Mikro va makrofotografiya
oddiy usul bilan tekshirib
bo‘lmaydigan o‘rta, mayda izlar va boshqa detallar maxsus qisqa fokusli
ob’ektiv yoki fotokamera yoki fotonasadka bilan birlashtirilgan holda
mikroskop orqali aniqlanadi va qayd qilinadi.
Birinchi usulda ob’ekt 20-30 marta kattalashtirilib beriladi va u
makrosurat deb yuritiladi.
Mikroskoplar optik va elektron mikroskop orqali yanada ko‘p
darajada kattalashtirilib berilishi (bir qancha ming marta) mumkin va
mikrosuratga olish yo‘li bilan aniqlangan izlar, detallar ularning
kattalashtirilgan tasvirlari bo‘yicha amalga oshiriladi (MKS-1, MFN-2,
MRKA, “Ularus” kabilar yordamida).
Suratga olishda mikroob’ektlar tasvirining sifati ko‘p jihatdan
yorug‘likning aniq belgilanishiga va yoritgich yo‘nalishi to‘g‘ri
tanlanganligiga, yoritgichning kuchiga bog‘liq, chunki bunday holatda
yorug‘lik uncha ko‘p bo‘lmaydi.
Kontrast,
ya’ni ob’ekt va undagi detallarning ko‘zga
tashlanishidagi farqlar shunchalik sust bo‘lishi mumkinki, ularni bir-
biridan ajratish qiyin.
Kontrastni kuchaytirish uchun (masalan, qog‘ozdagi yozuvning
farqini) hujjat kontrastli fotomaterialga tasvirlarni ustidan qo‘yish uchun
bir martalik kontrast fotosuratga olib, tasvirni fotokimyoviy yo‘l bilan
ko‘chaytirish uslublari bilan amalga oshiriladi.
Ranglarni ajratish rangi o‘zgargan, o‘yilgan, shikastlangan
(kuydirilgan), o‘chirilgan, matnlar qo‘shib yozilgan, ayrim chizmalarga
yoki harflarga tuzatishlar kiritilgan hujjatlar tekshirilayotgan rangli
kontrastlarni svetofiltr bilan suratga olish yo‘li bilan kuchaytirish
mumkin. Bunda fon yoki detallarni aniqlash vazifasi qo‘yiladi.
Turli kriminalistik ekspertizalarni o'tkazish paytida quyidagi
vazifalarni
hal qilishga to'g'ri kelishi mumkin:
1) kichik hajmli ob'ektning oddiy ko'z bilan ko'rib bo'lmaydigan
detallarini aniqlash;
2) oddiy ko'z bilan ilg'ab bo'lmaydigan atrof-muhit fonidan
salgina farq qiluvchi detallarni aniqlash;
3) oddiy yoruqlikda ko'rib bo'lmaydigan detallarni aniqlash.
69
Svetofiltrni tanlab olish uchun atrofdagi doira bo‘yicha qo‘shimcha
ranglardan foydalaniladi. Qandaydir ranglarning detali tasvirini
kuchaytirish uchun unga (doira bo‘yicha mos keladigan) qo‘shimcha
rang beruvchi svetofiltr olinadi, yorug‘likni kamaytirish uchun
zamonaviy rang svetofiltri olinadi.
Ko‘rinmas dog‘larni spektrning nurlarida suratga olish
(ultrabinafsha, infraqizil, rentgen). Ultrabinafsha, infraqizil nurlar,
shuningdek, ko‘rinadigan yorug‘likning ayrim zonalari spektrning
ko‘rinmas zonalaridagi alohida moddalar lyuminessensiya ultrabinafsha
yoki infraqizil nurlarga sezuvchan fotomateriallar bilan suratga olinadi.
Fotoapparatning ob’ektiviga 3S-1, JZS-5, JZS-5, JS-17 yoki KS-19
svetofiltr yoxud kvarsli optik moslamalar (“Ufar”, “Zufar” tipidagi
ob’ektivlar) kiydiriladi.
Kaltalashtirilgan ultrabinafsha nurlari bilan suratga olish turlarini
kattalashtirish va o‘tkazishdagi farqlarga, binobarin fotoqatlamlarga bir
xil qabul qilinadigan yoki oddiy ko‘z bilan qaraganda ko‘rinmaydigan
ayrim moddalar bilan ta’sir o‘tkazishga asoslangan. Ko‘p hollarda
qaytarilgan ultrabinafsha nurlari orqali suratga olish kimyoviy reaktivlar
bilan o‘chirilgan hujjatlarni tiklash maqsadida amalga oshiriladi.
Filtr yordamida masalan, ob’ektlardagi otilishdan qolgan iz yoki
qon dog‘larini aniqlab olish, siyoh to‘kilgan, uchib ketgan yoki
xiralashib qolgan xatlarni o‘qish mumkin. Bunday ob’ektlarni infraqizil
nurlari orqali IKS-1, IKS-2 svetofiltr yordamida infraxromatik
fotomaterial yoki elektron-optik o‘zgartirgich bilan oddiy fotomaterial
orqali suratga olish mumkin.
Rentgen nurlarida tekshirishlar asosan laboratoriya sharoitlarida
olib boriladi. Rentgen nurlari bilan suratga olish hajmli ashyolarning
ichki tuzilishlarini ko‘rish va tekshirish uchun qo‘llaniladi. Rentgen
nurida tekshirishda nur o‘tmaydigan elementlar qo‘llaniladi va maxsus
apparatda kuzatish yo‘li bilan yoki maxsus rentgen fotoplyonkalariga
olib tekshiriladi. Kriminalistik tekshirishlar o‘tkazishda rentgen
nurlaridan tashqari radioaktiv nurlantirishdan, ya’ni gamma va betta
nurlaridan foydalaniladi.
So‘nggi paytlarda jinoiy hodisani to‘liq va atroflicha qayd
qilishning zamonaviy vositalardan biri-tobora keng qo‘llanilayotgan
videotasvirga olishdir. Ilgari videoyozuv bo‘lmaganda, magnit tasmasiga
ovoz yozuvi, kino va fototasvir kabi dalillarni mustahkamlashning
an’anaviy usullari qo‘llanilgan. Fikrimizcha, bu usullarda bir qator
kamchiliklar mavjud bo‘lgan. Videoyozuv apparatlari 70-yillarning
70
boshlarida jinoyat ishlarini tekshirishda foydalanila boshlandi. Boshqa
ilmiy-texnik vositalarga nisbatan afzalligi tufayli videoyozuv nafaqat
dalillarni to‘plash, tergov jarayonlari va natijalarini mustahkamlash,
balki ish bo‘yicha mustaqil dalil sifatida keng qo‘llanishi bilan e’tiborli
deyishga asos bor.
Dalillarni mustahkamlashning grafik va fototasvir usullaridan
farqli o‘laroq, videoyozuv barcha ma’lumotlarni dinamik tartibda to‘liq
aks ettiradi. Videoyozuvni qo‘llash tergov harakatlarining borishi,
voqealarning rivoji va jarayonining o‘zi ham aks etgan to‘liq axborot
manbai ekanligi bilan ham ahamiyatlidir. U ishonchli daliliy ashyolarni
qo‘lga kiritishga xizmat qiladi. Videoyozuv hodisani tergov harakati
ishtirokchilari qanday kuzatgan bo‘lsa, shunday holda qayta namoyon
etadi. U alohida belgilarni faqat asl holatda emas, balki sekinlashtirilgan
yoki tezlashtirilgan holda namoyish etishi, kadrlarni to‘xtatish, unda aks
ettirilgan voqealarni sinchiklab kuzatish va izchil o‘rganib chiqish uchun
qulaydir. Bu nafaqat dastlabki tergov, balki sud uchun ham alohida
ahamiyatga molik. Xususan, sudlanuvchilarning dastlabki tergovda
bergan ko‘rsatuvlarini, ma’lumotlarini o‘zgartirishi va boshqa yo‘llar
bilan dastlabki tergov materiallarining daliliy ahamiyatini yo‘qotishga
urinishi tekshirilganda ayniqsa qo‘l keladi.
Videomagnitofon texnikasining afzalligi shundaki, izlarni suratga
olish, tergov harakatlari o‘tkazishda etarli bo‘lmagan jihatlarni
to‘ldirishda qo‘llash mumkin (yomon ob-havoda, qorong‘i
joylarda).
Qonunga ko‘ra, kinotasvirdan foydalanganda albatta yuqori ta’sirchan
surat tasmasi bo‘lishi kerak. Videoyozuvda esa tungi vaqtda, ochiq,
voqea sodir bo‘lgan joylarni ko‘zdan kechirishda qo‘shimcha va
sun’iy
yorug‘likdan foydalanilsa ham bo‘ladi. Xususan, “Ranasonic”
videokameralari uchun noqulay sharoitlarda ham korpusida joylashgan
galogen chiroq nuri quvvati etarli bo‘ladi. Bundan tashqari, qo‘shimcha
yorug‘likni qo‘llash va yoritishning boshqa usullarini qo‘llash ham
mumkin.
Vide-oyozuvni kinotasvir, videofonogramma bilan bog‘liq tarzda
tarjima qilingan filmning turli ko‘rinishi sifatida ko‘rib chiqish mumkin.
Bunda u kinotasvir apparatidagi ifoda yorug‘lik plyonkasida emas, balki
videomagnitofondagi magnit videotasmasida mustahkamlanishi bilan
farqlanadi. Xullas, videoyozuv voqeani qayd etishning eng qulay va
ishonchli vositasi bo‘lib, shubhaga yo‘l qo‘ymasligi bilan ustuvordir.
Videoyozuvlar kinotasvir bilan solishtirilganda tezkor va aniq iqtisodiy
afzalliklarga ham ega. Uning yana bir afzal jihati oq va qora
71
kinomanbalari bilan solishtirganda ularga nisbatan kengroq axborot
doirasiga
ega
rangli
videotasmalardan
foydalanish
imkoniyati
mavjudligidir.
Kinotasvirni kimyoviy qayta ishlashda uning sifati yuqori bo‘lishi
hamda to‘liq yaroqli bo‘lishiga kafolat bo‘lmaydi. Kinoplyonkani
montaj qilishda ham xatolarga yo‘l qo‘yilishi mumkin. Kinokameradan
farqli
o‘laroq,
videokamera
avtomatik
tartibda
ishlaydi,
videomagnitofonni televizion apparatga ulash hech qanday qiyinchilik
tug‘dirmaydi. Videoyozuvning o‘rni shundaki, videomagnit tasmasi
hech qanday qayta ishlashni talab qilmaydi, balki ko‘p marotaba
ishlatilishi, videoyozuvni tergov harakatini tasvirga olish tugashi bilanoq
namoyish etish mumkin.
Videoyozuv tergov harakati bayonnomasida yozilgan ayrim
holatlarni to‘liq va aniq berish, shuningdek, unda ayrim sabablarga ko‘ra
yozilmagan predmet va hodisalarni aks ettirish uchun foydalaniladi,
tergovchi yo‘l qo‘ygan kamchiliklarni to‘ldiradi, bayonnomada yozilgan
detallarni ko‘rish va ularni tasavvur qilish imkonini beradi. SHuningdek,
ishni to‘g‘ri hal qilishda ahamiyatli holatlar haqida ob’ektiv
ma’lumotlarni o‘zida mujassam etadi. U qulay va vaqtni iqtisod qilishi
bilan ham afzaldir. SHu sababli videoyozuv texnikasini avvalambor
tergovni qiziqtiruvchi hodisalar, manbalar va dinamik harakatdagi
ob’ektlarni qayta tiklash va qayd etish uchun qo‘llash maqsadga
muvofiq.
Videoyozuv texnikasi, voqea joyini ko‘zdan kechirish, u er holat
murakkab va tez o‘zgaradigan bo‘lsa, masalan, yong‘in, suv toshqini,
portlash, transport halokati yoki voqea natijalari bilan bog‘liq, qayta
tiklash ishlarini qayd etish hollarida samara beradi. Videokamera
voqeaning umumiy tasviri, masalan, yong‘in belgilarini batafsil o‘rganib
chiqishda yordam beradi. Ayrim hollarda hatto uning yuz berish
sabablarini aniqlash, olov tarqalish yo‘nalishini belgilashda qo‘l keladi.
Agar yong‘in joyi o‘rmon hududi bo‘lsa, maydon taraflari bo‘yicha
yuqoridan ko‘rinishi vertolyotdan foydalangan holda amalga oshirilishi
mumkin.
Videoyozuv o‘zgaruvchan hollardagi ma’lum ob’ekt va hodisalarni
ko‘rish zarurati tug‘ilganda, ma’lum shaxsning hodisalarni ko‘rishi
zarurati tug‘ilganda, ma’lum shaxsning aniq vaqt oralig‘ida kasbga xos
bilimlarni qo‘llash bilan biror usulda ma’lum harakatni sodir etish
imkoniyatini tekshirish kabi tergov eksperimentlarini o‘tkazishda
ko‘proq foydalidir.
72
Dalillarni videoyozuv texnikasi yordamida qayd etishning yangi
usuli protsessual me’yorlarga zid kelmaydi va jinoyat ishini
tekshirishning samarasini hamda dastlabki tergov materiallarining dalil
manbalari bahosini oshiradi.
1-rasm. Murdaning topilgan joyida ikki tomondan rasmga olish
Do'stlaringiz bilan baham: |