11
1992 yilning 15 oktabrida Toshkentda XXR elchixonasi, 1995 yilning 6 mayida
esa Pekinda Oʻzbekiston elchixonasi ochildi.
Ta’kidlab o‘tish lozimki, Xitoy Xalq Respublikasi Markaziy Osiyo, Sharqiy
Yevropa va Mustaqil davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari orasida birinchi bo‘lib
O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalarnio‘rnatgan. Bu faktni O‘zbekiston
Respublikasini nafaqat mintaqa, balki Yevropa va Osiyoda egallab turgan
geostrategik o‘rni va mavqeiga katta e’tibor, deb aytish mumkin.
Xitoy tili
mazkur tilda so‘zlashuvchilar soniga nisbatan jahonda birinchi o‘rinda turadi.
Ispan va ingliz tillari xitoy tilidan so‘ng ikkinchi va uchinchi o‘rinni egallaydi.
Xitoy tili XXI asrga shahdam qadamlar bilan kirib keldi. U globallashuv,
informatizatsiya va kommunikatsiya davrida o‘z o‘rnini egalladi. Bu
muvaffaqiyatlar asosan XX asrning 70 yillarida Xitoy hukumati tomonidan xitoy
lingvistikasini rivojlantirishga alohida e’tibor berilganligida deb aytish mumkin.
Konfutsiy ta’limotining ustunlaridan biri bu til, tarix, adabiyot, san’at, madaniyat,
ilm va fanga chuqur ehtirom hisoblanadi. Ushbu sohalar mamlakat iqtisodiy
yuksalish strategik dasturining ajralmas qismi bo‘lib kelmoqda. Har qanday til
kabi, hamda 5 ming yillik sivilizatsiya davrida yaratilgan va to‘plangan ma’naviy
boylikni o‘zida mujassam etgan manba deb qaralishi lozim. Xitoy tili — xitoy-
tibet tillari oilasiga mansub tillardan biri. XXRning rasmiy davlat
tili. Unda
XXRning 92% aholisi — 1 408 526 449 dan ortiq kishi soʻzlashadi (2019 y.).
Xitoy tili,
shuningdek, Indoneziya, Kambodja, Laos, Vyetnam, Myanma,
Malayziya, Tailand, Singapur, Bruney, Syangan, Aomin, Filippin,
Yaponiya,
Koreya va dunyoning boshqa mamlakatlarida tarqalgan (30 mln.dan ortiqkishi
soʻzlashadi). BMTning rasmiy va ishchi tillaridan biri.
Xitoy tilida asosan, 7 lahja guruhi farqlanadi: 1) shimoliy (bu lahjada 70%
kishi soʻzlashadi va u hozirgi adabiy Xitoy tiliga asos boʻlgan); 2)
u
; 3) syan; 4)
gan; 5) xakka; 6) yue; 7) min. Bu lahjalar fonetik va leksik jihatdan oʻzaro katta
farq qiladi, hatto lahjalarning vakillari bir-birlarini tushunmay qoladilar; biroq
ularning grammatik qurilishi va lugʻat tarkibi yagonadir. Lahjalar muntazam
tarzdagi tovush mosliklari orqali oʻzaro bogʻlangan.
Bu esa xitoy tilini
ierogliflarga asoslangan tizimini mustahkamlash, mamlakatda yagona “putunxua”
dialektini rivojlantirishni talab qiladi.
Xitoy tilining fonetik meʼyorlari Pekin
shahri talaffuziga asoslanadi.
Xitoy tili davlat va jamiyat tomonidan yakdil ravishda millatning muhim
ma’naviy boyligi hisoblanadi. Davlat esa o‘z navbatida xitoy tilini umummilliy
konsensus, rivojlangan va uyg‘unlashgan jamiyatni
tashkil etishda muhim va
samarali vosita deb biladi. Ma’lumki, xitoyda 56 millat istiqomat qiladi.Xitoy
milliy madaniyati va ma’naviyati sohasida til yuksak o‘rin egallaydi.Chuqur
tarixga ega bo‘lgan ierogliflar va qadimgi yozuv manbalari xitoy millati va
davlatchiligi va, umuman, xitoy sivilizatsiyasining asosiy manbalari sifatida
12
namoyon bo‘ladi. Xitoy tili millat tarixi va uni o‘z-o‘zinini anglash kafolati
hisoblanadi. Hukumat qaroriga binoan yozma manbalar,
ierogliflarning turli
variantlari ifoda etilgan qadimgi matnlar va og‘zaki xalq ijodiga oid manbalarni
saqlash, ularni elektron va audio/video klassifikatorlarini takomillashtirishga oid
ishlar keng miqiyosda olib borilmoqda. Shu bilan birgalikda kanton dialektida
ijro etilayotgan “
越剧
”
yueju
operalari, Janubiy Fuszyan dialektidagi “
南音
”
nanyin
sahna asarlari Xitoy Milliy madaniyat katalogi va YUNESKO
umumbashariyat madaniy obidalar ro‘yhatiga kiritilgan. Xalqaro tashkilotlar
e’tiborini xitoy tiliga jalb etish bu bilan chegaralanadi desak, to‘g‘ri bo‘lmas.
So‘nggi yillarda xitoy ierogliflarini jahon madaniyati boyligini bir qismi deb tan
olishga yo‘naltirilgan harakatlar ham mavjud.
Xitoy tili murakkab tillar qatoriga kiradi. Uning 5
ming yillik tarixini
o‘rganish, 56 mingdan ziyod ierogliflarni zamon talablariga mos keltirish
masalalari dolzarb muammolardan hisoblanadi. Bu muammolar ustida bir qator
vazirlik va qo‘mitalar, institut va universitetlar ilmiy va amaliy faoliyat olib
bormoqdalar. Mazkur ishlar Xitoy tili Davlat qo‘mitasi “
国家语言文字工作委
员会
” ya’ni, “
Mamlakat milliy tili va yozuvi bo‘yicha ish qo‘mitasi”
tarafidan
boshqariladi.
Xitoy tarixiy an’analariga munosib ravishda 2001 yil 1 yanvar – XXI
asrning birinchi kuni ”
中华人民共和国国家通用语言文字法
”
– “Xitoy davlat
tili va yozuvi haqidagi qonun” kuchga kirdi. Xitoy tilini davlat tili deb e’lon
qilinishi bu tilni mamlakatning barcha fuqarolari millati, dinidan, yoshi va
jamiyatdagi o‘rni, siyosiy ongi, ahloqiy qarashlari va mentalitetidan qat’iy nazar
tan olganligini bildiradi. Bundan tashqari tilning davlat
tili deb qabul qilinishi,
davlat va jamoat idoralari va tashkilotlari mazkur tilni mamlakatning birinchi tili
deb qabul etganligini anglatadi.
Mazkur kursimiz maktabda chet tillar, xususan, xitoy tili o‘qitish metodikasi
dasturiga asoslangan va o‘rtaumumta’lim maktablari o‘quv rejasidagi “chet til”
predmeti uning o‘rganish manbai hisoblanadi. Talabalarning o‘rganish ob’ekti
“metodika fani”, mazkur fanning predmeti esa “Xitoy tili”dir.
Do'stlaringiz bilan baham: