Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, 2020
3
SO ‘Z BOSHI
Mamlakatimizda xitoy tilini o‘rganishga bo‘lgan talab kun sayin jadal
sur’atlar bilan o‘sib bormoqda. Buning asosiy sabablaridan biri sifatida
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlarning rivojlanib borayotganligini
e’tirof etish o‘rinlidir. Shu bois yurtimizda xitoy tili o‘qitiladigan ta’lim
muassasalarining soni ham ortib bormoqda. Modomiki, bunday ilm maskanlari
ko‘payib borayotgan ekan, demak o‘z-o‘zidan bu ziyo maskanlariga nafaqat xitoy
tilini chuqur biladigan, balki ilg‘or o‘qitish metodikasiga ega, zamonaviy
pedagogik texnologiyalar bilan yaxshi tanish bo‘lgan hamda darslarda zamonaviy
interfaol usullarni qo‘llay oladigan tajribali pedagog kadrlarni yetkazib
berishdekmuhim masala Oliy ta’lim tizimidagi asosiy masalalardan biri
bo‘lmog‘i kerak.O‘qitivchi, eng avvalo, o‘zi o‘qitadigan fanni yaxshi bilishi
kerak.Agar o‘qituvchi o‘zi o‘qitadigan fanni yaxshi bilmasa, muvaffaqiyat
qozona olmaydi. Bugina emas: o‘qituvchi o‘z fani sohasida hamisha
takomillashib borishi, o‘z ishiga mohir mutaxassis bo‘lmog‘i kerak. Bu
muvaffaqiyatli o‘qitishning asosidir. Ammobilimga ega bo‘lishning o‘zigina
kifoya qilmaydi; bilimga ega bo‘lish faqat materialga ega bo‘lish demakdir.
Material yaxshi sifatga ega bo‘lishimumkin. Lekin har holda bu materialdan
oqilona va juda ustalik bilan foydalana olish, bilimlarni boshqalarga berao lish
ham talab qilinadi. O‘qitish faqatilmgina emas, balki san’athamdir. Bu gapimiz,
aynan, yosh o‘qituvchilar uchun juda muhim. Shu nuqtai nazardan mazkur o‘quv
qo‘llanma ham yuqoridagi fikrlarga hamohang tuzilgan va, aynan, chet tili,
jumladan, xitoy tilidan bilim beruvchi ustozlarga yaqindan ko‘mak beradi. “Xitoy
tilini o‘qitish metodikasi ”Toshkent davlat sharqshunoslik institutining “5120100
- Filologiya va tillarni o‘qitish (xitoy filologiyasi)” ta’lim yo‘nalishi uchinchi
bosqich talabalarigamo‘ljallangano‘quv rejasidagi asosiy fanlardan biridir.
Mazkur fanni filolog talabalarimizga o‘qitilishining sababi bakalavr bosqichi
bitiruvchilarining yurtimiz umumta’lim maktablari va akademik litseylarida,
xitoy
tili
o‘qitiladigan
markazlarda
xitoy
tilidan
dars
berishlari
mumkinligibilanizohlanadi. Ularning institutdagi ta’lim jarayonida olgan puxta
nazariy bilimlari, keyinchalik amaliyotda, ya’ni mashg‘ulotlar paytida juda katta
yordam beradi. Yillar mobaynidagi tajribalarimiz va sobiq bitiruvchilarimizning
fikr hamda mulohazalari shuni ko‘rsatdiki, aynan, “Xitoy tilini o‘qitish
metodikasi” fani yosh mutaxassislarimizga maktab va litseylardagi faoliyatlariga
juda katta yordam ko‘rsatgan. Bu, albatta, quvonarli holat. Hozirda “Xitoy tili va
adabiyoti kafedrasi” bitiruvchilari Toshkent davlat sharqshunoslik instituti
qoshidagi
O‘zbek-Xitoy
Konfutsiy
institutida,
litseylarda,
hozircha
Respublikamizda yagona bo‘lgan 59-sonli Davlat ixtisoslashtirilgan umumiy
o‘rta ta’lim maktabida va ko‘plab davlat va nodavlat tashkilotlariga qarashli til
4
o‘qitish markazlarida xitoy tilidan dars berib kelmoqdalar. To‘la ishonch bilan
ayta olamizki, ularning barchasi talabalik davrlarida “Xitoy tilini o‘qitish
metodikasi” kursini muvaffaqiyatli o‘taganlar.
Predmetdoirasidagi ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda xitoy tilini o‘qitish
qonuniyatlari bayon etiladi, aynan “Xitoy tilini o‘qitish metodikasi” faniga
ta’limning xususiy nazariyasi sifatida qarash shakllantiriladi. Maktabdagi xitoy
tili kursi barcha fanlar va o‘quv predmetlaridan mohiyati bilan tubdan farqlanadi.
“Xitoy tili" tushunchasi “xitoy tilini o‘rganish” ushbu tilda gapirish, tinglab
tushunish, o‘qish, yozuv ko‘nikma va malakalarini egallashni ifodalaydi va nutq
faoliyatining mazkur to‘rtala turi chegaralangan me’yorda, ya’ni dastur mavzulari
doirasida hamda maxsus tanlangan til materiali hajmida o‘rganib boriladi.
Leksika, grammatika, talaffuzni o‘rgatish natijasida o‘quvchilarga xitoy tilida
o‘zaro axborot almashish malakalari singdiriladi. Ayniqsa, xitoy tilida talaffuzni
o‘rgatishga alohida e’tibor qaratiladi. Bu xitoy tilidagi ohanglar bilan bog‘liq
masala bo‘lgani uchun ham e’tiborlidir. Yuqorida bayon etilgan va shu kabi
boshqa masalalar to‘plangan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar mazmunida o‘z
aksini topgan.
Talabalarimiz “Xitoy tilini o‘qitish metodikasi” kursi bo‘yicha uch toifa
mashg‘ulotda ishtirok etadilar: institut dasturi asosida ma‘ruzalar mazmunini
tinglaydi, amaliy-metodik saboqlar oladi va o‘rta umumta’lim maktablari,
akademik litseylarda o‘quv-tarbiya (pedagogika) amaliyotinio‘taydilar. Birinchi
ikkala mashg‘ulotlarda ilm bilan mashg‘ul bo‘linadi, uchinchi ish turida dars
beriladi hamda sinfdan tashqari tadbirlar o‘tkaziladi.
Mazkur kursimiz o‘rta umumta’lim maktablari va akademik litseylar xitoy
tilini o‘qitish metodikasi dasturiga asoslangan hamda mazkur ta’lim
maskanlarining o‘quv rejalaridagi “Xitoy tili” predmeti uning o‘rganish manbai
hisoblanadi. Talabalarning o‘rganish ob’yekti “Xitoy tilini o‘qitish metodikasi”
fani, mazkur fanning predmeti esa”xitoy tili“dir. Bu fanni o‘qitayotgan
o‘qituvchining asosiy maqsadi birgina bo‘lishi kerak, deb hisoblaymiz. U ham
bo‘lsa, auditoriyada Sizni tinglayotgan talabalarni kelajakda o‘z ishiga
muhabbatli, sadoqatli va mohir o‘qituvchi-ustoz qilib tayyorlash! Zero,
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “O‘qituvchi va murabbiylar kuni”
munosabati bilan ustozlarga yo‘llagan tabriklaridan birida: “…Ishonchim komil,
millati, tili va dinidan qat’iy nazar, Vatanimizning har bir farzandini o‘z
bolasidek sevib, ardoqlab, ularni barkamol insonlar etib tarbiyalash uchun
sidqidildan mehnat qilayotgan siz, hurmatli O‘zbekiston o‘qituvchi va
murabbiylari bu vazifalarni, albatta, sharaf bilan ado etasiz.“
1
deb aytganlari ham
bejiz emas. Bu biz o‘qituvchilarga bildirilgan ulkan ishonchdan darak! Bugungi
kunda, mamlakatimizda ta’lim sohasiga juda katta e’tibor qaratilayotgan, bu
1
https://kun.uz/78551379 (28.09.2018)
5
sohada Prezident farmonlariyu, hukumat qarorlari faqat va faqat xalq manfaati
va yoshlar kelajagini ko‘zlayotgan bir pallada, bu farmon va qarorlarning ijrosi
va ta’minotiga biz o‘qiyotgan “Xitoy tilini o‘qitish metodikasi” predmeti ham
bevosita, ham bilvosita o‘z hissasini qo‘shmog‘i darkor.
“Xitoy tilini o‘qitish metodikasi” predmeti36soat ma’ruza va 36 soat amaliy
mashg‘ulotlar hajmida o‘qitiladi.
Ushbu o ‘quv qo‘llanmani tayyorlash davomida biz ko‘plab ilmiy, o ‘quv-
uslubiy va boshqa adabiyotlar bilan tanishib chiqdik, ulardan nazariy asos sifatida
foydalandik. Jumladan, yurtimizdagi chet tili o‘qitish metodikasi sohasining
mohir bilimdoni Ustoz Jamol Jalolovning “Chet tilio‘qitish metodikasi”
darsligi
2
hamda XXRning metodist olimlaridanSui Yonghua (
崔永华
) va Yang
Jizhou (
杨寄洲
) larning “Xitoy tili darsi. O‘qitish mahorati.” (
汉语课堂。教学
技巧
) kitoblari
3
ham bizga katta yordam berdi. Fursatdan foydalanib men ushbu
kitoblarning mualliflarigao‘zimningchuqur minnatdorchiligimni bildiraman.
O‘quv qo‘llanma xitoy tilini o‘qitish masalalariga doir ma’ruza va
ma’lumotlar, darslarda qo‘llash mumkin bo‘lgan texnologiyalar va interfaol
usullardan namunalarnio‘zichigaqamraboladi. O‘quv qo‘llanmada ma’ruzalar va
amaliy mashg‘ulotlar mavzulari mazmunidan kelib chiqqan holda talabalar
bilimini nazorat qilish maqsadida mavzu bo‘yicha savol va topshiriqlar, bundan
tashqari nazorat va test savollari ham berilgan. Kitob so‘ngida esa talabalar
e’tiboriga mazkur predmetga xos glossariy hamda foydalanilgan va tavsiya
qilingan o‘zbek, rus, xitoy va ingliz tillaridagi qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yxati
ham taqdim etiladi.
Ushbu o‘quv qo‘llanmani nashr etilishida jonbozlik ko‘rsatgan, hamda amaliy
ko‘mak bergan Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qoshidagi O‘zbek-Xitoy
Konfutsiy instituti direktorlari Ustoz Yan Taybao va Ustoz Saodat Abdullayevna
Nosirovalarga o‘z minnatdorligimni va ehtiromimni izhor etaman.
Zero, o‘zgalarga ilm berish yoki ilm berishga va ulashishga yordam berish,
ziyo hamda ma’rifat tarqatishga ko‘maklashish katta savob ekanini
unutmasligimiz kerak. Bu ish mamlakatimizdagi har bir ziyolik ishining sharafli
vazifasi
bo‘lmog‘i
darkor!
Yana
bir
quvonarli
tomonishundaki,
ushbukitobmuhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev
tomonidan “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotnirivojlantirishyili” deb
e’lonqilingan 2020 yilda nashr etilmoqda. O‘ylaymizki, mazkuro‘quvqo‘llanma
ham O‘zbekistonda ilm va ma’rifatni tarqatishga xizmat qiladi.
2
JalolovJ. Chet tilio‘qitishmetodikasi.-T.: O‘qituvchi. 2012.
3
崔永华,杨寄洲。汉语课堂。教学技巧。
-
北京。北京语言大学出版社。
2014.
6
Do'stlaringiz bilan baham: |