“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5. www.xtjurnali.zn.uz
uchun talabalarga mavzuga oid materiallar tarqatiladi. Darsning borishi esa quyi-
dagicha kechadi:
Mavzu: “Madaniy-tarixiy obidalarni ijtimoiy-ma’naviy va tarbiyaviy ahamiyati”.
Shu o‘rinda ushbu masalani pedagogika fani doirasida ko‘rib chiqaylik. Bunda ta-
labalarda madaniy-tarixiy obidalar haqida tushunchalar hosil qilishning birinchi turi
– bu ular haqida nazariy bilimlarni shakllantirishdir. Buning uchun o‘qituvchida o‘sha
hududda joylashgan ziyoratgohlar haqida ma’lumotlar yoki hujjatlar bo‘lishi kerak.
Masalan, mavzuni Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati misolida ko‘rib chiqaylik.
Dastlab, Toshkent viloyatidagi “Zangiota” ziyoratgohiga xayolan sayohat uyushtirib
ko‘raylik, so‘ngra amaliy qismiga o‘tiladi.
O‘qituvchi darsni nazariy qismida talabalarga mazkur dargoh haqida savollar
beradi. Unda quyidagi taxminiy savollar bo‘lishi mumkin:
1. Madaniy-tarixiy obidalar nima?
2. Zangiota ziyoratgohi haqida nimalarni bilasiz?
3. Mazkur dargoh qaysi hududda joylashgan, fuqarolarning ma’naviy dunyoqa-
rashini shakllantirishdagi o‘rni qanday?
4. O‘zbekistondagi yana qaysi madaniy-tarixiy obidalarni bilasiz?
yuqorida berilgan savollar asosida o‘qituvchi darsda talabalardan zarur javob-
larni oladi, o‘zaro muhokama tashkil etadi, javoblarni to‘ldiradi hamda talabalarni
baholaydi.
Darsning ikkinchi usuli amaliy bo‘lib, bunda dars ziyoratgohning o‘zida tashkil
etiladi. ya’ni talabalar bilan Zangiota ziyoratgohiga sayohat, tashrif (ziyorat) amalga
oshirilishi mumkin. Ushbu usul eng samarali bo‘lib, dastlab talabalar mazkur dargoh-
ning shakllanish tarixi bilan tanishadilar, obyekt to‘g‘risida jonli muloqot qiladilar, bu
haqidagi xalq qarashlari, afsona va rivoyatlarning haqiqiy guvohiga aylanadilar. U
yerdagi mavjud moddiy ashyolar, maqbara, qabrlar va boshqa manbalar saqlanayot-
gan nodir qo‘lyozmalar, hujjatlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shu bilan
birga talabalar mazkur dargohda esdalik suratlarga tushishlari, nodir qo‘lyozmalar va
hujjatlarning foto yoki kseronusxalarini olishlari ham mumkin.
amaliy usulning yana bir shakli, o‘sha dargoh haqida ko‘rgazmalar tashkil etish,
albomlar, bukletlar tayyorlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda o‘qituvchi se-
minar (amaliyot) darsiga ziyoratgoh haqida videofilmlar, suratlar, nodir qo‘lyozmalar
va hujjatlarning foto yoki kseronusxalaridan foydalangan holda ijodiy ish tayyorlab
kelishni buyuradi. Shu asosda ziyorat darsidan so‘ng auditoriyada ziyoratgoh haqida
tayyorlangan manbalar namoyish qilinadi.
Mazkur madaniy-tarixiy obidaga oid ma’lumotlardan foydalangan holda talaba-
lar maqolalar yozib, ularni matbuot nashrlarida chop etishi, ommaviy axborot vosita-
larida – radioeshittirish yoki teleko‘rsatuvlar, ilmiy-ommabop risolalar tayyorlashi eng
samarali usul hisoblanadi.
O‘qituvchi va talabalarda ziyoratgoh haqida nazariy va amaliy ko‘nikmalar, bilim-
lar shakllantiriladi, bu ularni mustaqil fikrlashga, ijod qilishga undaydi. Madaniy-tarixiy
obida haqidagi manbalar nodir qo‘lyozmalar hamda tarixiy hujjatlardan foydalanish-
ga, talabalarda yaqin va uzoq o‘tmishimiz, diniy ulamo va avliyolar haqida tushun-
chalar hosil qilishga, ularning dunyoqarashi, tafakkurini yuksaltirishga, mustaqil ijod
qilish qobiliyatlarini namoyon etishlariga va shu asosda yakuniy xulosalar chiqarish-
67
ga chorlaydi. Qolaversa, bu boradagi bilimlar talabalarni vatanparvarlik, milliy g‘urur
va iftixor, ma’naviy-axloqiy ruhda tarbiyalaydi, ularda yurt taqdiriga daxldorlik sifatla-
rini shakllantiradi.
O‘qituvchi talabalarga madaniy-tarixiy obidalar turlari xususida ma’lumotlar
beradi, muqaddas qadamjolar ajdodlardan avlodlarga yetib kelgan ma’naviy boy-
lik ekanligi haqida fikr yuritadi. Talabalarga madaniy-tarixiy obidalar tarixini o‘rga-
nishda yozma manbalarning o‘rni katta ekanligini tushuntirgan holda, xalqimizning
ulkan moddiy va ma’naviy merosi hali to‘liq o‘rganilmaganligiga urg‘u beradi. Ularni
kelajakda bunday ulkan moddiy va ma’naviy meros obyektlarini ilmiy tadqiq etish-
ga yo‘naltiradi, xorijlik sayyohlarni mamlakatimizning moddiy va nomoddiy meros
obyektlari bilan tanishtirishga erishishimiz zarurligini ta’kidlab, darsni tashrif (ziyorat)
yakunlari asosida xulosalaydi.
Bugungi kunda ta’lim tizimida darslarni tashkil etishning turli noan’anaviy usullari
mavjudki, ular orqali talabalarning ijodiy faolligini oshirish, intilish va tashabbuslarini
qo‘llab-quvvatlash, darslar samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi. Bunda
yakka va guruhlarda ishlash muhim ahamiyat kasb etib, unga ko‘ra darsda bir yoki
bir qancha masala (muammo)larni yechish imkoniyati yaratiladi.
Jumladan, madaniy-tarixiy obidalar va ularni tartib-qoidalari bilan bog‘liq ayrim
muammolarni darsda FSMU ta’lim texnologiyasidan foydalangan holda ham muho-
kama qilish mumkin. Chunki oliy ta’lim dargohida ta’lim olayotgan talaba nafaqat
o‘qishi, balki jamiyat ahamiyatiga daxldor masalalarni muhokama etib, bu xususida
o‘z fikrini berishi, munosabatini bildira olishi, ularning tashabbuskorliklari va intilish-
laridan dalolatdir. Ushbu usulga ko‘ra dars ikki bosqichda tashkil etilsa, maqsadga
muvofiq bo‘ladi. Birinchi bosqichda har bir talabaga “FSMU” texnologiyasining to‘rt
bosqichi yozilgan qog‘ozlar tarqatiladi.
F – fikringizni bayon eting.
S – fikringiz sababini ko‘rsating.
M – ko‘rsatilgan sababni isbotlovchi dalillar keltiring.
U – fikringizni umumlashtiring.
ikkinchi bosqich: Talabalar bilan muammoli bahs-munozara mavzusi belgilab
olinadi.
Uchinchi bosqich: Talabalar kichik guruhlarga bo‘linadilar va ularga FSMU tex-
nologiyasining 3-bosqichi yozilgan katta formatdagi qog‘ozlar tarqatiladi.
4. Fikr va mulohazalar umumlashtirilgan holda jadvalning 4 ta kataklariga yozi-
ladi.
5. kichik guruhlarda talabalar o‘zlari yozgan fikrlarini o‘qiydilar, ya’ni himoya qi-
ladilar.
6. O‘qituvchi tomonidan guruhlarda umumlashtirilgan fikrlar e’lon qilinadi, o‘qi-
tuvchi guruhlarning bergan javoblariga nisbatan o‘z mulohazalarini bildiradi.
Muhokama uchun muammo qiziqarli, bahs-munozarali, talabalar diqqatini tor-
tadigan bo‘lsa, dars yanada samarali o‘tadi. Bizningcha, mavzu quyidagicha bo‘lishi
mumkin: “nima uchun ba’zi kishilar ziyoratgohlardagi ayrim manbalar (buloqlar, da-
raxtlar, o‘simliklar, tosh va g‘orlar)ni muqaddas, deb hisoblaydilar?”
F – fikringizni bayon eting. Talabalar bu xususda o‘z fikrlarini bayon etadilar.
68
Do'stlaringiz bilan baham: |