Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar



Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/116
Sana18.04.2022
Hajmi2,82 Mb.
#561492
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   116
Bog'liq
fayl 2067 20211105

 
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar: 
1.
Pedagogik texnologiyaga berilgan ta’riflarni esga oling va takrorlang.
Qaysi ta’rif pedagogik texnologiyaga ko‘proq mos keladi deb o‘ylaysiz? Nima 
uchun? 
2.
Nima uchun aynan xitoy tili darslarida pedagogik texnologiyalarni qo‘llash 
muhim deb hisoblaysiz? Ularning foydasi nimada deb bilasiz? 
3.
O‘qitishga o‘ziga xos yangicha (innovatsion) yondаshuv asosida darsni 
tashkil qilish uchu muhim omillar nimalarda deb bilasiz? Fikringizni asoslab 
bering. 
 
1.4-
§. 
 Chet tilio‘qitishmetodikasining nazariyasi va ta’lim jarayonida 
interfaol usullardan foydalanish
 


15 
Darsning maqsadi: 
Pedagogik muloqotda ko‘pincha uchrab turadigan 
«metodika» atamasining ma’nolari, fanning ilmiytadqiqotmetodlari va 
ta’limjarayonidainterfaolusullari bilan talabalarni tanishtirish. 
Tayanch so‘z va iboralar: 
metodika, chet tili, imo-ishora,o‘qish, yozish, 
tinglab tushunish, gapirish, sheva, dars, til, jamiyat.
Har bir fan nazariyasini bilmay turib, yetuk mutaxassis bo‘lish juda qiyin. 
Yaxshigina amaliyotchilar ham nazariyasiz ko‘pgina xatoliklarga yo‘l qo‘yadilar.
Ayniqsa,chet tillarni, xususan, xitoy tilinio‘rganishda til nazariyasidan ko‘ra 
ko‘proq amaliyotni bilishi kerak, degan xato tasavvur va tushunchalar bor. 
Mazkur tilni o‘rganayotgan har bir o‘quvchu xitoy tilida tezroq gapirgisi keladi. 
Grammatikadan tez zerikadi. Bu nafaqat xitoy tili o‘rganuvchilarda, balki barcha 
chet tili o ‘qib, o‘rganuvchilarga ham ham xos fazilat. “Chet tili muallimligi 
kasbini tanlaganlar zimmasiga ushbu tilni o‘qitish nazariyasidan mukammal 
xabardor bo‘lishdek vazifa yuklanadi. O‘qitish ilmini metodika fani yoritadi
methodika so‘zi yunoncha bo‘lib, «biror ishni maqsadga muvofiq bajarish 
usullari majmui» ma’nosini bildiradi. 
Pedagogik muloqotda tez-tez uchrab turadigan «metodika» atamasining uchta 
ma’nosi bor. Birinchisi, o‘quv predmetini bildiradi (mas. «ertaga birinchi dars – 
metodika»), ikkinchisi, ta’limning metodik usullari yig‘indisini (mas. 
«o‘qituvchimizning metodikasi menga yoqadi») va uchinchisi, ta’lim nazariyasi 
va maxsus fan (mas. «bu qo‘llanmada metodika yaxshi yoritilibdi»)ni ifodalaydi. 
Bu darsda «metodika» so‘zining uchinchi terminologik ma’nosi haqida fikr 
yuritiladi.”
9
Chet til o‘qitish metodikasi, professor Mixail Vasilevich Lyaxoviskiy 
ta’riflashicha, “ta’limning maqsadlari, mazmuni, vositalari, shuningdek, chet til 
yordamida ta’lim-tarbiya berish usullarini tadqiq etuvchi fandir”. 
Metodika fani asosan quyidagi uch yirik mavzuni o‘rgatadi:
1.
Chet til o‘rgatishning nazariy masalalari 
2.
Nutq faoliyati turlarini
3.
Chet tilinio‘rgatishning tashkiliy masalalari. 
Boshqacha qilib aytganda, metodika chet tilinio‘rgatish ilmi bo‘lib, «chet 
tili»ni o‘quv predmeti sifatida belgilaydi, muallim va o‘quvchi faoliyatini 
o‘rganadi va boshqa fanlar yutuqlarini o‘zlashtirish va o‘z qonuniyatlarini ishlab 
chiqish yo‘llarini tadqiq etadi. 
Zamonaviy metodik qo‘llanmalarda ushbu fanning o‘rganish predmeti qilib 
chet tili vositasida o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berish belgilanadi. Chet tillarni 
turli o‘quv yurtlarida yoki muayyan tilni o‘rgatish metodika nazariyasida 
farqlanadi. Har bir fanningo‘z tushunchalar yig‘indisi mavjud.
Chet tilinio‘qitish metodikasida qabul qilingan asosiy tushunchalar qatoriga 
9
Jalolov J. Chet tili o‘qitish metodikasi. -T.: O‘qituvchi. 2012. B.16. 


16 
quyidagilarni kiritish mumkin: ta’lim tizimi, ta’lim metodi, ta’lim prinsipi, ta’lim 
vositasi, metodik usul. 
«Ta’lim tizimi» atamasi pedagogika voqeligi hodisalarini tizimli-strukturali 
yo‘nalishda o‘rganish munosabati bilan keng tarqaldi. Muayyan zamon va makon 
doirasida amalga oshiriladigan chet tilio‘quv jarayoni ochiq, ya’ni aniq chegara 
qo‘yilmagan tizim hisoblanadi va nashr etilgan chet til «o‘quv-metodik 
kompleksi»da o‘z ifodasini topadi. Ta’lim tizimiko‘zlanadigan maqsad, 
shakllanadigan mazmun va qo‘llanadigan metod singari kategoriyalardan iborat. 
Chet til o‘qitish metodi deyilganda, chet til o‘rgatishning amaliy, 
umumta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlariga erishuvni 
ta’minlovchi muallim va o‘quvchi faoliyatining majmuasi tushuniladi. 
Metod atamasi «ta’lim usullari yig‘indisi» va «ta’limning yo‘nalishi» 
ma’nolarida qo‘llanadi. Birinchisi ta’lim nazariyasida ishlatilsa (mas. og‘zaki 
nutq o‘rgatish metodlari, talaffuz o‘rgatish metodlari), ikkinchi ma’noda uni 
o‘qitish metodikasi tarixiga oid asarlarda uchratamiz. Mas. chet til o‘qitishning 
tarjima metodi, to‘g‘ri metod, ongli-qiyosiy metod, an’anaviy metod, intensiv 
metod va boshqalar. 
O‘quvchilarni tarbiyalash va ularga ta’lim berishda asos bo‘ladigan metodik 
qonun-qoidani prinsip atamasi bilan yuritiladi. Prinsip tushunchasi bevosita o‘quv 
jarayonini aks ettiruvchi metodik hodisani ifodalaydi, metod esa prinsiplar 
yig‘indisining mavhumlashtirilgan umumlashmasidir (mas. til tajribasini hisobga 
olish prinsipi). Prinsiplar uch guruhni tashkil etadi: psixologik, didaktik va sof 
metodik prinsiplar. 
Ta’lim vositasi atamasi metodikada ikki ma’noni ifodalaydi. 1. «Ta’limning 
moddiy(darslik, o‘qituvchi kitobi, texnika kabi)vositalari. 2. Nutq faoliyati 
turi(mas. Yozuv)ga taalluqli vositalari. 
Metodik usul yanada kichik tushuncha bo‘lib, «yangi so‘zning ma’nosini 
ochish usullari», «til materialini o‘rgatish usullari» kabi birikmalarda uchraydi. 
Fanlarda umumiy va xususiy chegaralanish kuzatiladi (mas. umumiy tilshunoslik 
va xususiy tilshunoslik, umumiy psixologiya va xususiy psixologiya). Chet til 
o‘quv predmetini o‘rgatish masalalari muhokama etilganda, umumiy metodika 
tushuniladi va til materialini tanlash, taqsimlash, tasnif va bayon etish 
muammolari uning vazifasiga kiradi.”
10
U yoki bu chet tilni aniq pedagogik sharoitda o‘qitishga oid ilmiy ma’lumotlar 
xususiy metodikadan izlanadi. Mas. o‘zbek maktablarida xitoy tili o‘qitish 
metodikasi yoki rus maktablarida arab tili o‘qitish metodikasi. 
Umumiy va xususiy metodikaning tarixi, nazariyasi va amaliyotiga tegishli 
fikr-mulohazalar metodika nazariyasi kursini tashkil etadi. 
Moddiy dunyo sirlarini bilish va ijtimoiy qonuniyatlarni ochish yo‘lida turli 
10
Jamol Jalolov. Chet tili o‘qitish metodikasi. -T.: Oqituvchi. 2012. B. 17 


17 
fanlar yaratilgan. Hozirgi paytda fanshunoslar 2000 dan ortiq fan mavjudligini 
e’tirof etadilar. Ilmiy-tadqiqot metodlari bo‘lmagan bironta fan yo‘q. Ularning 
har qaysisi, jumladan, pedagogika va, o‘z navbatida, chet til o‘qitish metodikasi 
ham, fan sifatida o‘zining ilmiy-tadqiqot metodlari bilan ish ko‘radi. 
O‘qituvchining ijodiy ishlashida nafaqat fan yutuqlari va ilg‘or ish tajribalaridan 
samarali foydalanish, shuningdek, o‘quv jarayonida mustaqil ilmiy izlanishi ham 
zaruriy shartlardan biridir. Mustaqil tadqiqot amaldagi ilmiy-tekshirish metodlari 
yordamida o‘tkazilishi mumkin. 
Ilmiy-tadqiqot metodlari ikkiga bo‘linadi — nazariy metodlar va tajribaga 
asoslanadigan metodlar. Tadqiqotning nazariy metodlariga analiz/sintez, ilmiy 
faraz (gipoteza)lar qurish, modellashtirish kirsa, amaliy (tajriba) metodlari 
orasida eksperiment, tajriba o‘tkazish, maqsadli kuzatish kabilar ma’lum. Bular 
umumiy yoki asosiy metodlar hisoblanadi. Ilmiy-tekshirish metodlaridan 
yordamchilari yoki xususiylari quyidagilardir: anketa (so‘rov)lar o‘tkazish, test 
bajarish, xronometraj qilish, suhbat kabilar. Ushbu metodlarning alohida-alohida 
yoki birgalikda qo‘llanishi tadqiqot turiga bog‘liq. Hozirgi zamon 
fanshunosligida ilmiy-tadqiqotlar uch turga bo‘linadi:
1. Fundamental ilmiy-tekshirish (fanning sof nazariyasi hal etiladi). 
2. Amaliy tadqiqot (nazariyaning aniq elementlari ishlab chiqiladi).
3. Ishlab chiqarish uchun zaruriy materiallar tuzish/tayyorlashga doir tadqiqot 
(darslik, qo‘llanma, audiovizual vositalar yaratiladi). 
Fanshunoslikda ta’kidlanishicha, tadqiqotning ob’ekti va predmeti bo‘ladi. 
Tadqiqot predmeti tadqiqot ob’ektining bir qismi yoki sohasidir. 
Nazariy metodlardan analiz/sintez metodiga adabiy manbalar (mas. chet til 
o‘qitishni retrospektiv (tarixan) o‘rganish)ni misol qilish mumkin. 
Tahlil metodi oldiga doimo tanqidiy yondashish, o‘tgan davrdagi ijobiy va 
salbiy tomonlarni aniqlash maqsad qilib qo‘yiladi. Erishilgan ijobiy natija o‘qitish 
tajribasiga tatbiq etiladi. 
Tadqiqot jarayonida zamonaviy kibernetika metodlari – programmalashtirish, 
kompyuterlashtirishga katta o‘rin berilmoqda. Kibernetik analiz tilni o‘rgatish 
jarayonini boshqarish hamda tilni egallash darajasining xolisona ko‘rsatkichlarini 
topishga yordam beradi. 
Chet til o‘qitishdagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish, umumlashtirish va 
yoyishdan ko‘zlanadigan maqsad ham ijobiy natijalarni qo‘lga kiritishga 
qaratiladi. Ilg‘or ish tajribasi umumiy tarzda (chet til o‘qitish tajribasi) yoki ayrim 
kichik sohalar (mas. dars boshlanishida til muhitini yaratish, qiyin grammatik 
hodisani amaliy o‘rgatish kabilar)ni analiz/sintez metodi yordamida tadqiq 
qilishdan iborat. 
Asosiy/umumiy tadqiqot metodlaridan ilmiy kuzatish pedagogik jarayonda 
ommaviy tus olgan bo‘lib, metodik tadqiqotda xulosalar chiqarish, foydali 


18 
axborot to‘plash, kuzatilgan hodisalar yuzasidan to‘plangan faktlarni tasniflash 
imkonini tug‘diradi. Kuzatish har doim ma’lum maqsadga bo‘ysundirilishi zarur. 
Oddiy kuzatish oqibatlari nazorat ishlari, test natijasi bilan to‘ldirilishi mumkin. 
Chet til o‘rgatishni tadqiq etishda ta’limiy tajriba o‘tkazish va eksperiment 
metodlari ko‘pchilikning e’tiborini o‘ziga tortgan.
Tajriba o‘tkazish ommaviy ta’lim jarayonini tekshirish metodidir.”
11
Eksperiment yuqoridagi metodlar ichida salmoqli o‘rin tutadi. Proftssor 
M.V.Lyaxoviskiyning 
fikricha, 
tekshirilayotgan 
metodik 
hodisa 
turli 
ko‘rinishlarda ilmiy asoslanib, tajribaga qo‘yilganda, eksperiment sodir bo‘ladi 
(mas. leksik birliklar tajriba guruhlarida tarjimasiz, nazorat sinflarida tarjima qilib 
o‘rgatiladi. Ko‘rinib turibdiki, leksik material bitta, o‘rgatish metodikasi ikkita). 
Eksperiment natijasi tarjimaning yaroqli yoki yaroqsizligini isbotlab beradi. 
Eksperiment to‘rt bosqichli metoddir. Birinchi bosqichda eksperiment tashkil 
etiladi, shu maqsadda gipoteza ilgari suriladi. Ikkinchi bosqichda – 
rejalashtirilgan tartibda eksperiment amalga oshiriladi. Uchinchi bosqichda – 
tadqiqot natijasining miqdori va sifati aniqlanadi. To‘rtinchi bosqichda – olingan 
ma’lumotlar isbotlab beriladi, ilmiy tahlil qilinadi. Ilmiy faraz qilingan metodik 
muammo, bir tomondan, yangilik hisoblanishi, boshqa tomondan, munozarali 
bo‘lishi, binobarin, tajribadan o‘tishga muhtoj ekanligi eksperiment metodining 
o‘ziga xos xususiyatidir. Eksperiment ilmiy farazning amalda sinab ko‘rish 
vositasidir. 
Eksperiment nazariyasini eksperimentator yaratadi, ijrochi rolida muallim
tekshiriluvchilarni o‘quvchilar tashkil etadi, eksperiment materiali hisoblangan 
metodika hodisasi — ob’ekt va predmet deb ataladi. 
Eksperiment o‘zining belgilari e’tibori bilan uch toifaga bo‘linadi:

tadqiqotda tutgan o‘rniga ko‘ra yordamchi va asosiy eksperiment 

eksperimentning o‘tishi nuqtai nazaridan tabiiy va laboratoriya 
eksperimenti

eksperiment tashkil etilishiga qarab, bir martalik va takroriy eksperiment. 
Eksperiment mavzusida metodistlardan Eduard Abramovich Shtulman
12
chuqur ilmiy tadqiqot olib borgan. 
Xullas, eksperiment munozarali ta’limiy muammolarni yechish metodidir. 
Eksperiment natijasida ta’lim metodlari va mazmuni takomillashtiriladi. 
Ilmiy tadqiqotda yetakchi metodlardan yana biri kuzatishdir. Ayrim 
metodistlar kuzatish va tajriba to‘plashni chalkashtirishadi. Tadqiqotning 
boshlanish davrida kuzatish mustaqil metod sifatida qo‘llanadi, keyingi 
bosqichlarda yordamchi metod vazifasini o‘taydi. Ilg‘or ish tajribasini o‘rganish, 
11
Jalolov J. Chet tili o‘qitish metodikasi. -T.: O‘qituvchi. 2012. - B. 20
12
Штульман Э. А.Методический эксперимент в системе методов исследования. — Воронеж: ВГУ, 
1976.


19 
uni umumlashtirish va amaliyotga tatbiq etish ta’lim jarayonini takomillashtirish 
usulidir. Unga analiz qo‘shilsa, metodga aylanadi. Kuzatish metod sifatida 
maqsadli, biror vazifani bajarishga qaratiladi. Kuzatish odatda analiz/sintez bilan 
o‘zaro uzviy munosabatda bo‘ladi. Kuzatish maqsadlari, ob’ektlari va joylari 
oldindan belgilanishi, dasturi tuzilishi va kuzatishda qo‘shimcha metodlarning 
qo‘llanishi hal etilgandagina undan kutilgan natijaga erishiladi. 
Ilmiy tadqiqot ishlarida xususiy/yordamchi metodlarning ham ahamiyati 
katta. Anketa o‘tkazish boshqa metodlarga qo‘shimcha qilib qo‘llanilishi sababli 
yordamchi metod sanaladi. Anketa chet til o‘qitish metodikasiga sotsiologiyadan 
o‘tgan. Tadqiqotchi kerakli savollarni yozma ravishda anketaga kiritib, olingan 
javoblarni umumlashtirish yo‘li bidan oldiga qo‘yilgan vazifani bajaradi. Anketa 
o‘tkazishning muhim shartlaridan biri savollarga javob qaytaruvchilarning ko‘p 
sonli bo‘lishidir. 
Keyingi yillarda chet til o‘qitishda testlaro‘tkazish ommaviy tus oldi. Qisqa 
davr mobaynida o‘quvchida nutqiy qo‘nikma va malakalarini nazorat qilishda test 
qulay bo‘lganligi uchun u tez va keng tarqaldi. Testlar eksperiment oldidan va 
undan keyin o‘tkazilishi amaliyotda sinab ko‘rilgan. Eksperimentdagi ilmiy 
farazning tasdiqlanish-tasdiqlanmasligida testning ahamiyati katta. U texnika 
vositalari yoki bosma materialni oddiy qo‘llash bilan o‘tkaziladi. 
Chet til metodikasining fan sifatida shakllanishi va yuksalishida boshqa fanlar 
metodlaridan ham samarali foydalanish, uning tadqiqot metodlarini 
zamonaviylashtirilib borishning ahamiyati kattadir. 
3. Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida o‘qitishning zamonaviy metodlari keng 
qo‘llanilmoqda. O‘qitishning zamonaviy metodlarini qo‘llash o‘qitish 
jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Bu metodlarni har bir 
darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq. 
An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda uni ta’lim oluvchilar faoliyatini 
faollashtiradigan turli-tuman metodlar bilan boyitish ta’lim oluvchilarning 
o‘zlashtirish darajasi o‘sishiga olib keladi. Bugungi kunda bir qator rivojlangan 
mamlakatlarda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi 
zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash borasida katta tajriba asoslarini 
tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda. Interfaol 
ta’lim metodlari hozirda eng ko‘p tarqalgan va barcha turdagi ta’lim 
muassasalarida keng qo‘llanayotgan metodlardan hisoblanadi. Shu bilan birga, 
interfaol ta’lim metodlarining turlari ko‘p bo‘lib, ta’lim-tarbiya jarayonining 
deyarlik hamma vazifalarini amalga oshirish maqsadlari uchun moslari hozirda 
mavjud. Amaliyotda ulardan muayyan maqsadlar uchun moslarini ajratib 
tegishlicha qo‘llash mumkin. Bu holat hozirda interfaol ta’lim metodlarini 
ma’lum maqsadlarni amalga oshirish uchun to‘g’ri tanlash muammosini keltirib 
chiqargan. Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta’lim beruvchi 


20 
tomonidan ta’lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida 
faolligi muttasil rag’batlantirib turilishi, o‘quv materialini kichik-kichik 
bo‘laklarga bo‘lib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda 
ishlash, bahs-munozara, muammoli vaziyat, yo‘naltiruvchi matn, loyiha, rolli 
o‘yinlar kabi metodlarni qo‘llash va ta’lim oluvchilarni amaliy mashqlarni 
mustaqil bajarishga undash talab etiladi. 
Interfaol metod biror faoliyat yoki muammoni o‘zaro muloqotda, o‘zaro 
bahs-munozarada fikrlash asnosida, hamjihatlik bilan hal etishdir. Bu usulning 
afzalligi shundaki, butun faoliyat o‘quvchi-talabani mustaqil fikrlashga o‘rgatib, 
mustaqil hayotga tayyorlaydi.O‘qitishning interfaol usullarini tanlashda ta’lim 
maqsadi, ta’lim oluvchilarning soni va imkoniyatlari, o‘quv muassasasining 
o‘quv-moddiy sharoiti, ta’limning davomiyligi, o‘qituvchining pedagogik 
mahorati va boshqalar e’tiborga olinadi. Interfaol usullarni qo‘llash bo‘yicha 
umumiy metodik tavsiyalar: 

Download 2,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish