verbal qoidalar
(so‘z yordamida ta’riflanadi): a) darslikda yozilgan (verbal-
grafik qoida) va b) muallim yoki o‘quvchilar chiqaradigan qoidalar; 2) vizual
9
qoidalar (so‘z ishtirokisiz, ta’riflamay beriladigan qoidalar): sxema, jadval va
simvol kabilar; 3) qoida — analogiya (so‘z yoki biron belgi yordamisiz
o‘quvchilar tomonidan ixtiyorsiz holda yoki o‘zlarining til tajribasiga ko‘ra,
ma’lum lisoniy tushuncha va qonuniyatni bildiruvchi «qoidalar», mas. ot, sifat,
gap, ega, kesim singari atamalarda ifodalangan tushunchalar yoki gapda so‘z
tartibi, so‘z yasalishi hodisalarini bildiruvchi chet til qonuniyatlari va hkz.).Qoida
mazmuniga ko‘ra uch darajada bo‘ladi: 1) dastlabki yoki birlamchi qoida (til
hodisasining biron fakti, mas. hozirgi zamon fe’lining 3-shaxs birlik shaklda
yasalishi); 2) ikkilamchi yoki qiyosiy qoida (a) bir tomonlama solishtirish, mas.
xitoycha hozirgi zamon fe’lining 3-shaxs birligi va boshqa shaxslar shakllarining
yasalishi, (b) ikki tomonlama solishtirish; 3) yakuniy qoida — sistemalashtirish,
(a) biron hodisaning barcha shakllarini umumlashtirish — qisman
sistemalashtirish, mas. hozirgi zamon fe’lining barcha shakllarda tuslanishi, (b)
ushbu bosqichda hodisalarning barchasini umumlashtirish — dasturiy
sistemalashtirish, mas. fe’llar uch zamonda qo‘llanadi va (v) chet til o‘qitish
kursida o‘rganilgan til hodisalarining barchasini umumlashtirish — nisbatan
to‘liq sistemalashtirish.
Uchala darajadagi qoidalar ham faqat maktab til
materiali yuzasidan beriladi, ular tilni sistemaga solishdek lingvistik maqsadni
ko‘zlamaydi.”
6
Chet tilini o‘rganishga ehtiyoj yuqori bo‘lgan bir davrda, ta’lim
jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan, innоvatsion ta’lim
texnologiyalaridan unumli foydalanish bu jarayonni samarali bo‘lishiga olib
keladi. Innоvatsion ta’lim texnologiyalarining samaradorligi ularning ta’lim
jarayonida
to‘g’ri
va
unumli
foydalanilganidadir.
Mazkur masalalar aynan shu predmet doirasida ko‘rib chiqiladi. Albatta bu
o‘quv qo‘llanmani yaratishda biz juda ko‘p marotaba murojaat qiladigan
darsligimiz - O‘zbekistonda “Chet tili oqitish metodikasi” fanining katta
bilimdoni, asoschisi desak ham hech mubolag‘a bo ‘lmaydi, mashhur Ustozimiz
Jamol Jalolovning aynan mana shu nomli darslik kitobidir. “Metodika institutda
berilgan bilimlar yig‘indisi bilan maktab tajribasi orasidagi «ko‘prik» vazifasini
o‘tovchi fandir. Leksiya va amaliy mashg‘ulotlarda chet til o‘qitish qonuniyatlari
bayon etiladi, metodika faniga ta’limning xususiy nazariyasi sifatida qarash
shakllantiriladi.
Talaba metodika kursini o‘tar ekan, uch toifa
mashg‘ulotda ishtirok etadi: oliy o‘quv yurti dasturi asosida ma’ruza majmuini
tinglaydi, amaliy-metodik saboqlar oladi va maktabda o‘quv-tarbiya (pedagogika)
amaliyotidan o‘tadi. Birinchi ikkala mashg‘ulotlarda ilm bilan mashg‘ul bo‘linadi
va uchinchi ish turida dars beriladi va sinfdan tashqari tadbirlar o‘tkaziladi.
O‘rta umumiy ta’lim maktablarida chet til o‘qitish metodikasi fani erishgan
yutuqlarni egallash talabalar uchun quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
6
Jalolov J. Chet tili o‘qitish metodikasi. -T.: O‘qituvchi. 2012. – B. 12
10
1)kelajak kasbiy faoliyatlariga puxta nazariy zamin tayyorlaydi; 2) ta’limning
zamonaviy metodlari, tashkiliy shakllari va vositalari bilan atroflicha tanishtiradi;
3) talabalarning olgan metodik bilimlarini amaliyotda samarali qo‘llay olishlari
uchun ko‘nikma va malakalar hosil qiladi; 4) barcha fanlardan o‘zlashtirgan
nazariy bilim va amaliy malakalarini maktab ta’lim-tarbiya ishida ijodiy tatbiq
etishga ko‘maklashadi.”
7
Do'stlaringiz bilan baham: |