O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘lim
jazosini bekor qilish to‘grisida»gi Farmoni (2005-yil,
avgust)ga muvofiq o‘lim jazosi 2008-yil 1-yanvardan
e’tiboran bekor qilinishi belgilandi.
Shunday qilib, har qanday demokratik va adolatli
davlatda, jumladan O‘zbekiston Respublikasida ham
insonlarning yashash huquqi kafolatlangan tabiiy va
muqaddas huquq bo‘lib, unga nisbatan har qanday
tajovuz eng og‘ir jinoyat hisoblanadi.
Insonga qarshi jinoyatlar deb, O‘zbekiston Res
-
publikasi Jinoyat kodeksi bilan taqiqlangan,
ijtimoiy
xavfli qilmishlar (harakat yoki harakatsizlik), ya’ni
inson hayotiga, sog‘lig‘iga, shaxsning ozodligi, sha’ni,
qadr-qimmatiga, fuqarolarning Konstitutsiya
viy
huquq va erkinliklariga qarshi qaratilgan jinoyatlarga
aytiladi.
Shaxsga qarshi jinoyatlar Jinoyat Kodeksi bo‘yicha
quyidagi turlarga ajratilgan:
— hayotga qarshi jinoyatlar;
— sog‘liqqa qarshi jinoyatlar;
— hayot yoki sog‘liq uchun xavfli jinoyatlar;
— nomusga
qarshi qaratilgan jinoyatlar;
— oilaga, yoshlarga va axloqqa qarshi jinoyatlar;
— shaxsning ozodligi, sha’ni va qadr-qimmatiga
qarshi jinoyatlar;
— fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkin-
liklariga qarshi jinoyatlar.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26-
moddasida: «Hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravon-
likka, shafqatsizlik yoki inson qadr-qimmatini kamsi-
tuvchi boshqa tarzdagi
tazyiqqa duchor etilishi
mumkin emas. Hech kimda uning roziligisiz tibbiy
yoki ilmiy tajribalar o‘tkazilishi mumkin emas»ligi
mustahkamlab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi hamda O‘z
bekiston Respublikasi
Jinoyat Kodeksining eng muhim va
zifalaridan biri
fuqarolarning sog‘lig‘i va jismoniy daxlsizli
gini jino
-
60
yatkorona tajovuzlardan muhofaza qilishdir. O‘zbe
-
kiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 101—111-
moddalarida sog‘liqqa qarshi jinoyatlar va ularga
qarshi jazo belgilab qo‘yilgan.
Har qanday kishining hayoti qonunchilik bilan
himoya qilinadi va qo‘riqlanadi.
Shaxs huquq va
erkinliklarini turli tajovuz soladigan xavfdan himoya
qilish davlat organlari tizimlari tomonidan amalga
oshirilmoqda. Jamiyatda jino yatchilikning kuchayishi-
ga yo‘l qo‘ymaslik shu jamiyat a’zolarining inson haq-
huquqlarini poymol etuvchi illatlarga birgalikda
kurash olib borishiga bog‘liqdir. Shu bilan bir qatorda
fuqarolar ham o‘z huquqlariga qarshi qaratilgan xavf-
dan o‘zini himoya qila olishi kerak.
Inson huquq va
erkinliklariga raxna soladigan jinoyatlarga qarshi
kurashda va jinoyatlarning oldini olishda har birimiz
faol ishtirok etishimiz lozim.
Har bir fuqaro o‘zining
bu zilgan huquqlarini sud
or qali himoya qilish huqu
-
qiga ega. Fuqarolarning bu
huquqini ta’minlash uchun davlat sud hokimiyati
tizimini tashkil etadi. O‘zbekiston Respub
likasi
fuqarolari o‘z huquqlarini
har qanday tajovuz
lardan
himoya qilish uchun sudga murojaat qilish huquqi-
ni amalga oshirishning barcha huquqiy shart-
sharoitlari yaratilgan.
Fuqarolarni sud tomonidan himoyalanish huqu
-
qining mazmuni 1995-yil 30-avgustda qabul qilingan
O‘zbekiston Respublikasining «Fuqaro
lar ning huquq
va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar
ustidan sudga shikoyat qilish to‘g‘risida»gi Qonunida
bayon etilgan. Ushbu Qonun O‘zbekiston Respub
-
likasi
fuqarolarinigina emas, balki chet el fuqarolari va
fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning ham O‘zbekiston
Respublikasi sud organlariga murojaat qilish huquqini
kafolatlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: