Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/372
Sana18.04.2022
Hajmi4,15 Mb.
#559406
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   372
Bog'liq
kriminalist

yo‘nalishidagi murakkabligiga
qarab uch 
turga: 
yoysimon, sirtmoqsimon va aylana
shaklidagi chiziqlarga 
bo‘linadi.
YOysimon kashtada
chiziqlar bir tomondan ko‘tarilib aylana 
hosil qilib, qarama-qarshi tomonga yo‘naladi.
Sirtmoqsimon kashtada
ichki oqimdagi ikki yoki undan ko‘p 
chiziq kashtaning markazida sirtmoq tashkil etadi va yana qayta o‘z 
tomoniga yo‘naladi. Sirtmoq hosil qilgan chiziqlar oqimining og‘ishi 
bosh barmoq tomoni bo‘yicha yo‘nalsa, sirtmoqdagi kashtaning radial 
formasi, agar og‘ish jimjiloq tomon bo‘lsa, ulinar formasi deb ataladi. 
Kashtadagi sirtmoqlarning o‘zi oddiy, berk, yarimta va bukilgan 
formalarda bo‘ladi. Kashtadagi sirtmoq hosil qilgan papillyar 
chiziqlarning har uch oqimi bir-biriga yaqinlashgan joyda bitta 
uchburchak delta hosil bo‘ladi. 
Aylana kashtada
papillyar chiziqlar turli shakldagi dumaloq
markazdan o‘ngga yoxud chapga yo‘nalgan aylana doiralardan tashkil 
topgan bo‘lib, har ikkala tomonida deltasi bo‘ladi. Ushbu deltalarning 
o‘zaro joylashishi asosida ham aylana kashtalar turlarga bo‘linadi. 
Ekspertiza faoliyatida ko‘p hollarda barmoq izlari tekshirilib 
turiladi. Kaftning u yoki bu qismi izlari nisbatan kamroq uchraydi. Biror 
modda bilan qo‘llar, barmoqlarni kashta tuzilishlarini aniqlash mumkin. 
Ko‘rinmaydigan izlarni ko‘rinarli qilib, kriminalistik texnik vositalari 
yordamida ko‘chirib olinadi. Izlar alohida predmet, buyumlarda topilgan 
hollarda izni predmeti bilan olinib (unga hech qanday vosita 
qo‘llanilmasdan) ekspertizaga yuboriladi. 
Solishtirib tekshirish uchun shubhalanilgan shaxslarning o‘nta 
barmog‘i va ikki kaftining izlari maxsus daktilokartalarda aks ettirilib 
namuna sifatida yuboriladi.
Ma'lumot uchun! Jinoyat sodir bo'lgan va boshqa hodisalar ro'y 
bergan joylarda qo'l izlarini silliq predmet - buyumlarda, masalan, 
bo'yalgan pol, devor, eshik-deraza yog'ochlari va metall qismlari, uy-
ro'zg'or buyumi, mebellarning silliq ustki qatlamlarida izlash lozim. 
Silliq bo'lmagan o'ziga yog' va teri suyuqligi singdiradigan 
buyumlarda iz qolgan bo'lsada, uni ko'rinarli qilish, ko'chirib olish va 
identifikatsiya qilishning iloji bo'lmaydi, chunki bunday iz 
individuallik hususiyatlarini aks ettira olmaganligi sababli yaroqsiz 
hisoblanadi.


80 
Hodisa 
joyida 
topilgan 
barmoq 
izini 
fotosuratga 
olib 
mustahkamlangandan so‘ng uni maxsus daktiloplyonkaga ko‘chirib 
olinadi va namunalar bilan ekspertizaga yuboriladi. Ko‘rinmaydigan va 
bo‘yalgan qo‘l-barmoq izlari alohida kichik buyum yoki jinoyat qurolida 
qolgan bo‘lsa, mazkur predmetni hech qanday o‘zgarishsiz izlari bilan 
olib, maxsus usul bilan o‘rab joylashtirib ekspert ixtiyoriga havola 
qilmoq tavsiya etiladi. Ekspertiza topilgan iz shubhalanilganning qaysi 
qo‘li va barmog‘idan qolganligini aniqlashga yordam beradi. 
2-rasm. Qo‘l barmoq izlari, 
chapda hodisa joyidan topilgan iz, o‘ngda gumon qilinuvchi 
barmog‘idan namuna izi (bir xildagi belgilar raqamlar bilan ko‘rsatilgan)

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish