Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Suratga va video-tasvirga tushirish natijalarini protsessual



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/372
Sana18.04.2022
Hajmi4,15 Mb.
#559406
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   372
Bog'liq
kriminalist

Suratga va video-tasvirga tushirish natijalarini protsessual 
rasmiylashtirish 
Jinoyatni ochishda va tergov olib borishda sud fotografiyasi 
suratlarni etarli darajada yuqori sifatli bo‘lishini ta’minlashi kerak. 
Fotografiya suratga olingan holat va vaziyatning belgilarini va ma’lum 
ob’ektlarini to‘la tasvirlay olishi lozim. Sud fotografiyasi dalillarni 
tasdiqlabgina qolmay, isbotlash jarayoninini ham engillashtiradi. 
Fotosuratlar bayonnomaga ilova qilinadi, ammo bu narsa tergovchini 
bayonnoma yozishdan ozod qilmaydi. Oldingi olingan suratlar ham 
izohlab yozilishi kerak. Fotografiya tashqi ko‘rinishni ko‘rsatadi, xolos, 
ammo tergovchining so‘z bilan aytadiganlarini (materialning qattiq, 
yumshoqligi, ahamiyat darajasi, strukturasini) ko‘rsata olmaydi.
Fotoapparat modeli va ob’ektiv markasi voqea sodir bo‘lgan 
holatni rekonstruksiya qilish uchun kerak bo‘ladi. YOrug‘lik turi, 
yorug‘lik filtri va fotomateriallarning sezgirligini ko‘rsatish predmet 
yoki detalning yorug‘lik darajasi ko‘z bilan qaraganda baho berish 
E'tibor 
qiling! 
Kriminalistik 
fotosuratlar 
tergov 
harakati 
bayonnomasida o'z aksini topadi. Ko'zdan kechirish bayonnomasida 
olinayotgan ob'ektning nomi, fotoapparat rusumi, ob'ektiv markasi, 
yoruqlik turi, (tabiiy, sun'iy), negativ fotomateriallarning spektral 
sezgirligi, fotografiya usuli, suratga olingan kadrlar soni, diafragmasi 
va b.q. ko'rsatiladi. Masshtab bilan suratga olinmagan bo'lsa, masofani 
ko'rsatuvchi shkaladagi metri ko'rsatiladi. 


73 
uchun 
kerak 
bo‘ladi. 
Suratdagi 
predmetlarning 
rangi 
va 
fotomateriallarning turiga qarab suratda u yoki bu kamchiliklar bo‘lishi 
mumkin. Masalan, qizil, havorang, ko‘k, jigarrangli predmetlar o‘zining 
rangidan to‘qroq chiqadi. Fotoapparat bilan suratga olinganda nuqtalar 
voqea sodir bo‘lgan joyda tartib nomeri bilan belgilanishi va 
tayyorlangan fotosuratga mos kelishi kerak.
Guvoh, ayblanuvchining ko‘rsatuvi bilan voqea joyini suratga 
olganda bayonnomada suratga olingan ob’ektlar fotografiya usullari, 
olingan soni ko‘rsatiladi. Bir ob’ekt ustida bir necha shaxslarning 
ko‘rsatuv fikri bo‘lishi uchun har xil yorug‘lik filtrlari, negativ va 
diafragmani o‘zgartirib olish va belgilash mumkin. Tergov eksperimenti, 
tanib olish uchun ko‘rsatish va tintuvda ob’ektni aniqlash uchun 
fotografiya usuli va kadrlar sonini ko‘rsatish etarli. Bayonnomaga 
kiritilgan suratlar tushuntirish matni bilan to‘ldiriladi. Matn suratning 
orqa tomoniga yoki kattaroq oq qog‘ozga yopishtirilgan suratning tagiga 
yoziladi.
Muhim alomatlar nomer yoki belgi bilan ko‘rsatiladi. Tanib olish 
uchun olingan surat tasviri ko‘rsatilgan shaxsning ismi, familiyasi, 
otasining ismi tushuntirish matnida beriladi. Suratlar tergovchi yoki 
surishtiruv olib borgan shaxs tomonidan imzo qo‘yilib tasdiqlanadi. 
Bayonnomaga xolislar va tergovchi imzo qo‘yadi.
Ekspert-kriminalistlar tayyorlagan fotosuratlarni o‘zining maxsus 
shakldagi surat jadvali blankasiga yopishtiriladi. Fotografiya yordamida 
olib borilgan tekshirishlar ekspert xulosasining tekshirish qismida 
yozilgan bo‘lishi kerak. Fotoapparat modeli, ob’ektiv markasi, yorug‘lik 
manbai, yorug‘lik filtri va fotoyorug‘lik sezuvchi materiallar 
ko‘rsatiladi. Xulosa jadvalga havola qilinadi, ob’ektning xarakterli 
belgilari ko‘rsatiladi. Belgi bilan kontrol surat ham ko‘rsatiladi, suratlar 
tushuntirish matni bilan to‘ldiriladi, unda suratga olingan ob’ekt uchun 
E'tibor qiling! Tushuntirish matnida quyidagilar bo'lishi kerak: 
suratga tushirilgan ob'ektning nomi; 
voqea joyining ko'rinishi; 
predmetlarni daliliy ashyolarni to'plash va shunga o'hshash 
tergov harakati olib borilgan kuni, vaqti, surat yopishtirilgan 
bayonnomaga ilova qilinadi.


74 
Tadqiqot fotosurat olish usullari 
Yorqinlikni kuchaytirish 
Rangini o'zgartirish 
Fizikaviy, kimyoviy o'zgarishlar 
Infraqizil nurlarda 
Ultrabinafsha 
Rentgen nurlardi 
Radioaktiv moddalarning nurlarida 
Tergov harakatlarini yuritishda fotosuratlar qo'llashni protsessual 
rasmiylashtirish 
Yoruqlik sharoitlari 
Suratga olingan ob'ektlar 
Suratga olgan shahs haqida ma'lumotlar 
Fotosuratga olishning tehnik vositalari va 
sharoitlari (kamera turi, ob'ektiv rusumi, 
plyonka sezgirligi, diafragma, muhlat, 
qo'shimcha sharoitlar) 
Tergov harakatlari bayonnomasida 
ifodalash 
Fotosuratlarni blankaga yopishtirish 
Tasvirning ahamiyatga molik detallarini 
belgilash (chiziqlar, harflar, raqamlar 
yordamida) 
Suratlarni tushuntiruvchi so'zlar 
Surat jadvalini tergovchi va suratga olgan 
shahs imzosi bilan tasdiqlash 
Foto jadvalni rasmiylashtirish 
qo‘yilgan belgining ahamiyati tushuntiriladi. Har bir jadval ekspert 
imzosi bilan tasdiqlanadi.
Kino suratlarni rasmiylashtirishda bo‘lgan hodisa bayonnomada 
ko‘rsatiladi. Protsessual qoidalarga rioya qilib surati olingan ob’ektning 
xarakteri, epizodlarning olingan soni, qisqa mazmuni, suratga olish 
usullari, kinoapparatning modeli, ob’ektiv markasi, kadrlarning aylanish 
tezligi, yorug‘lik turi bayonnomada ko‘rsatiladi.

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish