Tanib olish uchun suratga olish
tirik shaxslarni va murdalarni
quyidagi maqsadlarda suratga olish uchun qo‘llaniladi: 1) ro‘yxatga
olish uchun; 2) tanib olish uchun ko‘rsatish uchun; 3) ekspert tadqiqoti
uchun.
Tanib olish uchun suratga tushirilganda yuz tasviri natural
kattaligining 1/7 qismini tashkil qilishi tavsiya etiladi. Lekin bunday
darajadagi kichkinalashtirishga faqat 6x9, 19x12 va undan ko‘proq
hajmdagi kadrli fotoapparatlar yordamida erishish mumkin.
Murdani tanib olish uchun suratga tushirish quyidagi tartibda
amalga oshiriladi: dastlab, sud-tibbiyot eksperti murdani qiyofasini
tiklashga harakat qiladi. Suratga tushirish fas, o‘ng va chap profil
Ma'lumot uchun! Tirik shahslarni suratga tushirish qoida bo'yicha ikki
holatda amalga oshiriladi: to'g'ridan va o'ng-chap tomonidan. Yuz
qismining alohida hususiyatlari bo'lsa, ikkala tomondan ham suratga
tushiriladi. Suratga tushirishda bosh tik holatda bo'lishiga e'tibor qilish
kerak. Yon tomonidan suratga tushirishda sochlar quloq yoki uning
qismini berkitmasligi lozim. Suratning foni och kulrang bo'lishi kerak.
Agar fon sifatida ishlatiladigan ekran bo'lmasa, suratga tushiriluvchi
och rang devor oldida turishi zarur, lekin boshning soyasi devorga
tushmasligi uchun devor va u orasidagi masofa bir metrga yaqin
bo'lishi kerak. Suratga tushirishda yoruqlikka e'tibor qilish joiz, ya'ni u
juda tekis va yoyilgan bo'lmasligi kerak, chunki bunday yoruqlik
yuzni tekis qilib, konturlarsiz ko'rsatadi. Eng yahshi natijalarga 45
daraja ostida burchakda berilgan umumiy yoyilgan yoruqlik sharoitida
erishiladi.
64
amalga oshiriladi. Murdani tik holatda suratga tushirish mumkin. Bunda
murda stulga joylashtiriladi va boshi stuldagi maxsus ushlagichga
bog‘lab qo‘yiladi. Murda yalang‘och holda topilgan bo‘lsa, uning badani
suratga tushirilishdan oldin oq mato bilan o‘raladi. Murdaning ustiga
boshqa kiyimlarni kiygizish noto‘g‘ri bo‘ladi, sababi bu tanib oluvchini
tanib olish vaqtida adashtirishi mumkin.
Suratga tushirishning xususiy usullari voqea sodir bo‘lgan joyni
suratga olish bayonnomasini tasviriy qilib mustahkamlashga va
ashyoviy dalillarning fotonusxalarini jinoyat ishiga qo‘shib qo‘yishga
yordam beradi. Voqea sodir bo‘lgan joyni o‘z vaqtida kechikmay
suratga olish muhim ahamiyatga ega.
Statik ko‘zdan kechirish chog‘ida joylardagi ob’ektlar qanday
turgan bo‘lsa, vaziyatni o‘zgartirmay, shu holda obzorli, markazli
suratga olish lozim bo‘ladi.
Dinamik ko‘zdan kechirish-aktiv harakat bo‘lib voqea joyini
detalli ko‘rib chiqishdir. Voqea sodir bo‘lgan joyda o‘q otish qurollari,
gilza, patronlar, izlar, ashyoviy dalillar sinchiklab ko‘rib chiqiladi,
qo‘lga olib ko‘riladi, agar ularni olib ketishning iloji bo‘lmasa suratga
olinadi. Suratga olish ob’ektlari jinoyat uchun bevosita aloqador bo‘lgan
maydon, ko‘cha, bino, uy, o‘rmon, temir yo‘l, tomorqa erlar, uyning
ichidagi ko‘zga ko‘ringan predmetlar va jinoyatdan qoldirilgan izlar,
shuningdek, oyoq kiyim, qo‘l izlari, buzilgan, sindirilgan to‘siqlar,
buzish qurollari, transport vositalari va ularning izlari bo‘lishi mumkin.
Bular qo‘shimcha ravishda ko‘rgazmali dalil bo‘lib xizmat qiladi. Voqea
sodir bo‘lgan joyni ko‘rsatadigan fotografiya aniq maqsadlarga mos
ravishda har bir ko‘rib chiqish bosqichi bajarilganligini ko‘rsatuvchi
surat olingandagina to‘liq bajarilgan hisoblanadi.
Voqea joyini suratga olish quyidagi turlarda amalga oshiriladi:
E'tibor qiling! Tergovchi voqea sodir bo'lgan joyda olgan
suratlarining natijalari unumli bo'lishi uchun:
1) voqea sodir bo'lgan joydan boshqa manfaatdor shahslarni
chetlatish;
2) vaziyatning o'z holaticha saqlanishini, daliliy ashyolar va
boshqa predmetlarning dahlsizligini ta'minlash;
3) voqea sodir bo'lgan joy va u yerdagi ashyoviy dalillar, qo'l,
oyoq, kiyim, transport izlarini, tashqi muhit ta'siridan yomg'ir va
qordan saqlash choralari ko'rilishi kerak.
65
Do'stlaringiz bilan baham: |