98
ABU RAYXON BERUNIY
BERUNIYNING HAYOTI
Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniy Xorazm vohasidagi qadimiy shaharlardan biri
bo‘lgan Qot shahrida (hozirgi Beruniy shaf 973 yil 4 sentyabrda tug‘ilgan. Uning bolalik va yoshlik
davri Qotda o‘tdi. Qot shahri O‘rta Osiyoning feodalizm davridagi taraqqiy etgan markaziy
shaharlaridan biri bo‘lgan.
X asr oxirlarida Xorazm ikki qismga bo‘lingan bo‘lib, janubiy Xorazm — markazi Qot,
shimoliy Xorazm — markazi Urganch shahri edi. Bu davrda Xorazmning Sharqiy Yevropa
mamlakatlari bilan savdo va madaniy aloqalari taraqqiy etgan, umuman Xorazm davlatining
gullagan davri edi. Xorazmning katta shaharlari—Qot va Urganchda ko‘plab mashhur olimlar
fanning turli sohalarida chuqur va keng ilmiy ishlar olib borar edilar. Bu olimlar fan sohasida
entsiklopedist bo‘lganlar. Xorazmning ikkala qismi hukmdorlari orasidagi taxt uchun kurash
Mamun g‘alabasi bilan tugadi. 995 yilda Urganch amiri Mamun Xorazmning ikkala qismini yagona
bir davlatga birlashtirdi. Qot hukmdori Abdullohning yengilishi, Qot shahrida ilmiy ish bilan
shug‘ullangan olimlar hayotiga salbiy ta`sir ko‘rsatdi.
Beruniyda bolalik chog‘laridayoq fanga chuqur qiziqish va uning tarmoqlarini egallashga
intilish bor edi. U ko‘proq aniq fanlarga qiziqar edi. Yosh Beruniydagi bunday iste`dodni sezgan
Abu Nasr ibn Iroq uni o‘z tarbiyasiga oladi. Ibn Iroq Xorazmning hukmron doiralariga karindosh
bo‘lib, u X — XI asrlarning eng yirik astronom va matematiklaridan edi. U uzoq yillar davomida
Beruniy bilan birga bo‘ladi, unga astronomiya va matematika sohasida ustozlik qiladi. Beruniy
umrbod o‘z qalbida ustoziga bo‘lgan chuqur hurmat va minnatdorchilik hislarini saqlab qoladi.
995 yil hodisasidan so‘ng Beruniy o‘z vatani Xorazmni tashlab ketishga majbur bo‘ladi. Bu
davrda u yirik olim bo‘lib tanilgan edi. Ro‘y bergan hodisa uning ilmiy ishlariga putur etkazadi. O‘z
ilmiy ishlariga qulay sharoit va osoyishtalik izlagan Beruniy Kaspiy dengizi janubi-sharqiy
qirg‘og‘ida joylashgan Jurjon shahriga boradi. Yo‘lda, yeronniig hozirgi Tehron shahri yaqinida
joylashgan Ray shahrida to‘xtaydi va bu yerda O‘rta osiyolik mashhur astronom matematik
Xo‘jandiy bilan uchrashadi. Beruniy Ray shahridagi rasadxonada, Xo‘jandiy bilan birgalikda
kuzatish va o‘lchash ishlari olib boradi. Beruniy bu rasadxonada Xo‘jandiy tomonidan yasalgan
«Faxriy sekstanti» nomli katta astronomik asbob bilan qiziqadi va «Faxriy sekstanti bayoni haqida»
nomli asar yozadi (995 — 997 yillar).
Beruniy 1005 — 1017 yillarda yana Qotda yashaydi. U Mamun II hukmdorligi davrida
Qotda tashkil etilgan «Donishmandlik uyi»da o‘sha zamoning yirik olimlari bilan hamkorlik qiladi.
Ular orasida mashhur faylasuf, tabiatshunos, tabib Ibn Sino, faylasuf Abu Sahl Masixiy, olim va
tabib Abul Hasan Hammor, adib Abu Mansur as-Saolibiy va boshqa qator olimlar bor edi.
Beruniy yoshligidanoq mehnatsevar bo‘lib, ko‘p vaqtini turli kuzatishlar bilan o‘tkazar edi.
U yoshlik chog‘larida astronomik asbob—devor kvadratini yasagan. U Xorazmning turli joylari
koordinatalarini aniqlash bilan shu-ullandi va 995 — 996 yillarda Qot shahrida diametri 15 ziro`
(Ziro`—qadimgi o‘lchov birligi, 49 sm chamasida) bo‘lgan doira va boshqa asboblar bilan
astronomik o‘lchash ishlari olib bordi.
998 — 1004 yillarda Beruniy Jurjon shahrida yashaydi, Bu joyda u o‘zining birinchi eng
katta asari «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» (Al-Osorul-boqiya anil-qurunil-xoliya) nomli
kitobini yozadi.
Beruniy bu asarida Sharq mamlakatlari xalqlarining kalendarlari, fan va madaniyatlari
haqida ko‘p faktlarni bayon etdi. Bu asar orqali Beruniyning shuhrati butun Sharqqa tarqaldi.
1010 yilda Xorazm shohi Mamun Beruniyni Xorazmga chaqirdi va uni fan sohasida asosiy
maslahatchi qilib tayinladi.
Beruniy Mamun «Donishmandlik uyi»ning a`zosi hisoblanib, unda 7 yil ilmiy ish olib bordi
va juda ko‘p fan masalalarini hal qildi. Lekin u o‘z vatani Xorazmda ko‘p yashay olmadi, chunki
1017 yilda zolim shoh Sulton Mahmud tomonidan Xorazm bosib olindi. Mashhur olimlarning ko‘pi
quvg‘inlikka uchradi. Shu jumladan, mashhur olim Ibn Sino Jurjonga yashirindi, Beruniy asirlikka
olinib, G‘azna shahriga jo‘natildi. Sulton Mahmud olim Beruniyni Mahmudning xohishiga qarab
ish olib borishga va unga bo‘ysunishga majbur qilgan bo‘lsa ham, ulug‘ Beruniy bu mashaqqatlarni
99
engib, qiyinchiliklarga bardosh berdi va ilmiy-ijodiy ishlarini zo‘r mahorat bilan davom ettirdi. U
doim vatanini qo‘msab yashadi. Bu yillarda astronomiya to‘g‘risida va planetalar harakati xaqida
kitoblar yozdi. 1025 yilda «Geodeniya» asarini yozib tugatdi.
Beruniyning fan sohasidagi shon-shuhrati boshqa mamlakatlarga yoyila boshladi. Uni
iste`dodli, ajoyib olim sifatida taniy boshladilar.
Sulton Mahmudning poytaxti G‘azna bo‘lib, u Hindistonning shimoliy va g‘arbiy
territoriyasini o‘z mamlakatiga qo‘shgan edi. Mahmud o‘zining Hindistonga qilgan harbiy
yurishlariga saroy olimlarini ham olib borardi . Shuning uchun Beruniy ko‘p yillarni Hindistonda
o‘tkazdi. U hind xalqining madaniyati va fani, turmushi va adabiyotiga juda qiziqdi va uni o‘rgandi.
U qadimiy hind tili — sanskrit tilini o‘rgandi, bir qancha hind olimlarining asarlarini arab tiliga
tarjima qildi. Yunon matematiklarining o‘lmas asarlari hisoblangan Evklidning «Negizlar» nomli va
Ptolemeyning «Almagest» nomli asarini sanskrit tiliga tarjima qildi. Beruniy bu ajoyib
mamlakatning ko‘p shaharlarida bo‘ldi, undagi xalqlarning turmushlariga va to‘plagan
materiallariga asosan 1031 yilda «Hindiston» nomli kitobini yozib tugatdi.
Bu kitobda hindlarning matematika va astronomiya fanlari sohasidagi ilmiy ishlari va bu
fanlarning taraqqiyoti bayon etilgan. Shuningdek, bunda XI asrgacha hind xalqining madaniyati va
turmushi, falsafa, tarix, geografiya va boshqa fanlarning ham taraqqiyoti bayon etilgan.
Hindiston respublikasining mashhur jamoat va davlat arbobi marhum Javohirlal Neru,
o‘zining «Hindistonning kashf etilishi» asarida hind fani, madaniyati, tarixi haqida o‘zining
qimmatli fikrlarini tarix sahifalariga yozib qoldirgan mashhur olim Beruniyni hurmat bilan tilga
oladi.
«Beruniy—deb yozadi Neru—yunon falsafasini bilib olib, hind falsafasi bilan tanishish
uchun sanskrit tilini o‘rgandi. Beruniy hind va yunon falsafasini bir-biri bilan solishtirib, bulardagi
umumiylikni ko‘rib hayratda qoldi. Beruniyning kitoblari faqat ilmiy ma`lumotlar emas, balki
urush, talon-toroj, ommaviy qirg‘inlar bo‘lishiga qaramay, fan ahllari o‘z ishlarini davom
ettirganliklarini ko‘rsatib beradi. Ikki orani nafrat va xudbinlik kayfiyatlari buzib turgan paytlarda
ham Beruniy begona millat odami bo‘la turib, bu o‘lka kishilari ahvolini tushunishga harakat
qiladi».
Beruniy «Hindiston» asarini yozish bilan faqat Sharq mamlakatlariga emas, balki butun
Yevropa mamlakatlariga ham tanildi. Sharq va G‘arb olimlari shu kitob orqali qadimiy o‘lka —
Hindistonning fani va madaniyati bilan tanishdilar.
Beruniy o‘z vatani Xorazmdan uzoq joylarda, G‘aznada va Hindistonda yashab turgan
vaqtlarida, o‘z ona Vatani bilan, undagi yor-birodarlari bilan mahkam aloqada bo‘ldi. Buni shu
bilan isbotlash mumkinki, uning 1029—34 yillar orasida yozgan «Astronomiyadan a
SOSIY
boshlang‘ich ma`lumotlarni tushuntiruvchi kitob» («Kitob at-tafhim») asari uning xorazmlik do‘sti
Hasanning qizi Rayhonaga bag‘ishlangan.
Beruniy o‘zining o‘lmas asari «Qonuni Mas`udiy»ni yozish bilan astronomiyaning o‘z
zamonigacha bo‘lgan holatini fan tarixida yozib qoldirdi. Beruniy bu asarini yozishda, qadim
zamonlardan boshlab, to o‘zi yashagan davrgacha bo‘lgan matematika va astronomiya fanlarining
taraqqiyoti bilan tanishib chiqdi. Bu asarda astronomiya va matematikaga doir bilimlarni bayon
qildi.
Bulardan tashqari, Beruniy bir qancha boshqa asarlar yozdiki, ular orasida astronomiyaga
tegishli: «Quyosh xarakatini tekshirish», «Astrolyabiya xaqida risola». «Oy xaqida risola»,
«Farg‘oniyning astronomik tekshirishlari», «Hind astronomlari savollariga javoblar».
«Xorazmiyning astronomik ishlari haqida», «Planisfera haqida risola» va boshqa asarlar bor.
Beruniy asarlari orasida matematika fanining ko‘p bo‘limlariga tegishli bo‘lgan va katta mahorat
bilan yozilgan asarlar bor, Masalan, uning «Trigonometrik funktsiyalarni soddalashtirish»,
«Yulduzlarni tekislikda tasvirlash», «Sfera nuqtalarini tekislikda tasvirlash», «Sferik yoyni aniqlash
haqida», «Evklid ishlariga izoxlar» asarlari shular jumlasidandir.
Beruniy tomonidan yozilgan bu ajoyib asarlar va uning turli tabiiy fanlar sohasidagi
progressiv fikrlari Sharq mamlakatlaridagi fan arboblariga katta ta`sir etdi, ular o‘z ilmiy ishlarida
Beruniy g‘oyalaridan keng foydalandilar, uning usullari va fikrlarini yanada kengaytirdilar.
100
Mashhur astronom, matematik, faylasuf va shoir Umar Xayyom (1048—1131) o‘zining
astronomik kuzatishlarida Beruniyning astronomik asarlaridan keng foydalandi xurosonlik
astronom va matematik Nasriddin Tusiy (1201 —1274), Beruniyning astronomiya va boshqa
sohalardagi asarlaridan keng ravishda foydalandi. Beruniyning ilmiy g‘oyalari bu olimlar
tomonidan davom ettirildi. Beruniy mashhur olim — tabiatshunos, tabib Ibn Sino bilan bir davrda
yashagan, u bilan bir qancha vaqt birga ishlagan. Beruniy bilan Ibn Sino olam tuzilishi haqida ilmiy
munozaralar olib borganlar, bu munozaralarda olg‘a surilgan g‘oyalar astronomiya va fizika tarixida
katta ahamiyatga egadir.
Beruniy 1048 yilda G‘azna shahrida (hozirgi Afg‘oniston territoriyasida) vafot etdi.
O‘zbek xalqining ajoyib farzandi mashhur olim Beruniy o‘rta asrlarning mudhish azob-
uqubatlari va turli dahshat-qiyinchiliklariga qaramay, butun umrini fan va madaniyat taraqqiyoti
yo‘lida sarfladi. Beruniy fan xazinasini shunday bebaho javohirlar bilan to‘ldirdiki, butun insoniyat
bu bilan cheksiz faxrlanadi. Beruniy — entsiklopedist olim bo‘lib, o‘z davrining juda ko‘p fanlari
sohasida chuqur ilmiy tadqiqotlar olib bordi, qimmatli asarlar yaratdi. Mashhur olim
I.Yu.Krachkovskiy yozganidek, «Beruniy qiziqqan sohalarni sanab chiqishdan ko‘ra, qiziqmagan
sohalarini sanab chiqish osonroq».
Beruniy tomonidan astronomiya, matematika, geodeziya, minerologiya, geologiya,
farmakologiya sohalarida olib borilgan ilmiy tekshirishlar bu fanlar tarixida juda katta ahamiyatga
egadir. Uning asarlarida Xorazm xalqining qadimiy tarixiga tegishli juda ko‘p ma`lumotlar borki,
bular Xorazm xalqining fan va madaniyat tarixini o‘rganishda katta ahamiyatga ega. Beruniy O‘rta
Osiyo xalqlarining Hindiston xalqlari bilan madaniy aloqalar o‘rnatish va bu aloqalarni
mustahkamlashda katta xizmatlar qildi. U o‘zining mashhur asari «Hindiston» orqali bu ajoyib
mamlakatning fani, madaniyati va tarixi bilan butun dunyo xalqlarini tanishtirdi. Bu nodir asar
haqida akademik V. R. Rozen shunday deydi: «Bu yodgorlik- shu xildagi asarlar ichida yagonadir.
G‘arb va Sharqning butun qadimiy va O‘rta asr ilmiy adabiyotida bunga teng keladigan asar yo‘q.
Bu asar diniy, irqiy, milliy yoki tabaqaviy bid`atlar va xurofotlardan xoli bo‘lgan xolisona tanqid
ruhi bilan, yangi fanning eng qudratli quroli, ya`ni qiyosiy metod bilan g‘oyat to‘la ravishda
qurollangan, ehtiyotkor va pishiq tanqid ruhi bilan sug‘orilgandir... Undan chin ma`nodagi ko‘lam,
bir so‘z bilan aytganda, hozirgi zamon ma`nosidagi haqiqiy fan ruhi sezilib turadi. Beruniy turli
fanlarga doir 150 dan ortiq asarlar qoldirdi. Uning astronomiya sohasida yozgan 70 dan ortiq
asarlari O‘rta asr astronomiyasining entsiklopediyasidir. «Mening hamma istaklarim, butun
vujudim, — deb yozgan edi Beruniy, — ilm tarqatishga qaratilgandir va men buni o‘zim uchun eng
ulug‘ baxt deb bilaman».
Beruniy olim bo‘lish uchun eng zaruriy shart «kishining tabiatini pastlashtiradigan yomon
axloqdan, haqiqatni ko‘rishga imkon bermaydigan xislatlardan o‘zini tozalagandan keyingina
ilmiy tadqiqotga kirishish mumkin» — deb ta`kidlaydi.
Beruniy o‘zining «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida yozadi: «Haqiqatni
bilish uchun avval o‘z ruhingni kishilarni yo‘ldan ozdiruvchi yomon xususiyatlardan va odamni
haqiqat oldida ko‘r qilib qo‘yuvchi sabablardan , ya`ni odat bo‘lib qolgan ko‘nikmalar , raqobat,
hirsga bo‘ysunish, hokimiyat uchun kurash va shu kabilardan tozalab olishing lozim». Ajoyib talant
egasi bo‘lgan Beruniy o‘z tekshirishlari da tajriba va kuzatishlarga katta ahamiyat beradi. Uning fan
sohasidagi tekshirish usullari hozir ham o‘rganilmoqda va turli tabiiy fanlarga tatbiq etilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |