109
mumkin. Lekin har holda bunday tushuntirish mana bir necha yildirki yaxshi va
samarali natijalarni bermoqda. Xitoy tili darslarida o‘qituvchi tayanadigan va
talabalariga ham joriy etadigan omillardan biri: “Eshitdim-unutdim, ko‘rdim-
eslab qoldim, bajardim-tushundim” iborasidir. Biz iyerogliflarni o‘rgatish
masalasiga ilgari ham to‘xtalib o‘tganmiz. Shuning uchun bu masalaga yakun
yasab, yana bir narsani ta’kidlashni joiz deb bilamiz. Bu ham bo‘lsa xitoy yozuvi
o‘rgatilayotganda, albatta, ulardagi ”
笔 画
” va ”
笔 顺
” qoidalarini o‘rgatish
qanchalik muhim bo‘lmasin, iyerogliflarning paydo bo‘lishi va kelib chiqishi
haqida ham ma’lumot berib o‘tish yanada muhimroq omil sanaladi.
37
Ana shunda
iyerogliflar talaba xotirasida uzoq vaqtlar puxta saqlanib qoladi.
Xotirani mustahkamlash uchun xizmat qiladigan vositalardan yana biri bu
o‘qishdir. Ayniqsa boshlang‘ich bosqichda so‘zning ma`nosi tanishmi yoki tanish
emasmi, farqi yo‘q bo‘lib o‘qishga ko‘proq ahamiyat berish darkor. Bo‘g‘inlarni,
ya`ni so‘zlarni qayta -qayta o‘qish talab qilinadi. Bunda yolg‘iz yoki xor bo‘lib (
birgalikda) va ovoz chiqarib yoki ichda o‘qish turlarini qo‘llash ta’lim vositasi
sifatida ham foydalaniladi. Yuqorida bayon etganimizdek, xitoy tili darsini
tashkillashtirar ekanmiz, til materialidagi talaffuz bosqichini sinchiklab ko‘rib
chiqdik. Albatta, bu bosqichni amalga oshirishda talabaga qabul qilishiga va
dasturlarda belgilanishiga qarab har kuni yangi leksik materialni o‘rgatib
boramiz.Leksika o‘zlashtirilishiga ko‘ra uch toifaga bo‘linadi: real, potensial va
vokabulyarga kirmaydigan leksik material. Real leksika aktiv yoki passiv
o‘zlashtiriladigan birliklardan iborat. Potensial leksika idrok etish chog‘ida
ma’nosi mustaqil fahmlanadigan yangi birliklardir. Vokabulyardan tashqari
so‘zlar esa o‘qish yoki tinglab tushunishga oid matnlardagi mazmunni
ifodalashda ishtirok etadigan, biroq o‘quvchilar nutqiga boshqa safar
kiritilmaydigan leksik birliklardir.
Shu bilan birgalikda grammatik qoidalarni ham ona tili yoki ingliz tili bilan
qiyoslab borsak yaxshi samara beradi. Ona tili ya’ni o‘zbek tili bilan qiyoslash
tushunarli. Xo‘sh nega endi ingliz tili bilan, degan savol tug‘iladi. Chunki,
aksariyat talabalarimiz xitoy tilini o‘rganishni boshlagunlariga qadar bolalikdan
ingliz tilini o‘rganib kelganlar. Ingliz tili ularga ikkinchi tildek yaqin bo‘lib
qolgan va, qolaversa, ingliz tili bilan qiyoslansa ularga yanada tushunarliroq
bo‘ladi, zero bu til haqida ularda ma’lumotlar ko‘p. Qo‘llanilishi jihatidan qoidani
uch guruhga ajratish maqsadga muvofiq: 1)
Do'stlaringiz bilan baham: