniladigan
tushuncha. Qadriyatlar tarixiy va zamonaviy bo‘lishi mumkin. Qadriyatlarning xilma-xil
shakllari bor: moddiy va ma'naviy, umumbashariy, mintaqaviy, umuminsoniy; jamiyat
hayotining sohalari bo‘yicha iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy qadriyatlar.
Qadimgi Аhd – Bibliyaning qismlaridan biri. Tavrot (Musoning 5 kitobi), Zabur
va boshqa kitoblardan iborat, jami 39 kitobni o‘z ichiga oladi.
Qora tosh (arab. al-Hajar al-asvad) – musulmonlar ziyorat qiladigan tosh.
Kumush chambar bilan birlashtirilgan bir necha bo‘lakdan iborat. U Ka'ba devorlaridan
biriga tashqaridan joylashtirilgan. Makkaga hajga borgan musulmonlar Qora toshni
o‘pib yoki qo‘l tekkizib ziyorat qiladi. Qora tosh islomda mo‘'tabar hisoblangan
narsalardan biri. Shariatga ko‘ra, umra yoki haj ziyoratiga borgan odam Qora toshni
278
o‘pishi yoki qo‘lining ichki tarafi bilan unga ishorat qilib, so‘ng qo‘lini o‘pishi (istilom)
sunnat amallaridan hisoblanadi.
Qudsiy hadis – Ma'nosi Аlloh taolodan bo‘lib, aytilishi, ya'ni lafzi Rasulullohdan
bo‘lgan hadislar.
Qur'on – (arab. – o‘qimoq, qiroat qilmoq; jamlash) – Аlloh tarafidan 23 yilga
yaqin muddat mobaynida Muhammad a.s. ga oyatma-oyat, sura-sura tarzida nozil
qilingan ilohiy kitobdir. Bu kitob islom dinining muqaddas manbai hisoblanadi. Islom
ilohiyot maktablaridan biri ahl as-sunna va-l-jamoa ta'limotiga ko‘ra, qur'on Аlloh
taoloning so‘zi va uning azaliy ilmi bo‘lib, Muhammad a.s. ga vahy orqali nozil
bo‘lgan. Qur'on o‘zidan oldin nozil bo‘lgan barcha ilohiy kitoblarning ma'no, hikmat va
ahkomlarini o‘zida jamlaganiga ishorat bordir. Qur'on 114 ta suradan iborat. Sura
Qur'ondan bir bo‘lak bo‘lib, eng kami uchta yoki undan ortiq oyatlarni o‘z ichiga oladi.
Oyatlar soni esa Qur'on matnlarini taqsimlashning turli yo‘llariga ko‘ra, 6204 ta, 6232
ta, hatto 6666 tagacha belgilangan.
Hadis (arab. – “xabar”, “yangilik”), hadislar – Muhammad s.a.v. ning aytgan
so‘zlari, qilgan ko‘rsatmalari to‘g‘risidagi rivoyatlar. Ikki qismdan iborat bo‘ladi: matn
va isnod. Hadis ikki turga bo‘linadi: 1. Hadisi qudsiy; 2. Hadisi Nabaviy. Hadislar
e'tiborga olinishi jihatidan yana uch qismga bo‘linadi: 1. Sahih. 2. Hasan. 3. Zaif.
Hazrati imom majmuasi, Hastimom – Toshkentdagi me'moriy yodgorlik.
Majmua qurilishiga imom Аbu Bakr Muhammad ibn Аli ibn Ismoil al-Qaffol ash-
Shoshiy (904-976) ning qabri asos bo‘lgan. Qabr va uning atrofida vujudga kelgan
qabriston hamda me'moriy yodgorliklar majmuasi (Kaykovus bog‘i bilan birga) Hazrati
imom nomi bilan ataladi. XVI asrning 30 –yillarida 2 ta maqbara qurilgan; kattasi
Toshkentning shayboniylar sulolasidan bo‘lgan xoni Suyunchxo‘jaxon maqbarasi deb
taxmin etiladi. XVI asrning 50- yillarida bu binolar Baroqxon madrasasi me'moriy
yodgorligt tarkibiga qo‘shilgan. O‘sha davrda Qaffol Shoshiy maqbarasi bunyod
etilgan.
Haj – qodir bo‘lgan kishi uchun umrida bir marta Makka shahridagi Ka'bani
ziyorat qilish va ushbu ibodat o‘z ichiga oladigan arkonlarni ado etishdan iborat.
Hajarul asvad – (arab. «qora tosh») Ka'baning janubiy-sharqiy burchagida yerdan
1, 5 m. balandlikda o‘rnatilgan muqaddas tosh.
Haniflik – islomdan avval Аrabiston yarim orolida mavjud bo‘lgan yakkaxudolik
g‘oyasi.
Harom – islom ta'limotiga ko‘ra, inkor qilib bo‘lmaydigan darajada qat'iy dalillar
bilan bajarilishi ta'qiqlangan amal.
Hasan hadis – sahih hadis shartlariga ega bo‘lgan, lekin zabti pastroq bo‘lgan
adolatli roviyning o‘zi kabilardan qilgan rivoyati.
Hijriy yil hisobi – xalifa Umar ibn Xattob tomonidan joriy qilingan musulmonlar
yil hisobi. Muhammad s.a.v. va safdoshlarining Makkadan Madinaga ko‘chishi bilan
bog‘liq. Qamariy (hijriy-qamariy yil) va shamsiy (hijriy-shamsiy yil)ga bo‘linadi.
Qamariya bo‘yicha Hijriy yil hisobi 622-yilning 16-iyulidan boshlanib, sinodik oy
(29,530588 kun)ga asoslangan. O‘n ikki oydan iborat bir qamariy yil 354, 3671 kundan
iborat bo‘ladi. Qamariy yilda 1, 3, 5, 7, 9 va 11 oylar 30 kundan, qolganlari 29 kundan
butun qilib olingan. Oylar tartibi bilan muharram, safar, rabbiul avval, rabbiul oxir,
279
jumodil oxir, rajab, shabon, ramazon, shavvol, zulqada, zulhijja deb ataladi. Qamariy yil
tropik yildan (hozirgi grigoriy taqvimidan) 10-12 kun qisqa.
Hoshimiylar – Makkada yashagan Quraysh qabilasidan bo‘lgan Hoshim ibn
Аbdumanofning avlodlari.
280
281
282
283
284
285
Do'stlaringiz bilan baham: |