Мавзу: Математика фанининг тарихи, методи ва метадалогияси


VII – XV ASRDA O’RTA OSIYO



Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/89
Sana22.01.2021
Hajmi1,73 Mb.
#55955
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   89
Bog'liq
matematika tarixi

  
 
 
 
 
 
 
 
 
VII – XV ASRDA O’RTA OSIYO 
Eramizning  beshinchi  asri  oxirlariga  kelib,  Rim  imperiyasi  quladi.  Shu  munosabat  bilan 
qadimgi  yunon  fani  va  madaniyati  tushkunlikka  uchradi.  Bu  davrda  Yevropada  ijtimoiy,  madaniy 
va  siyosiy  hayotda  dinning  ta`siri  nihoyatda  kuchaydi.  Din  ilm-fan  va  madaniyat  taraqqiyotiga 
qattiq to‘sqinlik qildi. Buning oqibatida G‘arbiy Yevropada fan va madaniyat taraqqiyoti bir necha 
asrlar deyarli to‘xtab qoldi. 
Ammo VII—VIII asrlardan boshlab dunyoning boshqa bir tomonida—sharqda matematika, 
astronomiya kabi tabiiy fanlar tez sur`at bilan taraqqiy etdi va katta  yutuqlarga yerishildi. 
Hozirgi  O‘rta  Osiyo  xalqlari  juda  qadimiy  fan  va  madaniyat  tarixiga  ega.  Bu  xalqlar  juda 
qadim zamonlardan beri Xitoy, Hindiston, yeron, Kavkaz va boshqa mamlakatlarning xalqlari bilan 
savdo,  siyosiy  va  madaniy  aloqa  qilib  turar  edilar.  O‘rta  Osiyo  xalqlari  ilm-fan  sohasida  bu 
mamlakatlarning  xalqlari  yaratgan  yangiliklarni  qunt  bilan  o‘rgandilar  va  o‘zlari  ham    ilm-fan 
taraqqiyotiga  katta  hissa  qo‘shdilar. , 
O‘rta Osiyoda fan va madaniyat og‘ir tarixiy sharoitda xalq ommasining mahalliy va chet el 
zolimlariga qarshi olib borgan kurashi sharoitida taraqqiy etdi. 
VII asr oxiri, VIII asr boshlarida O‘rta Osiyoni arablar bosib oldilar. VIII asrning birinchi 
yarmida  arablar  juda  katta  territoriyani—Hindistonning  shimoli-g‘arbidan  tortib,  Afrikaning 
shimoliy qirg‘oqlaridan to Ispaniyagacha bo‘lgan yerlarni bosib oldi va juda katta xalifalik tuzdilar, 
Bu xalifalikning poytaxti avval Damashq va 762 yildan Bag‘dod bo‘ldi. 
IX  asr  oxirlariga  kelib,  sinfiy  kurashlar  va  mazlum  xalqlarning  ozodlik  harakatlari  tufayli 
O‘rta  Osiyoda  mahalliy  feodal  aristokratiyasidan  chiqqan  somoniylar  (874  —  999)  hukmronligi 
o‘rnatildi. Somoniylar davlatining poytaxti Buxoro edi. 
O‘rta  Osiyo  shaharlarida  hunarmandchilik  va  harbiy  ish  taraqqiy  etdi,  turli  mamlakatlar 
bilan savdo va madaniy aloqalar rivojlandi. Yoz mavsumlarida uzoq mamlakatlarga safarga chiqqan 
karvonlarning  kechalari  bepoyon  cho‘llarda  kezishlari  va  bunda  Sharq,  G‘arb,  Shimol  va  Janub 
tomonlarni  bilish  va  buning  uchun  esa  yulduzlardan  ayniqsa  Qutb  yulduzidan  foydalanish  zarur 


 
90 
bo‘lib  qoldi.  Bu  zaruriyat  astronomiya  va  matematika  fanlari  oldiga  turli  tabiiy  hodisalarni 
tushuntirish va xisoblash masalalarini yechish vazifalarini qo‘ydi. 
Umuman  hunarmandchilik,  ishlab  chiqarish  va  savdoning  taraqqiyoti,  turmush  talablari 
tabiiy fanlardan  yangi-yangi masalalarni yechishni talab etdi. 
Matematika  fani  haqiqiy  dunyoning  miqdoriy  munosabatlari  va  fazoviy  shakllari  haqidagi 
fan  sifatida,  insonning  turmush  ehtiyojlarini  qondirish  asosida  paydo  bo‘lgan  va  kishilik  jamiyati 
umumiy  taraqqiyoti  bilan  birgalikda  taraqqiy  etib,  insonning  o‘sib  boradigan  moddiy  va  madaniy 
ehtiyojlarini qondirishga xizmat   qiladi. 
Vaqtni aniqlash, osmon jismlariga qarab yurish, kerak bo‘lgan turli tomonlarni aniqlash kabi 
turmush  talablarini  qondirish  masalalari  esa  eng  qadimiy  fan—astronomiyani  vujudga  keltirdi  va 
uning  taraqqiyotiga  sabab  bo‘ldi.  Matematika,  astronomiya  va  boshqa  tabiiy  fanlar  sohasida 
insonning  turmush  talablarini  qondirish,  turli  hisoblash  ishlarini  mukammallashtirish  va  yangi 
hisoblash metodlarini aniqlash maqsadida turli ilmiy tekshirish ishlari chuqur va keng ravishda olib 
borildi.  Bu  sohada  O‘rta  Osiyoda,  Bag‘dod  va  boshqa  shaharlarda  turli  millat  olimlari  birgalikda 
ijodiy ish olib bordilar va juda ko‘p ilmiy natijalarga yerishdilar. 
Xalifa  Ma`mun  hukmronligi  (813—833)  davrida  Bag‘dod  shahrida  «Baytul-Hikmat» 
(«Donishmandlik  uyi»)  tashkil  etildi.  Uning  huzurida  katta  kutubxona  va  rasadxona  qurildi.  Bu 
rasadxonada  olimlar  turli  kuzatishlar  va  har  xil  astronomik  asboblar  yasash  bilan  shug‘ullandilar. 
Bu  donishmandlik  uyiga  bir  qancha  mamlakatlardan,  shu  jumladan  O‘rta  Osiyodan  bir  qancha 
olimlar kelib ishladilar; Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abbos Javhariy va boshqalar bu 
ilm dargohida  ilmiy ishlar bilan shug‘ullandilar. 
Bu  davrlarda  arab  tili  xalifa  hukmronligi  ostida  bo‘lgan  turli  tillarda  so‘zlashuvchi 
xalqlarning  majburiy  tili  bo‘lib  qoldi.  Shu  sababli  O‘rta  Osiyolik  va  turli  millat  olimlari  ham 
Forslar,  O‘zbeklar,  Tojiklar,  Ozarbayjonlar,  Turkmanlar  va  boshqalar  o‘z  asarlarini  arab  tilida 
yozishga majbur bo‘lganlar. 
Bu  davrda  Yunoniston  va  Hindistonning  mashhur  olimlari  asarlarini  o‘rganishga,  ularni 
tahlil  qilishga  va  bu  asarlarga  sharhlar  yozishga  katta  e`tibor  berildi.  Yunon  va  Hind  olimlari 
asarlarini arab tiliga tarjima etish ham olimlar orasida zo‘r qiziqish uyg‘otdi. Masalan, Evklidning 
(eramizdan  oldingi  III  asr)  «Negizlar»,  Arximedning  (eramizdan  oldingi  III  asr)  «Shar  va  silindr 
haqida»,  «Aylanani  o‘lchash»  asarlari,  Ptolemeyning  (II  asr)  «Almagest»  asari  arab  tiliga  tarjima 
qilindi  va  ularning  ko‘plariga  sharhlar  yozildi.  Xorazmiyning  shogirdi  Sobit  ibn  Qurra  yunon 
matematiklaridan bir qanchasining asarlarini arab tiliga tarjima qilgan. Arximedning «Etti burchak 
haqida»  va  «Lemmalar»  asarining  faqat  arabcha  nusxalarigina,  Evklidning  «Negizlar»  nomli 
asarining III, VI, VII kitoblarining ham faqat arabcha tarjimasigina bizgacha saqlangan.  
O‘rta  Osiyo  matematiklari  matematika  sohasida,  o‘zlarigacha  yaratilgan  bilimlarni  har 
tomonlama  o‘rganib  tahlil  qildilar  va  matematik  tekshirishlarning  yangi  sohalarini  yaratdilar  va 
umuman matematika fanini yangi ijodiy kashfiyotlar bilan boyitdilar. 
Ammo  tarixida  shunday  noto‘g‘ri  fikrlar    borki,  bunga  asosan  IX  —  XV  asrlardagi  O‘rta 
Osiyo matematikasi yangiliklarga ega emas, bu mamlakatlardagi matematiklar faqat hind va yunon 
matematiklari asarlarini o‘rganganlar va oldingi xulosalarni ba`zi hollarda mukammallashtirganlar 
deb  aytiladi. 
Matematika  tarixi  sohasida  juda  ko‘p  yillar  ilmiy  tadqiqot  ishlari  bilan  shug‘ullangan 
mashhur  olimi  A.  P.  Yushkevich  o‘zining  «IX—XV  asrlarda  O‘rta  Osiyo  xalqlarining 
matematikasi»  nomli  maqolasida  yuqorida  aytilgan  fikrlarning  noto‘g‘ri  ekanligini  qayd  qilib, 
shunday  yozadi:  «Eng  asosiy  masala  shundaki  O‘rta  Osiyo  matematiklari  (IX  —  XV  asrlar) 
o‘zlaridan oldin o‘tgan olimlarning ishlariga faqat son jihatidan ta`sir etib, davom ettirib qolmasdan, 
balki matematik tekshirishlarga yangi g‘oyaviy yo‘nalish berdilar, sifat jihatidan yangi matematika 
tuzishga kirishdilar va shuning uchun ham bu fanni birinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lgan yangi 
kashfiyotlar bilan boyitdilar». 
O‘rta  Osiyo  matematiklari  bir  qancha  fundamental  kashfiyotlarga  egadirlar.  Ularning 
ba`zilari quyidagilardan iborat: 

Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish