Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti



Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/116
Sana18.04.2022
Hajmi2,82 Mb.
#561492
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   116
Bog'liq
fayl 2067 20211105

 
 
30
Jalolov J. Chet tili o‘qitish metodikasi. -T.: O‘qituvchi. 2012. - B. 85


55 
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar: 
1.
Chet tillarinio‘qitishmetodikasidagiqandayprinsiplarsizgama’lum? 
2.
 
Didaktikata'limprinsipiningmetodikadagiahamiyatiniaytibbering.
 
3.
Shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish prinsipi qanday elementlarni o‘z ichiga 
oladi? 
 
3.4-
§.
Yangi pedagogik texnologiyalarning shakllari 
 
O‘quvmashg‘ulotiningmaqsadi: 
Yangipedagogiktexnologiyalarningshakllari, 
ularnidarsmashg 
‘ulotlaridaqo‘llashhaqidama’lumotlarberish 
 
Tayanch so‘z va iboralar:
texnologiya,portfolio, maqsad,mazmun, 
rivojlantiruvchi,motivatsion , reyting, refleksiv. 
Pedagogik texnologiya ta’lim shakllarini optimallashtirish vazifasini 
qo’yuvchi o’qitish va bilimlarni o’zlashtirishning hamma jarayonlarini yaratish, 
qo’llash va aniqlashning tizimli metodi ekan, dars mashg‘ulotlarida barcha 
texnologiyalrning vazifasi va umuman o‘qituvchining har bir harakati 
o‘zlashtirishning hamma jarayonlarini yaratishga xizmat qilishi kerak. Shu 
sababli ham quyida berilayotgan texnologiyalarni biz tolaqonli ravishda 
pedagogik texnologiyaning ayrim shakllari sifatida qabul qilishimiz o‘rinli 
bo‘ladi. Ayrimlar bu texnologiyani nazorat shakliga ham o‘xshatishlari mumkin. 
Lekin nazorat shakllaridan farqli o‘laroq bular nafaqat bilimni baholash uchun 
vosita, balki o‘quvchi saviyasini oshiruvchi vosita bo‘lganligi uchun ham bularni 
aynan pedagogik texnologiya shakllari deb atasak o‘rinli bo‘ladi.
O‘quvportfoliosi–
“Portfolio”italyantilida 
“hujjatlarbilanpapka”, 
“mutaxassispapkasi” 
deganma’nonianglatadi. 
Portfolio 
– 
buasosano‘ziningimkoniyatlarininamoyonetishgamo‘ljallanganishlarto‘plami.
 
O‘quv portfoliosi falsafasi quyidagilarni nazarda tutadi: 
-
ta’lim oluvchi mazkur mavzu va fan bo‘yicha bilmaydi va qila olmaydi 
deb ta’kidlash o‘rniga u biladi va qila oladigan urg‘u berish; 
-
baholashning miqdor va sifat bog‘liqligi; 
-
pedagogik urg‘uni pedagogning bahosidan ta’lim oluvchining o‘ziga baho 
berishiga ko‘chirish. 
Portfolioning asosiy ma’nosi – “har bir ta’lim oluvchi u nimaga qodirligini 
ko‘rsata olishiga imkon berish”, ular uchun “o‘sishga rag‘batlantiruvchi omil” 
yaratish. 
Bunda portfolio bir necha 
funksiyalarni 
bajaradi: 
- tashxisli (belgilangan vaqt davomida ta’lim oluvchilarning bilimlari 
o‘zgarishi va o‘sishini aniqlaydi) 
-
maqsadli(ular uchun aniq va ahamiyatli o‘quv maqsadlari); 


56 
-
mazmunli (ular bajaradigan ishlarning barchasini namoyon etadi); 
-
rivojlantiruvchi(o‘quv 
jarayonining 
yildan 
yilga 
uzluksizligini 
ta’minlaydi); 
- motivasion (ta’lim beruvchi, ta’lim oluvchi va ota-onalarning hamkor-
likdagi faoliyatlarini rag‘batlantirish); 
-
reytingli(ularning miqdoriy va sifatli shaxsiy yutuqlarini aniqlashga imkon 
beradi); 
-
refleksiv(ularning 
o‘zlarini 
rivojlanishlarini 
baholashlarini 
rag‘batlantiradi, ya’ni o‘ziga baho berish va o‘zini tahlil qilish malakalarini 
shakllantirish). 
Portfolioning qanday turlari bo‘ladi? 
Portfolioning birinchi turi - ta’lim oluvchining muvaffaqiyatlar portfoliosi 
uch bo‘limdan tashkil topishi mumkin: “hujjatlar”, “ishlar” va “taqrizlar”. 
Hujjatlar bo‘limiga shaxsiy o‘quv yutuqlar - olimpiadada, ko‘rik tanlovlarda 
va boshqa tadbirlarda qatnashganligi to‘g‘risidagi hujjatlar (fahriy yorliq, 
diplom, sertifikat, guvohnomalar, shahodatnomaga ilova va boshqalar kiradi. Bu 
ularning yutuqlarini ham son, ham sifatini baholash imkonini beradi. 
Ishlar bo‘limi – ta’lim oluvchining ijodiy, tadqiqotchilik va loyiha 
ishlarining to‘plami, uning o‘quv va ijodiy faolligining asosiy shakl va 
yo‘nalishlarining tavsifi. Portfolioning bu bo‘limi berilgan ko‘rsatkichlar 
bo‘yicha sifatli bahoni beradi: to‘liqlik, turlichaligi, materiallarning ishonarliligi, 
o‘quv va ijodiy faollik o‘zgarishi, qiziqishlari yo‘nalganligi. 
Taqrizlar bo‘limi - bu ta’lim beruvchilar, ota-onalar tomonidan berilgan 
ta’lim oluvchining turli faoliyat turlariga aloqadorligi tavsifi va boshqalar, 
shuningdek, ularning o‘z faoliyatini va uning natijalarini yozma tahlili (xulosalar 
matni, taqrizlar, rezyume va boshqalar). Portfolioning bu qismi ta’lim 
oluvchining o‘ziga baho berish mexanizmini kiritish, bu bilan ta’lim olish bilan 
bog‘liq jarayonlarning anglanganligi imkonini beradi. 
Ikkinchi turi - ta’lim oluvchining shaxsiy rivojlanishi o‘sishini ko‘rsatuvchi 
refleksiv portfolio. Portfolioning bu turi ularning maqsadlarini, o‘zining o‘quv 
ishining borishi va natijalarini tahlil qilish va baholashga asoslangan. Bu 
papkaga insholar, bayonlar, esse, suratlar, o‘zini kuzatish varag‘i, o‘ziga baho 
berishning turli shakllari (masalan, men o‘quv jarayonida yuzaga kelgan 
qiyinchiliklarni qanday yengaman), o‘zini kuzatish kundaliklari va boshqalar 
kiradi. 
Portfolioning uchinchi turi – muammo - izlanishlarni, maqsadlarni, biror-
bir muammo jarayoni va natijalarini aks ettiradi. 
Portfolioning bunday ko‘rinishi ta’lim oluvchining ishini tahlil — sintez — 
baholash darajasida ko‘rsatadi. Odatda, ishning hajmi va sifati, shuningdek, hal 
qilinayotgan muammoning murakkablik darajasini aniq ruknlar bo‘yicha 


57 
kuzatish mumkin, masalan: o‘rganish uchun adabiyotlar ro‘yxati; mikro-
mavzular, muammoli joylari, tadqiqot rejasi; munozarali nuqtai nazarlar; 
dalillar, sonlar, statistika; sharhlar, aforizmlar; boshqa fan sohalari bilan 
bog‘liqligi; tadqiqot natijalari; tadqiqot natijalari bo‘yicha xulosalar; tadqiqot 
metodlari; bashorat va istiqbollar. 
Bunday portfolioda materialni yig‘ish va tizimlashtirish ta’lim oluvchilarga 
faqatgina ilmiy ishni munosib o‘tkazishni emas, balki ularning ongli 
qiziqishlarini ilmiy namunalar darajasigacha “ko‘taradi”. 
Portfolioning to‘rtinchi turi - biror-bir katta mavzu, bo‘lim, o‘quv kursini 
o‘rganish jarayonida yaratiladigan tematik portfolio. Ish quyidagicha bo‘ladi: 
boshida ta’lim beruvchi o‘rganiladigan mavzuni, shuningdek, u bo‘yicha nazorat 
shaklini ushbu mavzu ustidagi ish natijalarigako‘ra tuzilgan o‘zining 
portfoliosini himoya qilishi haqida e’lon beradi. Ta’lim oluvchilarga boshidanoq 
fikrlash va anglashning turli darajalarini aks ettiruvchiturlicha murakkablikdagi 
vazifalar topshiriladi. 
Demak, portfolio - bu: 
-
ta’lim oluvchining shaxsiy yutuqlarini aniqlash, yig‘ish va 
baholash usuli; 
-
ularning ishlari va natijalari to‘plami; 
-
tizimli, maxsus tashkil qilingan va bilim, malaka, munosabat, salohiyat 
monitoringi uchun qo‘llanadigan dalil-isbotlar to‘plami; 
- ta’lim sub’ektining egallagan tajriba va yutuqlarini ko‘rsatuvchi, turli 
ma’lumotlarga ega ishchi fayl papka. 
Portfolio uchun qo‘llash mumkin bo‘lgan ruknlar: 
-
Nazariy 
monolog: 
portfolio 
mavzusi 
bo‘yicha 
asosiy 
nazariy 
mazmun taqdim etiladi. 
-
“Bu nitani anglatadi?”: tushuncha-terminli lug‘at. 
- “Mashg‘ulot to‘g‘risida mulohazalar”:portfolio mavzusi bo‘yicha o‘quv 
mashg‘ulotini refleksiv tahlili. 
- “Javobsiz qolgan savollar”. 
- “Yozma ish”: ta’lim oluvchining mavzu bo‘yicha bajargan barcha yozma 
ishlari kiritiladi. 
-
“Darsdagi topshiriqlar”: agar darsda kichik yozma topshiriqlar berilgan 
bo‘lsa, ular portfolioning alohida ruknini tashkil qilishi mumkin. 
Portfolio yig‘ishni qanday boshlash kerak? 
Murakkab tuzilmali portfolio tuzishga kirishishning hojati yo‘q. Har qanday 
portfel tuzish jarayoni uch bosqichda boradi: ta’lim oluvchining barcha ishlari 
yig‘ilgan vaqtda; ularning eng yaxshi ishlari yig‘ilgan vaqtda; ta’lim olish 
samaradorligini ko‘rsatish uchun ishlar yig‘ilgan vaqtda. 
Portfel tuzishni boshlash uchun, uni tuzish maqsadini, uning turini aniqlash, 


58 
yig‘ish birligini aniqlash va ta’lim oluvchilar oldiga vazifa qo‘yish kerak. 
Masalan: “Chorak bo‘yicha eng yaxshi ishlaringizni yig‘ing”, yoki “Ushbu oy 
davomidagi barcha yozma ishlaringizni papkaga yig‘ing”. Mana shu o‘quv 
jarayoniga portfelni joriy etishda birinchi qadam bo‘ladi. 
Nimalarni e’tiborga olish kerak? 
1. Har bir ta’lim oluvchiga portfolio to‘ldirish nima uchun kerakligi 
tushunarli bo‘lishi kerak. 
2. Portfolio turini tanlash (ta’lim beruvchi tomonidan berilgan yoki ta’lim 
oluvchi o‘zi tanlagan bo‘lishi mumkin). 
3. Ruknlar nomi va tuzilishini tanlash (ta’lim oluvchilarga portfolio 
tuzilishini ko‘ra olishlariga, har bir ruknning mazmunini va vazifasini tushunish 
hamda ishlarni qaerga va qaysilarini yig‘ishga oydinlik kiritadi). 
4. Topshirish muddati va portfolio ustida ishlash vaqti: darslarda, mustaqil 
ish vaqtida. Uy vazifasini tayyorlash vaqtida. 
Ruknlarning umumiy soni; ulardan majburiysi qancha. 
Baholash usullari. 
Portfolioni baholash mezonlari. Odatda, ta’lim oluvchilar bilan birgalikda 
aniqlanadi, lekin faqat ta’lim beruvchi tomonidan belgilanishi mumkin. 
Mezonlar to‘plami o‘quv predmetining xususiyatlariga, uni o‘zlashtirish 
maqsadlari, o‘qitish sharoitlari va boshqalarga bog‘liq. Lekin har qanday 
vaziyatda, mezonlar sifatida quyidagilarni ko‘zda tutish tavsiya etiladi: majburiy 
rukn va xulosalarning mavjudligi; ishning tadqiqot metodlarini qo‘llash; 
portfolioning loyihalash xarakterdaligi; mazmunning “shaxsiy bog‘liqligi”; ish 
sifati; portfolioning ta’lim oluvchi uchun foydaliligini tahlili. B. Blum 
taksonomiyasi asosida mezonlar va klassifikatsiyani ishlab chiqish mumkin. Har 
bir vazifa turi murakkablik darajasiga qarab avvaldan belgilangan ball bilan 
baholanib, ta’lim oluvchiga e’lon qilinadi. 
Maqsadlar bosqichlari bo‘yicha vazifalar quyidagi tarzda bo‘ladi: 
- yangi material(atamalar, dalillar, tushunchalar, qoidalar)ni qayta tiklash. 
Agarda ta’lim oluvchi atamalarni to‘g‘ri qayta tiklasa va qo‘llasa, aniq dalillarni, 
tushunchalar, qoidalarni bilsa, maqsadga erishilgan deb hisoblanadi; 
- o‘rganilgan hodisani, uni interpretatsiyasi va qayta tiklanishini tanish; 
-
Bilimlar(qoidalar, nazariyalar)ni amaliyotda ya’ni yangi sharoitlarda 
qo‘llash; 
-
material tahlili, ya’ni alohida elementlarga ajratish va ularning o‘zaro 
aloqasi mantiqini o‘rnatish. Agarda ta’lim oluvchi yaxlit bir butunning 
qismlarini, fikrlash mantiqidagi kamchiliklarni ko‘ra olsa maqsadga erishilgan 
hisoblanadi;
 
-
alohida elementlarni yangi yaxlitga birlashtirishni bilishni ko‘zlagan 
sintezga asoslanish. Agar ta’lim oluvchilar ijodiy ishlar yozsalar, muammo 


59 
ustida ishlashda turli sohalardan bilimlarni qo‘llasalar maqsadga erishilgan 
hisoblanadi; 
-
belgilangan mezonlar bo‘yicha biror-bir hodisalarni baholash.Agar ta’lim 
oluvchi mezonlarni ajrata olsa va ularga amal qilsa, mezonlar turlarini ko‘ra olsa, 
dalillar va baholash mulohazalari orasidagi farqlarni ajrata olsa maqsadga 
erishilgan hisoblanadi. 
Portfolioni baholash variantlari 
-
portfolio ustida ishlashning faqat jarayoni va xususiyati baholanadi; 
berilgan mezonlar bo‘yicha portfolioning faqat alohida ruknlari (masalan, 
majburiy ruknlar) baholanadi; 
-
barcha ruknlar baholanadi, umumiy baho o‘rtacha arifmetika bo‘yicha 
chiqariladi; 
-
avvaldan belgilangan mezonlar asosida portfolioning yakuniy varianti 
baholanadi; 
-
faqatgina portfolioning o‘zi emas, balki uni taqdimotining sifati ham 
baholanadi; 
-
portfolio baholanmaydi, balki ta’lim oluvchi yakuniy mashg‘ulot yoki 
nazoratda alohida qismlarini tanlab oladi. 
Portfolioni baholash usullari: 
-
Baholash usullaridan biri “Yakun yasash” jadvali hisoblanadi. 

Download 2,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish