Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/146
Sana15.01.2021
Hajmi1,2 Mb.
#55614
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   146
Bog'liq
5-son 2018 (1)

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5.   www.xtjurnali.zn.uz
S – talabalar buning sabablarini tushuntiradilar. ya’ni o‘z fikrlarini to‘g‘ri va asosli 
ekanligini  isbotlashga  harakat  qiladilar.  Masalan,  javoblarning  sababi  quyidagi cha  
bo‘lishi mumkin. Tarixdan ma’lumki, Markaziy Osiyoga islom dini kirib kelgunga qa-
dar bu yerda ko‘plab qadimgi dinlar va diniy qarashlar hukmronlik qilgan. Bular qa-
torida totemizm, fetishizm, animizm kabi ibtidoiy dinlar, keyingi davrlarda esa otash-
parastlik e’tiqodi mavjud bo‘lgan. Odamlar yog‘och yoki daraxtlarga mato bog‘lash, 
afsun o‘qish kabi islom dinigacha mavjud bo‘lgan ibtidoiy fetishistik, animistik, magik 
(sehrgarlik), hatto tabiat va ajdodlarga sig‘inish kabi diniy e’tiqodlarning elementlari-
ga amal qilganlar. 
Xalqimiz orasida muqaddas deb hisoblangan daraxtlarni jonli, ularda insonlar 
ruhi yashashiga ishonish bilan bog‘liq qadimgi animistik qarashlar, yoki narsa, bu-
yumlar, qandaydir hayvon va o‘simliklarni muqaddaslashtirish aholi orasida hozirga 
qadar mavjud. Hatto, ba’zi madaniy-tarixiy obidalarda daraxt va o‘simliklar muqad-
daslashtirilganligi bois, ularni kesish, yulish kishilarga ziyon yetkazadi degan qarash-
lar xalq ongida saqlanib qolgan. Bularning barchasi islomgacha mavjud bo‘lgan va 
bugungi kungacha yetib kelgan qadimiy diniy e’tiqod izlaridir.
M  –  ko‘rsatilgan  sababni  tushuntiruvchi  (isbotlovchi)  misollar  keltiring.  Masa-
lan, xalq orasida ayrim odamlar hozirgacha muqaddas daraxt va butalarni, chinor, 
archa, tut, jiyda, pista, yong‘oq, o‘rik va boshqalarni muqaddaslashtiradilar. Ularga 
har xil mato va boshqa narsalarni bog‘lab, ulardan najot so‘raydilar. Hattoki, bunday 
muqaddas joylarda chiroq yoqish odatlari ham saqlanib qolgan bo‘lib, axborotchi-
lardan nima uchun muqaddas mozorlarda paxta o‘rab, yog‘ga botirilgan cho‘plarni 
yoqish urf bo‘lganligi so‘ralganda, ular “pilikdagi yog‘ yongan sari ko‘proq is chiqara-
di, natijada mozordagi ajdodlar ruhiga uning isi tezroq yetib borib, duolarimiz ijobat 
bo‘ladi”, deya javob berdilar. Vaholanki, ziyorat odoblariga oid kitoblarda, mozorlarda 
chiroq yoki sham yoqish bid’at hisoblanishi qayd etilgan. 
ya’ni bunday odatlar faqat islomgacha shakllangan diniy e’tiqod ko‘rinishlaridir, 
xolos.
U – fikringizni umumlashtiring. Umuman olganda, shuni ta’kidlash kerakki, aj-
dodlarimiz mangu qo‘nim topgan joylarni, aziz avliyolar va diniy ulamolar qadami yet-
gan qadamjolarni ziyorat qilishning ma’naviy-axloqiy ahamiyati katta. ammo o‘sha 
hududdagi ziyoratgohlarda islomgacha bo‘lgan diniy e’tiqod shakllari bilan bog‘liq qa-
rashlar, hanuzgacha odamlar ongida saqlanib qolmoqda. go‘yoki, insonlar aziz-av-
liyolardan emas, balki narsa va buyumlardan najot so‘raydilar, ular bilan bog‘liq turli 
rasm-rusumlarni bajaradilar. Bunday odatlar o‘z navbatida ajdodlarga ehtirom emas, 
balki ayrim noislomiy amallarni yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda. Bunday odatlar-
ni dinimizga zid ekanligini biz nafaqat talabalarga, balki fuqarolarimizga ham to‘g‘ri 
tushuntirmog‘imiz lozim. 
Shuning bilan birga talabalarga madaniy-tarixiy obidalarga kelganda har bir in-
son ziyorat odoblariga amal qilishi zarurligi tushuntiriladi. Jumladan, u yerda qattiq 
so‘zlamaslik, baqir-chaqir qilmaslik, mozorlar va muqaddas joylarni bosmaslik, maq-
baralar va qabrlar ustiga narsa va buyumlarni qo‘ymaslik, ustki kiyim boshiga e’tibor 
berish zarur. izoh: 
1. agar guruhlarda fikrlar bir-biriga o‘xshash bo‘lsa, navbat ikkinchi guruhga be-
riladi va o‘qituvchi fikrlarni to‘ldiradi. 


69
2. agar fikrlar xilma-xil bo‘lsa, bu jarayon guruhlar umumiy xulosaga kelguncha 
davom etadi. 
3. Javoblar aniq, lo‘nda va asosli bo‘lishi lozim.
Bunda “ha” yoki “yo‘q” javoblariga qaraganda umumiy javoblar yetakchilik qiladi. 
Xulosa qilib aytganda, mazkur darsni o‘tish texnologiyasi talabalarda mustaqil 
g‘oya va fikrlarga ega bo‘lish, tashabbuskorlik, xotirani mustahkamlash, dars oxirida 
o‘zaro umumiy xulosaga kelishlariga yordam beradi. Umuman, madaniy-tarixiy obi-
dalar, avvalambor, insonlarda insonparvarlik, diyonatli bo‘lishga, o‘zidan faqat yaxshi 
nom qoldirish singari xayrli ishlarga undaydi. Bu talabalar ongida milliy g‘urur va if-
tixor, ajdodlar xotirasi va ruhiga ehtirom ko‘rsatish, odob axloq, mehr-oqibat, halollik, 
adolat singari insoniy fazilatlarni shakllanishiga xizmat qiladi. 

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish