93
Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek (22.03.1394-27.10.1449) – buyuk o‘zbek astronomi va
matematigi. Davlat arbobi va ma'rifatparvari. Amir Temur Sohibqironning nevarasi. 1409 yildan
Samarqand hukmdori. Otasi — Shohruhning vafotidan so‘ng temuriylar dinastiyasi boshlig‘i.
Samarqandda — madrasa va dunyoda eng yaxshi rasadxona bunyod etdi. O‘z atrofiga mashhur
matematik va munajjimlarni to‘plab, ilmiy maktab tashkil etdi. Samarqand rasadxonasida bir asrga
yaqin muddat mobaynida ilmiy kuzatishlar olib borildi. Unda yulduzlar va sayyoralar
harakatiga oid
«Yangi astronomik jadvallar» («Ziji jaddi Ko‘ragoniy») (1437 y.) tuzilib, astronomiyaning nazariy
va amaliy masalalari keng bayon etildi. 1019 yulduzning vaziyati ko‘rsatilib, qariyib 200 yil
davomida Tixo Bragegacha uning aniqlash eng yaxshi bo‘lib turdi. Ulug‘bek tomonidan juda aniq
trigonometrik jadvallarni tuzishga imkon beruvchi al-jabr usullari ishlab chiqildi. Bu usul istalgan
aniqlikda hisoblashlarni amalga oshirishga yordam berar edi. Uning nomi bilan Samarqand
me'morchilik-qurilish instituti, Toshkent shahrida MirzoUlug‘bek tumani va ko‘plab joylar ataladi.
Oyning ko‘rinib turuvchi tomonidagi bir krater Ulug‘bek nomi bilan ataladi. 1994 yilda uning 600
yillik yubileyi Reslublikamizda va jahonda keng nishonlandi.
Salohiddin Muso ibn Muhammad ar-Rumiy Qozizoda (1364-1436) – Ulug‘bek ilmiy
maktabida faoliyat ko‘rsatgan matematik. Turkiyadagi Rum (Hozirgi Bursa) shaxrida tavallud
topgan. Samarqandda yashadi va ijod qildi. Fan sohasidagi yutuqlari uchun «Aflotuni zamon»
degan nom olgan. Uning matematikaga oid ishlari: «Arifmetika haqida risola», «Asosiy jumlalar»
kitobiga sharqlar» (bunda Evklid V postulatini isbotlashga urinadi), «Sinus haqida risola» (2° li
vatar, ya'ni 1° li sinusning ikkilangani uchun tenglamani keltirib chiqarish va yechish bayon
etilgan), «Sinus choragi haqida risola» (algebra va trigometriyaga bag‘ishlangan bo‘lib,
trigonometrik funktsiyalarning har bir to‘rtdan bir daraja qiymatlari al-Jabr usulida aniqlangan).
Uning matematika bo‘yicha ishlari al-Koshiy ishlariga ulashib ketgan.
G‘iyosiddin Jamshid ibn Ma'sud al-Koshiy (1385-22.06.1429)-matematik va astronom,
Samarqandda Ulug‘bek rasadxonasida Qozizoda ar-Rumiy bilan ishlagan. Koshon (Eron) shahrida
tug‘ilgan. 1417-yilda — Samarqandga keladi va shu yerda yashab ijod qiladi. Matematikaga oid 3
ta asar yozgan: «Arifmetika kaliti» («Miftoxul-hisob») (1427 yilda yozgan) sodda matematika
bo‘yicha asosiy o‘qish kitobi bo‘lib xizmat qilgan. Kitobda ilgari matematika bo‘yicha olingan
natijalar bilan birgalikda ko‘p muhim kashfiyotlar bayon qilingan. Xususan, sonlardan ixtiyoriy
musbat butun ko‘rsatkichli ildiz chiqarish, ikkihad — Nyuton binomini butun musbat darajaga
ko‘tarish, Xitoy va arab Sharqi olimlariga qaraganda izchilroq o‘nli kasrlar va ular ustida amallar
bajarish qoidalari ishlab chiqilgan. Olim yuqori tartibli tenglamalarni taqribiy yechish qoidalarini
«Vatar va sinus haqida» asarida bayon etadi. Natural sonlar to‘rtinchi darajalari yig‘indisini topish
qoidasi Koshiy nomi bilan ataladi. «Aylana haqida risola» (1427 yil) asarida al-Koshiy sonining
verguldan keyingi 17 ta qiymatini topadi. (Yevropada bunday natija 1597 yilda qo‘lga kiritilgan),
bunda Arximed usulidan foydalanadi, aylanaga ichki chizilgan muntazam tomonlik orqali soni
qiymatini aniqlagan (ya'ni u muntazam 600 335 168-burchak tomonini hisoblashiga to‘g‘ri kelgan).
U trigonometrik hisoblashlarni takomillashtirdi, osmon jismlarigacha bo‘lgan masofalarni o‘lchash
usulini topdi, sayyoralar harakatini kuzatish uchun mexanik asbob ixtiro qilgan.
Aloviddin ibn Muhammad Ali Qushchi (1402-1474) — astronom va matematik. Ulug‘bek
rasadxonasida ishlagan. Dastlab Ulug‘bek saroyida «Qushchi» lavozimida ishlagan. So‘ngra Xitoy
imperatori saroyida Ulug‘bekning elchisi bo‘lgan. Ulug‘bek vafotidan so‘ng Istambulga ko‘chib
ketadi. Uning bizga ma'lum matematikaga oid asarlari: «Hisob risolasi» (1425 yil) asari xindlar
arifmetikasi (o‘nlik pozision sistema), astronomlar arifmetikasi (oltmishlik sanoq sistemasi) va
geometriyaga bag‘ishlangan, «Kasrlar haqida risola» (1430 yil) kasrlarga bag‘ishlangan bo‘lib,
unda oddiy va o‘nli kasrlar haqida to‘liq ma'lumot berilgan. «Kitobul — Muhammadiya» asari fors-
tojik tilida yozilgan, geometriya, trigonometriya va arifmetikaga bag‘ishlangan. Bunda u birinchi
bo‘lib, hozirgi «musbat» va «manfiy» atamalarini kiritdi. Unda shuningdek, tekis uchburchaklar
trigonometriyasi, sinus va kosinus teoremalari, uchburchak va doira yuzlarini topish formulalarini
berdi. Qushchi uchburchaklarni yechish masalasi bilan shug‘ullangan. Bu masalada Koshiy va
Qushchi birinchi bor kosinuslar teoremasini qo‘llaganlar. (Ovrupoda Viet uni 1593 yilda tatbiq