61
tisodiy muhitga tez moslasha biladigan, mustaqil faoliyatini oqilona tashkil qila oladigan
insonni tarbiyalash kabi muhim vazifani qo‘ymoqda. Hozirgi kunda pedagogik texnologi-
yalardan foydalanish ta’lim tarbiyaning samarali natijalari kafolati bo‘lib, ertangi kunimiz
darajasini belgilovchi muhim omildir.
Ta’lim jarayonidagi ilg‘or pedagogik texnologiyalarni faol qo‘llash, ta’lim samarador-
ligini oshirish, tahlil qilish va amaliyotga joriy etish bugungi kunning dolzarb mavzulari-
dan biridir. O‘quvchilarni fikr doirasini, dunyoqarashini o‘stirish, ularni erkin tinglovchi-
dan, erkin ishtirokchiga aylantirmoq nihoyatda muhim. O‘qituvchi darsda boshqaruvchi,
o‘quvchilar esa ishtirokchiga aylanmog‘i lozim. ana shu vaziyatni uddalashda inno-
vatsiya faoliyati ko‘p qirrali samara keltiradi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mas’-
uliyatlari cheksizdir. Bugungi yangilanish, ma’naviy yuksalish davrida har tomonlama
yetuk, bilimdon, ijodkor yoshlarni tarbiyalash hozirgi kunning asosiy talablaridan biridir.
Bunday mas’uliyatli va sharafli vazifalarni hal etishda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining
o‘rni va xizmati kattadir.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi dars jarayonida o‘quvchilarning bir qolipga tushib qol-
masligi uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy
etish bilan birga, multimediali ishlanmalardan samarali foydalangan holda o‘qitishning
o‘yinli shakllari va mediatexnologiyalarini qo‘llash imkonini egallagani bilan o‘zining kom-
petentligini namoyon qila oladi.
Boshlang‘ich sinflarda bolalarning yoshini, bilim saviyasini hisobga olish lozimligini
unutmaslik kerak. Ularga oddiy, oson, vaqt kam sarflanadigan o‘yin mashqlaridan foyda-
lanish va darslar o‘tish yaxshi samara beradi. ko‘proq atrof-olam bilan bog‘lab o‘tilgan
darslar, sayohat darslari ham bolalarni ongini, dunyoqarashini, erkin fikrlash, bayon
etish
qobiliyatini, mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol metodlar, innovatsion texnologiyalar, pe-
dagogik va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish, e’tibor
kundan-kunga kuchayib bormoqda. O‘qituvchi bunda bevosita va bilvosita ishtirok etib,
ta’lim-tarbiya jarayonida boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Shu bois
ta’lim muassasalarida zamonaviy interfaol metodlar, innovatsion texnologiyalarning o‘rni
katta. Ta’lim metodlaridan foydalanishning samaradorligi va muvaffaqiyati ular o‘quvchi-
lar mustaqilligi hamda ijodiy faolligini rivojlantirishga qanchalik yordam berishiga bog‘liq.
O‘qituvchi o‘quvchiga mustaqil ko‘rsatishi uchun sharoit yaratsa, qo‘llanilgan metod sa-
marali bo‘ladi. Ta’lim metodlarida o‘qituvchining qiyofasi, uning dunyoqarashi, psixo-
logik-pedagogik, metodik va maxsus ilmiy tayyorgarlik namoyon bo‘ladi. Xuddi anu shu
omillar ta’lim metodlarini samaradorligini belgilaydi.
Bizga ma’lumki, har bir dars mavzusini o‘rganishda o‘ziga xos texnologiya, usul va
vositalarni tasvirlashga to‘g‘ri kelgan. O‘qitish jarayonida yuqori natijaga erishish uchun
dars jarayonini oldindan ketma-ketligini mo‘ljallash kerak bo‘ladi. O‘qituvchi bunda pred-
metning o‘ziga xos tomonlarini, o‘quv jarayonlari hamda sharoitlarini o‘quvchilarning
ehtiyojini va bilim saviyalarini, sharoitga qarab texnologiyalarni tanlashi lozim. innovatsi-
on texnologiyalardan dars jarayonida foydalanishning o‘ziga xosligi shundaki, ular o‘qi-
tuvchi va o‘quvchilarni birgalikda faoliyati orqali amalga oshiriladi. O‘qituvchining faoli-
yati o‘quv materiallarini bayon qilish, o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishlarini orttirish,
fikrini teranlashtirish va e’tiqodini shakllantirish, o‘quvchilarni mustaqil mashg‘ulotlarga
rahbarlik qilish, ularning bilim ko‘nikma va malakalarini tekshirish hamda baholashdan
iborat.
Dars – ta’lim-tarbiya jarayoning markazi hisoblanadi. Shuning uchun ham maktab-
da darsga alohida ahamiyat qaratiladi va o‘qituvchining zamon talabiga mos dars o‘tishi
talab etiladi.To‘g‘ri tashkil etilmagan dars o‘quvchilarning o‘qish-bilish faolligini nazorat