53
Matematika bu – moddiy borliqning fazoviy hamda miqdoriy munosabatlarini aks
ettiruvchi qonunlarni to‘la, chuqur o‘rganish va targ‘ib qilishni talab etadi; o‘rganilayot-
gan qonuniyatlarning qanday mazmunga egaligi, ularning qanday usul bilan asoslan-
ganligi rivojlanish darajasi bilan hisoblashmaydi; unda tadqiqotchining shaxsiy fazilat-
lari, u yoki bu matematik qonunning qanday kashf etilganligi muhim emas; matematika
fani ma’lum tizimda yaratiladi va rivojlanadi, bir-biriga bog‘liq qat’iy ketma-ket keluvchi
qonunlarni ochib beradi. Fanda asosiy tushunchalar, qabul qilingan aksiomalar uning
boshlang‘ich asosidir.
Matematika keng tarmoqli fan, u ko‘plab sohalarga muhim g‘oyaviy baza vazi-
fasini bajaradi. Mazkur fan ta’lim jarayonida o‘quvchilarni intellektual qobiyalitlarini
rivojlantirish uchun bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish usullari, shuningdek,
umumiy qonuniyatlarini, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish xususi-
yatlarini o‘rganishga xizmat qiluvchi qudratli qurol hisoblanadi.
O‘z navbatida, darslarda o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish uchun matematik
bilim beribgina qolmasdan ularni hayotga tatbiq qilishni ham chuqur o‘rgatish lozim.
Shuningdek, o‘quvchilarning hayotiy tasavvurlari bilan amaliy faoliyatini umum-
lashtirib, matematik tushuncha va munosabatlarni ular tomonidan ongli o‘zlashtirish-
ga hamda hayotga tatbiq eta olishga intilishni o‘rgatish, o‘quvchilarda izchil mantiqiy
fikrlashni shakllantirib borish natijasida aql-zakovati rivojiga, tabiat va jamiyatdagi mu-
ammolarni hal etishning maqbul yo‘llarini topa olishlariga ko‘maklashishadi. insoniyat
kamoloti, hayotning rivoji, texnika va texnologiyaning takomillashib borishini hisobga
olgan holda allomalar va olimlarning matematika kursining rivojiga qo‘shgan hissala-
ridan o‘quvchilarni xabardor qilish hamda umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi
sifatida matematika to‘g‘risidagi tasavvurlarni shakllantirish maqsadga muvofiq.
agar o‘quvchilar har bir fandan olgan bilimlarini hayotga tatbiq eta olmasa, amal-
da ulardan foydalanolmasa, quruq fan bo‘lib qolaveradi, o‘qituvchining mehnati zoye,
o‘quvchining vaqti behudaga sarflangan hisoblanadi.
Jamiyatimizning hech bir a’zosi yo‘qki, kundalik turmushida matematikadan foy-
dalanmasa. natural sonlar, o‘nli kasrlar ustida bajariladigan u yoki bu amallarni o‘rga-
nishni olsak, kundalik turmushda bundan foydalanmaydigan kishini topish qiyin, yoki
umuman mumkin emas.
geometriyadan to‘g‘ri chiziq, kesma, aylana, doira, uchburchak, ko‘pburchak,
shar, silindr tushunchalari bilan bog‘liq mavzularni olsak, bular juda ko‘p kasblarda,
kundalik
turmushda, boshqa fanlarni o‘rganishda tez-tez qo‘llaniladi.
Matematikani o‘rganish o‘quvchilarda sanash, hisoblash, o‘lchash, taqqoslash,
tahlil qilish, isbotlash, mantiqiy fikrlash, fazoviy tasavvur qilish kabi juda ko‘p ko‘nikma
va
malakalardan tarkib topadiki, bularsiz hayotda biror ish qilish qiyin.
Shuningdek, uzunlik, yuza, hajm, og‘irlik va vaqt birliklarini bilish ham hayotiy za-
ruratdir.
kundalik turmushda uchraydigan masalalardan namunalar keltiramiz.
1. Do‘konda uch kunda 110 metr gazlama sotildi. ikkinchi kuni birinchi kundagidan
45 metr ko‘p, uchinchi kuni esa, dastlabki ikki kunda qancha sotilgan bo‘lsa, shuncha
gazlama sotildi. Do‘konda birinchi kuni necha metr gazlama sotilgan?
yechish:
1-kun – x
2-kun – 45 metr ko‘p
3-kun x + 45 bo‘lsa