Annotatsiya
65
qaratila boshlandi. Chunonchi, bugun matbuotda yoki kundalik muloqotda “turizm”,
“ziyorat turizmi”, “gastronomik turizm”, “ekologik turizm” kabi atamalarni qo‘llash
keng ommalashdi.
O‘tmish yodgorliklari, ya’ni madaniy-tarixiy obidalarni qayta tiklanishi, u yerlarga
sayyohlarni yanada kengroq jalb etish hamda sohani yanada takomillashtirishning
yangi bosqichiga ko‘tarilishi, ushbu madaniy meros obyektlarining bugungi kunda
mamlakat rivoji va aholi turmush tarzida o‘rni muhim ekanligini ko‘rsatmoqda. ay-
niqsa, bu borada O‘zbekiston respublikasi Prezidentining alohida Farmoni va te-
gishli qarorining qabul qilinishi yurtimizdagi madaniy-tarixiy obidalar imkoniyatlari-
dan yanada kengroq foydalanishni, yoshlar ongida bunday muqaddas qadamjolar
to‘g‘risidagi tasavvurlarni yanada boyitish va rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi.
Zero, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 22-dekabrda Oliy Majlisga qilgan
o‘z Murojaatida “yurtimizda 7 ming 300 dan ortiq madaniy meros obyektlari mavjud
va ularning aksariyati yUnESkO ro‘yxatiga kiritilgan. Mamlakatimizning betakror ta-
biati, go‘zal dam olish joylari imkoniyatlaridan foydalanib, yangi turistik yo‘nalishlar
ochish mumkin. Bu sohaga jahon brendlarini faol jalb etgan holda, biz ziyorat turiz-
miga ham alohida e’tibor qaratishimiz zarur...”, degan edi.
ayniqsa, so‘nggi yillarda tarixiy merosimizni asrab avaylash, madaniy meros
obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ularni ta’mirlash va obodonlashtirish, jum-
ladan, ziyorat turizmi sohasini ravnaq toptirishga, shu orqali aholi turmush tarzini
yaxshilash, ular uchun munosib hayot asoslarini yaratib berish borasida “O‘zbekis-
ton bo‘ylab sayohat qil!” dasturining qabul qilinishi ushbu masalalarga bugungi kun-
da davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilayotganligidan dalolatdir. Bu esa ushbu
yo‘nalishdagi ishlarni jadallashtirish nuqtayi nazaridan ajdodlarimizning tarixiy an’a-
nalariga hamda tajribalariga tayangan holda ish olib borish zaruratini tug‘dirmoqda.
Mazkur omillar jamiyatimizda kechayotgan jadal islohotlar sharoitida o‘zbek xalqi-
ning an’anaviy, moddiy va ma’naviy madaniyati durdonalarini ta’lim muassasalarida,
ayniqsa, oliy ta’lim tizimida ham o‘rganishni taqozo etmoqda.
Bugungi kunda oliy ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islo-
hotlar ta’lim sifatini oshirish, darslarda ta’limning yangi pedagogik texnologiyalaridan
unumli foydalanish, oliy o‘quv yurti talabalari ongida yangicha dunyoqarash hamda
sifatlarni shakllantirishni talab etmoqda. Jumladan, talabalar ongida madaniy-tarixiy
obidalar haqidagi bilimlarni yanada boyitish nuqtayi nazaridan dars o‘tishning naza-
riy va amaliy usullaridan foydalanish uning samaradorligini oshirishga xizmat qilishi
shubhasiz.
yaqin vaqtlargacha eskicha uslubda “Ekskursiya darsi” deb atab kelingan dars
o‘tish shaklini biz shartli ravishda “Ziyorat darsi” deb nomlashni lozim topdik. Bu usul
orqali talabalarga tanish bo‘lgan biron bir obyekt, voqea-hodisa yoki asarni tahlil qi-
lish, u xususidagi bilimlarini umumlashtirish mumkin.
Jumladan, madaniy-tarixiy obidalar fuqarolar, ayniqsa, yoshlar ongida ko‘plab
ma’naviy, axloqiy sifatlarni shakllantirishi, shubhasiz. Madaniy-tarixiy obidalar bi-
lan bog‘liq mavzuni barcha ijtimoiy-gumanitar fanlarda, xususan, pedagogika fani
darsida, tarix, dinshunoslik, ma’naviyat asoslari, falsafa, sotsiologiya kabi fanlar
doirasida ham tashkil etish mumkin. Ushbu texnologiyaning o‘ziga xosligi shunda-
ki, bunda talabalar individual, ya’ni yakka holda va guruhlarda ishlaydilar. Buning
66
Do'stlaringiz bilan baham: |