71
sini boshqarish kontekstida ta’lim sifatini jamoatchilik asosida va mustaqil tarzda baho-
lash, ta’limni davlat va jamiyat hamkorligi tarzida boshqarish tizimini takomillashtirish,
barcha murakkab tashkiliy elementlarini chuqur tahlil etish, ta’lim muassasasini bosh-
qarishda ta’lim muassasasi, fuqarolar va davlat qiziqishlarini integratsiyalash, ta’limni
boshqarishning zamonaviy jamiyatning o‘zgarib borayotgan ehtiyojlarini ta’minlovchi
mexanizmlarini joriy etish zaruriyatining yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda.
Ta’lim tizimini rivojlantirishning bugungi kundagi vazifalari va uni amalga oshirish
mamlakatning ta’lim sohasidagi davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda,
ta’limni boshqarishda, uning samaradorligi hamda sifatini baholashda jamoatchilik ish-
tirokini kengaytirishni taqozo etmoqda.
a.i.adamskiyning fikricha, ta’lim siyosati – bu davlat va fuqarolar o‘rtasidagi mu-
nosabat bo‘lib, davlatning qiziqishi, ehtiyojlari bilan fuqarolarning ta’limiy va hayotiy
qiziqishlari hamda ehtiyojlari o‘rtasidagi munosabatlar tizimidir. Ta’kidlash joizki, bu
yerda gap davlat bilan ta’lim tizimi o‘rtasidagi munosabatni nazarda tutuvchi rahbarlik
(boshqaruv) strukturasi haqida emas, balki sifatli, samarali ta’limning ommabopligini
ta’minlovchi
siyosat haqida ketayapti
1
.
Davlat idoralari va jamoat tashkilotlari hamkorligida ta’limni boshqarish davlatning
siyosiy prinsipi sifatida ta’limning barcha jabhalariga taalluqli bo‘lishi, ta’lim muassasa-
lari, ta’limiy munosabatlarning barcha ishtirokchilari faoliyati uchun yangi sharoitlarni
taqdim etmog‘i lozim.
“Jamiyat” (jamoatchilik) atamasining mazmuni bir qarashda tushunarlidek tuyula-
di. ayni paytda bu so‘zga fuqarolik jamiyati nuqtayi nazaridan yondashadigan bo‘lsak,
jamoatchilik deganda, faol, tashabbuskor, mas’uliyatli, o‘z qiziqishlarini anglagan (shu
jumladan, ta’lim sohasida) va ularni qonuniy tarzda himoya qilishga tayyor fuqarolar
tushuniladi
2
.
Ta’limni boshqarishga real ta’sir o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun jamoat-
chilik ma’lum darajada jipslashgan, strukturalashtirilgan, uyushgan, davlat bilan teng
huquqli subyekt sifatida munozaraga kirisha oladigan bo‘lishi talab etiladi.
Ta’lim sohasiga aloqador bo‘lgan jamoatchilik har xil subyektivlik darajasiga ega
bo‘lishi hamda muayyan darajadagi shartlilik asosida professional va noprofessional-
larga bo‘linishi mumkin. Shunday tasnifga ko‘ra, professional jamoatchilikka o‘zining
professional birlashmalari, jamiyati, assotsiatsiyalarini tuzgan ta’lim sohasi xodimlari
kiradi. Ta’kidlash joizki, ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarda shunday pedagogik as-
sotsiatsiyalar ta’lim tizimiga kuchli ta’sir o‘tkazish imkoniyatiga ega.
Ta’lim muassasasini boshqarishda noprofessional jamoatchilik bilan pedagogik ja-
moa o‘rtasida muayyan aloqadorlik, hamkorlik mavjud. agar pedagogik jamoa rahbari
bilan pedagoglarning va ta’lim muassasasining boshqa xodimlari o‘rtasida hamkorlikni
nazarda tutadigan bo‘lsak, muassasaning jamoasi davlatning ta’lim sohasidagi siyosa-
tining ijrochilari, boshqacha so‘z bilan aytganda, boshqaruvning maktabdan tashqa ri,
jumladan, ota-onalar jamoatchiligi oldida davlat vakili sanaladi.
Zamonaviy jamiyat shaxs faoliyatining iste’molchilik, madaniyatini o‘zlashtirish
faoliyatidan yaratuvchilik va ijodkorlik faoliyatiga o‘tish, foydalilik jihatidan qadr-qim-
mat jihatiga o‘tish bilan tavsiflanadi. Shuning uchun ham zamonaviy rahbar asosiy
1
Адамский А.И. общественный образовательный договор. очерк образовательной
политики. //
Перемены, 2001. №6. – С. 34.
2
Pedagogika. Ensiklopediya. ii jild. // – T.: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy
nashriyoti, 2015. 368-b.