O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin,
o‘zining davlat tuzilishi, faoliyati va hayotini umum -
insoniy qadri yatlar asosida olib borishni maqsad qilib
qo‘ydi. Bunda shaxsning manfaati, uning sha’ni, qadr-
qimmati hamma narsadan yuqori turadi. Inson
huquqlari ichida uning tabiiy va ajralmas huquqlari
ayniqsa muhimdir. Inson
huquqlarini himoya qilish
hozirgi dunyoning eng jiddiy muammolaridan hisob -
lanadi. Inson huquqlari — bu insoniyat tarixiy taraqqi -
yotining umumiy yutug‘idir. Insoniyatga azob-uqubat,
kulfatlar keltiruvchi urush ofatlaridan kelgusi avlod-
larni xalos etish, inson huquqlarini xalqaro miqyosda
himoya qilinishini ta’minlash
BMT faoliyatining asosiy
maqsadiga aylandi. Bu maqsadlar BMTning inson
huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro ahamiyatga molik huj-
jatlarida o‘z ifodasini topgan.
Inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro hujjatlarning
o‘rni shu bilan belgilanadiki, unda umumjahon man-
faatlariga xizmat qiladigan huquqiy me’yorlar mujas-
samlashgan. Bu huquqiy me’yorlar
inson huquqlariga,
demokratik g‘oya larga sadoqat, fuqarolar tengligi, mil-
liy va millatlararo totuv lik, davlatlararo nizolarni tinch
yo‘l bilan hal etish tamo yiliga asoslanadi.
Inson huquqlari to‘g‘risidagi asosiy huquqiy hujjat-
lar: «Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi»,
«Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi
xalqaro Pakt» va «Fuqarolik huquqlari va siyosiy
huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Pakt» hamda so‘nggi huj-
jatga ilova qilingan Fakultativ Protokoldan iborat
Shaxsiy huquq va erkinliklar
(VII bob, 24—31-moddalar);
Siyosiy huquqlar
(VIII bob, 32—35-moddalar);
Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar
(IX bob, 36—42-moddalar).
52
bo‘lib, ular «Inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro bill»,
deb yuritiladi. Xalqaro hamjamiyatning to‘la huquqli
a’zosi bo‘lgan O‘zbekistonning qonunchiligi, mustaqil
O‘zbekiston Respublikasining bi rinchi Konstitutsiyasi
ham xalqaro huquqning
aynan ushbu hujjatlari ta -
lablariga muvofiq ishlab chiqilgan.
Inson huquqlari va erkinliklari masalasi BMTning
70 dan ortiq asosiy huquqiy hujjatlarida ifodalangan.
BMTning inson huquqlariga doir qabul qilingan
xalqaro hujjatlari mantiqan bir-birini to‘ldiradi va maz-
munan boyi tadi. BMT Bosh Assambleyasi tomonidan
1989-yil 20-noyabrda qabul qilingan «Bola huquqlari
haqidagi Konvensiya», 1965-yilda qabul qilingan «Irqiy
kamsitishning hamma shakllarini tugatish haqidagi
Konvensiya»larda
inson shaxsi, uning huquq va erkin-
liklari har bir mamlakatda huquqiy jihatdan kafolat-
lanishi qayd etilgan. «Bola huquqlari haqidagi Kon -
vensiya»da onalik va bolalikni himoya qilish, bolalar -
ning mehnati, salomatligi,
tarbiyasini huquqiy jihat-
dan muhofaza etish, ularning irqiy kamsitilishiga yo‘l
qo‘ymaslik singari huquqlar har bir mamlakatda qonun
asosida himoyalanishi zarurligi ta’kidlangan.
Mazkur Konvensiyaning insonparvar qoidalarini
mamlakatimizda izchil amalga oshirilishini ta’min-
lash maqsadida 2008-yil 7-yanvarda O‘zbekiston
Respublikasining «Bola huquqlarining kafolatlari
to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilindi.
Ushbu hujjatlarga imzo chekkan davlatlar insoni -
yatning butun tarixi mobaynida qayd etilgan jamiki
huquqlarini tan olishlari va ularga rioya etishlari shart.
Inson huquqlari umumjahon
Deklaratsiyasi davlatlar
uchun tavsiya sifatidagi hujjat bo‘lib, ixtiyoriy ravishda
bajariladi. Xalqaro Paktlar va Konvensiyalar ularga
qo‘shilgan davlatlar uchun majburiydir.
BMTning 1945-yil 26-iyunda AQSHning San-
Fransisko ta’sis konferensiyasi qatnashchisi bo‘lgan
53
davlatlar tomonidan qabul qilingan va shu yili 24-
oktabrda kuchga kirgan bu hujjat jahondagi davlatlar -
ning yagona maqsad sari hamjihatlikda intilishini
jamuljam qilib, inson huquqlari sohasidagi hamkor-
likning huquqiy asoslarini o‘zida namo
yon etadi.
Ushbu dunyoviy tashkilotga bugungi kunda 190 ga
yaqin davlatlar a’zo bo‘lib, O‘zbekiston
Respublikasi
ushbu nufuzli xalqaro tashkilotga 1992-yil 2-martda
qabul qilindi. 1993-yil 24-oktabrda Toshkent shahrida
BMTning vakolatxonasi ochildi.
Do'stlaringiz bilan baham: