Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar



Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/116
Sana18.04.2022
Hajmi2,82 Mb.
#561492
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   116
Bog'liq
fayl 2067 20211105

 
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar: 
1.
Darsda yangi leksikani o ‘rgatishda sizning fikringizcha eng samarali 
metod qaysi? Va aksincha, eng samarasiz metod qaysi? 


99 
2.
Xitoyda qo‘llanilgan metodlardan qaysi biri yangi so‘zni yod olish uchun 
eng qulay deb o‘ylaysiz? 
3.
Bu darsda o ‘rganilgan metodlardan tashqari yana qanday metodlar sizga 
ma’lum? Shular haqida aytib bering.
5.2-§.Grammatikani o‘rgatish 
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: 
Chet tilini o‘qitishda grammatikaning 
o‘rni, o‘qituvchi xitoy tilinini o‘rgatishi jarayonida o‘quvchi tomonidan tilni 
o‘rganish va nutq faolligini uyg‘unlashtirgan holda, o‘quv materialini ham 
lingvistik, ham kommunikativ jihatdan samarali egallashni ta’minlashida 
grammatikaning roli haqida ma’lumot berish. 
 
 
Tayanch so‘z va iboralar:
grammatika,
e
ksplisit yondashuv, implisit 
yondashuv, differensial yondashuv,reseptiv grammatik mahorat,deduktiv, 
deduksiya. 
 
Grammatika metodikaning doimiy munozara ob’ektidir.Chet tilini 
o‘qitishda grammatikaning o‘rni masalasi haqida turli xil yondashuvlar mavjud. 
Grammatika tilni grammatik-tarjima usuli bilan o‘rganishning boshlang‘ich 
nuqtasi va maqsadi bo‘lib xizmat qilgan. Har qanday tilni o‘rganish lotin 
modeliga asoslangan grammatika orqali olib borilgan. Grammatika maxsus fan 
va maqsad sifatida o‘rganildi.
Hozirda chet tilini o‘qitishda grammatikaning ma’nosi va o‘rnini baholashga 
nisbatan ob’ektiv yondashuv paydo bo‘ldi: endi bu maqsad emas, balki chet tilini 
o‘qitishning muhim vositalaridan biri. Talim oluvchilar asosan grammatika 
darslarida qatnashishni yoqtirmaydilar. Ob’ektiv ravishda, insonlar har doim 
qoidalar bo‘yicha, ya’ni qoidalarda e'tirof etilgan ma’lum qonunlarga muvofiq 
gapiradi degan qarash mavjud. So‘zlovchilar ushbu qoidalarni har doim ham 
anglashmaydi: savodli va savodsizlar har xil savodxonlik darajasiga ega bo‘lsa 
ham, qoidalar bo‘yicha bir xil tarzda gaplashadi. L.V.Sherbaning fikriga ko‘ra, 
bir nechta leksik birliklar yordamida fikrni yetkazish mumkin emas, chunki ular 
faqat ob’ekt yoki hodisani nomlashadi (“Leksika – dura, grammatika – molodes” 
(“Leksika – ahmoq, grammatika – qaddingni ur”)). Grammatika so‘z boyligini 
tashkil qiladi, u butun tilni qamrab oladi.Bu barcha so‘zlar, birikmalar hamda 
matnlar joylashgan skeletdir. Grammatik tuzilmalar yordamida fikrning nozik 
ma’nolarini yetkazish mumkin bo‘ladi. Grammatika – bu tirik tilni 
oziqlantiruvchi qon aylanish tizimidir; grammatika “Chet tili” deb nomlangan 
bino qurilayotgan poydevordir. Chet tilining grammatikasini o‘rganishning 
ahamiyati shundan iboratki, bu ona tilimizning grammatik tuzilishini, mantiqiy 
fikrlash, kuzatishni rivojlantirish, tahlil qilish va muloqot qilish qobiliyatini 
rivojlantirishga yordam beradi, uni o‘rganish jarayonida rivojlantiruvchi, 
ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlar amalga oshiriladi. Grammatika “bu maqsad 


100 
emas, bu tilni o‘zlashtirishning eng muhim vositalaridan biri, nutq faoliyati 
turlarining ajralmas qismidir.” Ushbu xulosani birinchi bo‘lib A.A. Lyubarskaya 
ilgari suradi.U 1934 yilda shunday deb yozgan edi: “O‘rta maktabning hech bir 
bosqichida grammatikani o‘rganish asosiy maqsad hisoblanmaydi. Biroq, ta’lim 
berish jarayonida grammatik bilimlar muhim asosdir, ularsiz matnni tushunish, 
suhbat qurish mumkin emas. U og‘zaki nutq, o‘qish va yozish ko‘nikmalarini 
shakllantirishda munosib o‘ringa ega.” Grammatika so‘zining ko‘p ma’nolari 
bor. Bir tomondan, grammatika so‘zi “grammatik tuzilish” ma’nosida, ya’ni ona 
tilida so‘zlashadigan vao‘qitish jarayonida o‘rganiladigan va ushbu tilga xos 
bo‘lgan so‘z va jumlalarning tuzilishi. Boshqa tomondan, grammatika – bu til 
nazariyasi, tilshunoslikning bir katta qismi, til tuzilishi haqidagi bilimlarning 
umumlashmasi hisoblanadi. 
Grammatik materiallar bilan ishlash jarayonida talabalarda asta-sekin til 
ko‘nikmalari va grammatik ko‘nikmalar hosil qilish boshlanadi. Ta’limdan 
ko‘zlangan asosiy maqsad, talabalarda bu kabi asosiy ko‘nikmalarning 
avtomatik darajaga chiqishini ta’minlashdan iborat. Muloqot qilish ko‘nikmasi 
bu avtomatlashtirishning bir ko‘rinishi hisoblanadi. Mazkur avtomatlashtirish 
harakatlari takrorlar vositasida mahorat darajasigacha olib chiqiladi. 
Faol grammatik mahoratni shakllantirishning eng muhim sharti bu 
ko‘nikmalarni shakllantirish mumkin bo‘lgan yetarli miqdordagi leksik 
materialning mavjudligidir. Grammatik harakat faqat ma’lum lug‘at 
chegaralarida, ma’lum bir lug‘at materialida amalga oshiriladi. Agar ta’lim 
oluvchi tegishli vaziyatda tez va to‘g‘ri mustaqil ravishda jumlalarni mustaqil 
ravishda tuza olsa, demak u qaysidir darajada grammatik mahoratga ega.
Grammatik mahorat – so‘zlovchining tezlik bilan nutqiy vazifani tanlashi 
va til normalariga muvofiq uni bajara olish qibliyatidir. Metodika va 
pedagogikada ko‘nikmalar muammosi hanuzgacha munozarali bo‘lib kelmoqda 
va qo‘shimcha tadqiqotlarni talab qiladi. Shunday qilib, I.L. Bim, nutqning 
grammatik tomonlarini o‘rganish muammosiga to‘xtalar ekan, grammatik 
ko‘nikmalarni shakllantirish haqida emas, balki nutqning grammatik tashkil 
etuvchilari bo‘lmish morfologiya va sintaksis haqida haqida gapiradi. S.F. 
Shatilov grammatika ko‘nikmalarini morfologik, morfologik-sintaktik va 
sintaktiklarga ajratadi. R.P. Milrud aloqa jarayonida nutq-kognitiv vazifalarni 
hal qilish uchun zarur bo‘lgan nutq ko‘nikmalarini va nutq-kognitiv faoliyatning 
til xizmatini alohida ta’kidlaydi. 
Nutqning morfologik ko‘nikmalari – og‘zaki nutqda so‘zlarning to‘g‘ri va 
avtomatlashtirilgan shakllanishi va qo‘llanilishini ta’minlaydigan grammatik 
ko‘nikmalar. Bular og‘zaki nutqda kelishik qo‘shimchalari va otlardan to‘g‘ri 
foydalanish ko‘nikmalarini va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
Sintaktik nutq qobiliyatlari. Tilning hususiyatlariga muvofiq og‘zaki nutqda 


101 
analitik (ingliz) va flektiv-analitik tillarda (nemis, fransuz) barcha jumlalarda 
so‘zlarning to‘g‘ri joylashtirilishini (so‘z tartibi) belgilovchi nutqning 
grammatik ko‘nikmalari. Ya’ni jumlalarning asosiy sintaktik sxemalarini 
(stereotiplarini) o‘zlashtirish ko‘nikmalari. 
Samarali grammatik ko‘nikmasi – suhbatdoshning to‘g‘ri nutqiy modelni 
tanlab, uni nutq vazifasi va til normalariga muvofiqlashtira olish qobiliyati. Nutq 
vazifasi har doim biror ma’lumotni uzatshni nazarda tutadi.Grammatik shakl 
vazifani bajarishga xizmat qilganligi sababli, Ye.I. Passov grammatik shakl va 
nutq vazifasi bir-biri bilan bog‘liq bo‘lishi kerakligini ta’kidlaydi. 
Grammatik mahorat avtomatlashtirilgan, barqaror, moslashuvchan, “ongli” 
bo‘lishi kerak.Reseptiv grammatik mahorat – o‘quvchining (tinglovchining) 
o‘rganilayotgan tilning grammatik shakllarini tanib olish va ularning ma’nolari 
bilan o‘zaro bog‘lash qobiliyatidir. Grammatik ko‘nikmalarni shakllantirish 
jarayoni turli xil uslubiy yondashuvlar nuqtai nazaridan tashkil etilishi mumkin. 
Hozirgi vaqtda chet tillarni o‘qitish metodologiyasida quyidagi yondashuvlarni 
ajratib ko‘rsatish mumkin:
1. Eksplisit yondashuv;
2. Implisit yondashuv;
3. Differensial yondashuv.
Eksplisit yondashuv doirasida grammatik ko‘nikma va qobiliyatlarni 
shakllantirishda ikkita usulni ajratish mumkin: deduktiv va induktiv.
“Deduktiv” so‘zi “deduksiya” so‘zidan kelib chiqadi, ya’ni umumiydan 
xususiyga tomon xulosa chiqarishni anglatadi. Deduktiv usul bilan ko‘nikma va 
ko‘nikmalarni shakllantirishning birinchi bosqichi – tanishish bosqichi bo‘lib, u 
qoida va misollar bilan tanishish jarayonida amalga oshiriladi; ikkinchi bosqich 
– mashq bajarish bosqichi – ajratib ko‘rsatilgan rasmiy operatsiyalarni bajarishni 
o‘z ichiga oladi; uchinchi bosqich – nutq amaliyoti – tarjima mashqlari asosida 
tashkil etiladi.
Eksplisit yondashuvning yana bir usuli – induktiv usuldir. Induktiv usul 
faktlardan umumiy taxminlarga o‘tishni nazarda tutadi. Induktiv usul 
talabalarning o‘zlariga chet tilini o‘rganayotganda duch keladigan hodisalarga 
asoslangan qoida ishlab chiqishga imkon beradi. Induktiv usul yordamida 
o‘quvchilar matndan notanish grammatik shakllarni topadilar va ularning 
mazmunini kontekst orqali tushunishga harakat qiladilar. Chet tilidagi matnni 
ona tilidagi tarjimasi bilan taqqoslash orqali grammatik qoida shakllantiriladi.
Undan keyin yangi grammatik hodisani uning shakllarini aniqlash, izohlash va 
aktuallashtirishni bo‘yicha bir qator mashqlar bajariladi.
Implisit yondashuv o‘z ichiga ikki usulni qamrab oladi: strukturaviy va 
kommunikativ. Strukturaviy usullarni turli mualliflar tomonidan og‘zaki, faol, 
strukturaviy-funksional va hokazo deb nomlangan usullar doirasida ishlab 


102 
chiqilgan grammatik ko‘nikmalarni shakllantirishning turi deb atash mumkin. 
Bu kabi modellarni strukturaviy deb atalishining asosiy sababi shundaki, ularda 
ma’lum bir grammatik hodisalar formulalar orqali ifodalanadi, masalan: S – V 
– O, bu yerda S – ega, V – kesim, O – to‘ldiruvchi. Strukturaviy modellar 
shuningdek lingvistik yoki nutq modellari deb ham ataladi.
Grammatik ko‘nikmalarni shakllantirishning yana bir yondashuvi – bu 
kommunikativ usuldir. Kommunikativ usullarga intensiv usullarning turli xil 
variantlari, til muhitiga tabiiy ravishda sho‘ng‘ish kiradi, kommunikativ 
maqsadlar uchun aloqa qilish zaruriyatini paydo qiladi. Chet tillarini o‘qitishning 
kommunikativ usuli, shu jumladan grammatika ko‘nikmalarini shakllantirish 
Ye.I. Passov tomonidan ishlab chiqilgan. Differensial yondashuv o‘quv 
maqsadi, nutq faoliyatining turi, o‘qitish bosqichi, til materiali va talabalarning 
darajalariga qarab turli xil o‘qitish usullari va mashqlardan foydalanishni o‘z 
ichiga oladi. Chet tili grammatikasini o‘qitishda I.L. Bim quyidagilarni taklif 
qiladi:
1. Grammatikani maqsad emas, balki nutqning tarkibiy tuzilishi sifatida 
tushunish.
2. Faol va nofaol grammatik minimumni tanlash. Grammatik minimumni bilish 
darajasi to‘liq va avtomatlashtirilgan bo‘lishi kerak.
I.L. Bim
33
grammatikani o‘qitishda ikkita asosiy maqsadni ajratib ko‘rsatish 
mumkinligini ta’kidlaydi:
- birinchidan, o‘quvchilarga nutqni grammatik jihatdan ravon va to‘g‘ri 
shakllantirishni o‘rgatish;
- ikkinchidan, ta’lim oluvchilarni o‘qish va grammatik hodisani ko‘ra olish va 
matnning asosiy ma’nosini tushuna olishga o‘rgatish. 
Ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun minimal darajadagi faol 
grammatik ko‘nikma bo‘lishi kerak. Uning asosiy prinsiplari quyidagilardan 
iborat:
– og‘zaki nutqda keng qo‘llanilishi prinsipi;
– 
namunali bo‘lish prinsipi;
– 
sinonim grammatik hodisalarning mavjud emasligi prinsipi.
Nofaol grammatik minimmum ham mavjud bo‘lib, uning asosiy tamoyillari 
quyidagilar hisoblanadi:
– kitobiy-yozuv uslubida ustunlik prinsipi; 
– 
polisemiya prinsipi; 
Chet tilini o‘qitishda grammatik materiallarni tashkil etish juda muhimdir. Bu 
ko‘p jihatdan nutqiy faoliyatning turlarini grammatik muvaffaqiyatini 
Bim Inessa Lvovna - pedagogika fanlari doktori, professor, Rossiya Fanlar Akademiyasining akademigi, 
chet tillarni o’qitish nazariyasi va metodikasi sohasidagi olima. Inessa Lvovna nemis tilidagi bir nechta 
maktab darsliklarining muallifi hamdir.U dastlab fanni o’qitishda tizimli yondashuvni qo’lladi, uning 
asosida fan sifatida chet tilini o’qitish metodologiyasining asoslarini yaratdi. 


103 
belgilaydi.
“Har bir grammatik hodisaning qo‘llanilishi”, deydi A.A. Leontiev, – mahorat 
darajasiga yetkazish kerak. Agar shakl funksiya bilan birga tushunilgan bo‘lsa, 
avtomatizmga erishiladi. Funksiyasidan ajratilgan shaklni yodlash uning keyingi 
to‘g‘ri ishlatilishini qiyinlashtiradi. Darhaqiqat, talaba fe’lning tuslanish 
paradigmasini yodlay oladi, fe’llarning asosiy shakllarini ikkilanmasdan 
takrorlay oladi, lekin u ko‘pincha oddiy fikrni ifoda eta olmaydi. Shuning uchun 
nutqning grammatik tomonini o‘qitishdagi oltin qoida bu, o‘rganilayotgan 
strukturaning qo‘llanilishiga e’tibor berishdir. Faqat shundagina uni ishlatish 
mahorati shakllanadi. Darhaqiqat, kundalik hayotimizda biz biror grammatik 
funksiyani ishlatishni xohlaganimiz uchun emas, u yoki bu fikrni ifodalamoqchi 
bo‘lganimiz uchun ham gapiramiz.” 
Shuning uchun mashqlar tabiatan kommunikativ bo‘lishi kerak, ular grammatik 
mahoratni shakllantirishga yo‘naltirilgan, tayyorgarlik va nutq qobiliyatlarini 
rivojlantirish uchun mo‘ljallangan turlarga bo‘lingan.
O‘qituvchi xitoy tilinini o ‘rgatishi jarayonida o‘quvchi tomonidan tilni 
o‘rganish va nutq faolligini uyg'unlashtirgan holda, o‘quv materialini ham 
lingvistik, ham kommunikativ jihatdan samarali egallashni ta’minlashi kerak. 
Faoliyatning barcha turlarida tizimga rioya qilish kerak.Tushuntirish ona tilida 
berilishi kerak. Yangi leksik va grammatik materiallarni joriy qilish bilan, 
tayyorgarlik mashqlarini bajarish juda muhimdir. Yangi lug'at bilan 
tanishtirishda so‘zning grammatik va semantik xususiyatlarini, ulardan 
foydalanish chegaralarini berish, jumladagi o‘rniga ahamiyat qaratish kerak. 
Yangi so‘zlarni kiritishda ularni grammatik xususiyatlariga qarab guruhlarga 
birlashtirish va ushbu guruhlarning taniqli so‘z va iboralarini esga olish tavsiya 
etiladi. Grammatik materiallarni kiritish va birlashtirish o‘rganilgan lug'at 
bo‘yicha amalga oshirilishi kerak. Yangi grammatik materiallarni birlashtirish, 
tanish so‘z birikmalarida olib boriladi, shunda tinglovchilarning diqqat-
e'tiborlari yangi grammatik materialga qaratiladi.O‘qituvchining izohi aniq va 
oldindan tayyorlangan misollar bilan birga bo‘lishi kerak. 
Xitoy tili darslarida grammatik materialni o‘rganish quyidagilarni o‘z ichiga 
oladi: 

grammatik hodisalar, tuzilmalar bilan tanishish (misollar bilan 
tasdiqlovchi xulosa); 

misollardagi grammatik tuzilishlarni faollashtirish (tahlil va sharhlar bilan 
mashqlar); 

mustaqil ishlash mashqlari (og’zaki va yozma); 

tinglash mashqlarini bajarish; 

leksik va grammatik materiallarning assimilyatsiyasini majburiy nazorat 
qilish. 


104 
Namuna sifatida xitoy tili darslarida bitta mashg‘ulot uchun ishlanmada 
grammatik materialni tushuntirishni ko‘rib chiqamiz: 
1.
Avvalo, mavzu bo‘yicha grammatik materiallar bilan tanishtirish kerak: 
"Xitoy tilida ranglarning ifodalanishi, bunday gaplarda “... 
是什么颜色的
? » 
savolining 
qo‘llanilishi. 
(Mashg‘ulot 
"Ranglar" 
mavzusiasosida
ilgario‘rganilgan lug'at yordamida olib borildi.) 
Xitoy tilidagi ranglarni bildiruvchi sifatlar quyidagi vazifalarni bajaradi:
1) egaga yoki toldiruvchiga aniqlovchi vazifasini bajaradi: 
绿的苹果不是我的。
Yashil olma meniki emas. 
哥哥吃两块黑的面包。
Akam ikki bo‘lak qora non yedi. 
奶奶没有棕色的毛笔。
Buvimning jigarrang mo‘yqalami yo‘q. 
2) predikatning nominal qismi: 

汉俄词典是蓝色的。
xitoycha-ruscha lug’atko‘k rangda. 

妹妹的猫是黑的。
Singlimning mushugi qora. 

大学生的粉笔不是彩色的,
Talabaning bo‘ri rangli emas, oq rangda. 
2.
“….. 
是什么颜色的
?” so

rog‘i o ‘zbek tiliga “…..qanday rangda” 
deyatarjimaqilinadi.

你的书包是什么颜色的
? Seningportfelingqandayrangda?

书包是黑的。
Portfelimqorarangda.

学生有什么颜色的铅笔
? O

quvchida qanday rangdagi 
qalam bor?

学生有红蓝的铅笔。
O

quvchida qizil-ko ‘k rangdagi 
qalam bor.

你的钢笔是什么颜色的
? Sening qalaming qanday rangda?

我的钢笔是黑的。
Mening qalamim qora rangda.
 
3.
Faollashtirish bosqichida ushbu mashqlarni og’zaki bajarish tavsiya 
etiladi, bu bir vaqtning o‘zida mavzu bo‘yicha so‘z boyligini faollashtirishga 
va so‘zlash qobiliyatini yaxshilashga yordam beradi. Mustaqil tayyorgarlik 
jarayonida mashqlarni og'zaki va yozma bajarish tavsiya qilinadi. O‘zbek 
tilidan xitoy tiligatarjimadaesa jumlalarini yozma ravishda bajarish tavsiya 
etiladi.Tinglash mashqlarini bajarish grammatik materiallarni birlashtirish 
bosqichida ham, ovoz yozish vositasidan foydalanib, leksik va grammatik 
materialni assimilyatsiya qilish bosqichida ham qo‘llanilishi mumkin. 
Masalan jumlalarni xitoy tilidan o‘zbek tiliga tarjima qiling: 
1.
奶奶的狗是什么颜色的

奶奶的狗是黑的。
2.
王同志的书包是什么颜色的

书包是蓝的。
3.
妹妹爱喝什么茶?妹妹爱喝绿茶,不爱红茶。
4.
大学生的钢笔是什么颜色的

钢笔是红蓝的。


105 
5.
中国人的筷子是什么颜色的

中国人的筷子是黄的。
6.
爸爸的汽车是什么颜色的

爸爸的汽车是灰色的。
7.
学员有什么颜色的粉笔?学员有彩色的粉笔。
8.
这是什么颜色的刀子?一把是黑的,第二把是绿的。
9.
那是什么颜色的桌子?桌子是棕色的。
10.
俄汉词典不是白的,是粉红的。
Yoki jumlalarni xitoy tilidan o‘zbek tiliga tarjima qiling: 
1.
Akamda ikkita lug‘at bor: biri ko‘k, biri yashil.
2.
Sening iting qanday rangda? Meningitimqora.
3.
O ‘qituvchiningstoliqandayrangda? O ‘qituvchiningstolijigarrang.
4.
Yaponlarningmashinasiqandayrangda? 
Yaponlarningmashinasikulrang.
5.
Oyimningsoatiqandayrangda? Oyimningsoatisariqrangda.
6.
Ukam to‘rtta yashil olmani yedi.
7.
Opamning chizg‘ichi qanday rangda? Uning chizg‘ichi rang-barang.
8.
Shifokorning narsalari qanday rangda? Shifokorning narsalari ko‘k 
rangda.
9.
Talabaning ikkita qora qalami bor.
10.
Buvim to ‘rtta jigarrang stul sotib oldilar.
4.
Leksik va grammatik materiallarning o‘zlashtirilishining nazorati:og’zaki 
(tarjima mashqlari, ovoz yozuvidan foydalangan holda tinglash mashqlari 
orqali) va yozma ravishda (test elementlaridan foydalanish tavsiya etiladi). 
Quyidagi mashqlar tavsiya qilinadi: 

aralshtitilgan so‘zlar asosida jumlalar tuzish vao‘zbek tiliga tarjima qilish: 
1.
我,买,妈妈,苹果,黄的。
2.
彩色的,有,弟弟,铅笔,他,没。
3.
是,钢笔,那,的,不,蓝色的。
4.
日本的,黑,也,汽车,是。
5.
桌子,棕色的,不,老师,是,白的,的,是。
6.
什么,钢笔,是,你,颜色,的,的?
7.
椅子,的,不,大学生,是,黄的。
8.
还,灰的,他,狗,有。

xatolarni toping va kerak bo‘lgan joylrini tuzating: 

他也要两块白的手表。

学生有两个钢笔:一个是红的,一个是蓝的。

你喝是什么颜色的茶?

奶奶有三条狗:两条狗是白的,一条是黑的。


106 

弟弟买了一本绿的汉语的课本。

她姐姐吃三个红的苹果。

日本的自行车灰的。

你的本子是什么颜色的?是棕色的。

妹妹画一条黑的狗

Download 2,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish