Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/146
Sana15.01.2021
Hajmi1,2 Mb.
#55614
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   146
Bog'liq
5-son 2018 (1)

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5.   www.xtjurnali.zn.uz
O‘smir o‘quvchilarning aqlini charxlash, ularni ruhan, jismonan chiniqtirish uchun 
milliy o‘yinlarga alohida e’tibor qaratish lozim. Chunki o‘zbek xalqining milliy o‘yinlari 
asrlar sinovidan o‘tgan, o‘smirlarni ijtimoiy hayotga tayyorlovchi pedagogik vosita hi-
soblanadi. O‘zbek xalq milliy o‘yinlari o‘zining uzoq o‘tmishi, boy tarixiga ega bo‘lgan, 
ajdodlardan avlodlarga meros bo‘lib kelmoqda. Mustaqillik yillarida milliy qadriyatlari-
miz, an’ana-yu udumlarimiz, shu jumladan, xalq o‘yinlarini qayta tiklashga katta e’tibor 
qaratildi. 
Bolalar rivojlanishlarining dastlabki bosqichlaridan boshlab, tengdoshlari bilan ha-
rakatli o‘yinlar o‘ynaydilar. O‘yin vositasida o‘zaro muloqotga kirishadilar, odamlar, at-
rof-muhit, tabiat va jamiyat haqidagi eng muhim ma’lumotlarga ega bo‘lib, shaxslararo 
munosabatlar madaniyatini egallaydilar, dialogik munosabatlarga kirishadilar.
Bolalar o‘yinlar jarayonida kattalarga taqlid qilib, ularga xos xatti-harakatlarni o‘z-
lashtiradilar.  O‘yin  jarayonida  intizomlilik,  bardoshlilik,  tadbirkorlik,  uyushqoqlik,  iro-
dalilik,  bag‘rikenglik,    boshlagan  ishni  oxiriga  yetkazish,  maqsad  sari  intilish  uchun 
o‘zlarini safarbar qilish ko‘nikmalarini egallaydilar. Buning natijasida ular atrofdagilarga 
va hayotga yangicha nuqtayi nazar bilan qarashga odatlanadilar. Bu esa o‘smirlarda 
manmanlik, riyokorlik, yalqovlik kabi sifatlardan uzoqlashishlariga sabab bo‘ladi. 
 Ular ajdodlarimizni asrlar mobaynida epchil, sabrli, irodali, dovyurak, kuchli, mato-
natli qilib tarbiyalashga ko‘maklashgan. Xalq og‘zaki ijodi namunalarida o‘yin jarayoni-
dagi mardlik ulug‘lanib, g‘irromlik qoralangan. ajdodlarimiz o‘yinlarni bolalarni hayotga 
tayyorlovchi asosiy vosita sifatida baholaganlar. Sport o‘yinlari bilan o‘tmishda nafaqat 
yigitlar, balki qizlar ham shug‘ullangan. Ot chopish, chovgon o‘ynash kabi sport mu-
sobaqalari shular jumlasidandir. ko‘rinib turibdiki, kompyuter o‘yinlarini xalqimiz uchun 
azaliy qadriyatlar bo‘lgan milliy o‘yinlar bilan almashtirish o‘quvchi-yoshlar ma’naviya-
tini yuksaltirishda o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham ajdodlarimiz 
o‘g‘il va qizlarning yoshi va jinsiga mos keladigan ko‘plab o‘yin turlarini yaratgan bo‘lib, 
ular asrlar osha bizgacha yetib kelgan. 
Mazkur  o‘yinlarda  abjirlik,  murakkab  holatni  to‘g‘ri  baholash,  qiyin  vaziyatdan 
chiqib ketish xususiyatlari qaror topganiga amin bo‘lasiz. Shundan xulosa qilish mum-
kinki, milliy sport turlari va xalq o‘yinlari yoshlarni sog‘lom voyaga yetkazish, ularga 
ta’lim-tarbiya berishda muhim ahamiyatga ega. respublikamiz barcha hududlarining 
o‘ziga xos o‘yinlari mavjud. Jumladan, Surxon, Farg‘ona, Xorazm, Samarqand, Qo-
raqalpoq o‘yinlari kabi. O‘yinlar o‘smirlarda xarakterning shakllanishi, ularning jismoniy 
chiniqishlari, ma’naviy-axloqiy yuksalishlarida mashq maydoni vazifasini o‘taydi. Ba’zi 
“ommaviy madaniyat” tarafdorlari milliy o‘yinlarga eskilik sarqiti sifatida qaramoqdalar. 
Milliy  o‘yinlar  o‘quvchi-yoshlarning  o‘zligini  anglash  tuyg‘usini  egallashlarida  muhim 
o‘rin tutadi. 
Bugun ko‘pchilik ota-onalar va pedagoglar o‘quvchilarda “ommaviy madaniyat”ga 
qarshi kurashish choralarini qidirmoqda. Buning uchun, birinchi navbatda, pedagog-
lar va ota-onalar o‘smir yoshdagi bolalarning badiiy didini o‘stirishga e’tibor berishlari 
lozim. Shu maqsadda o‘smirlarning badiiy vositalar, san’at va adabiyotga bo‘lgan qi-
ziqishlari, ehtiyojlarini o‘rganish, yuksak saviyali san’at asarlari hamda badiiy adabiyot 
namunalari haqidagi ma’lumotlarni darsliklar, o‘quv adabiyotlari mazmuniga singdirish 
talab etiladi. Sinfdan tashqari tadbirlar jarayonida esa o‘quvchilarni ajdodlarimiz tomo-
nidan yaratilgan san’at asarlari, badiiy adabiyot namunalari bilan yaqindan tanishtirish 
maqsadga  muvofiq.  Xalqimizning  asriy  an’analarini  o‘quvchilar  ongiga  yetkazishda 


51
milliy qadriyatlarimizning insonparvarlikka yo‘g‘rilgan mazmuni bilan ularni yaqindan 
tanishtirish lozim. 
“Ommaviy  madaniyat”  targ‘ibotchilari  o‘smirlar  ongini  zabt  etish  uchun  ularga 
yoqadigan narsalar, his-tuyg‘ulardan unumli foydalanadilar. Masalan, muhabbat mav-
zusi. “Ommaviy madaniyat” targ‘ibotchilari muhabbat deganda hayosizlik, axloqsizlik, 
barchaga  o‘zini  ko‘z-ko‘z  qilishga  intilayotgan  yoshlar  munosabatini  nazarda  tutadi. 
Mazkur yoshda o‘smirlarga ajdodlarimiz kuylagan va bir umr sodiq qolgan insoniy mu-
habbat haqida yetarlicha tushuntirish lozim. Haqiqiy muhabbat o‘tkinchi  hoyu havas-
lardan xoli bo‘lishini ular ongiga aniq misollar yordamida yetkazish, biz kumush va 
Otabek, ra’no hamda anvar, Farhod va Shirin, layli va Majnun, oshiq g‘arib va Shoh-
sanam kabi sof muhabbat egalarining ajdodi ekanligimizni tushuntirish lozim. Shunda-
gina farzandlarimizni ma’naviy jihatdan sog‘lom kamol topishlariga erishishimiz mum-
kin. Shuningdek, sinf rahbarlari ota-onalar, maktab psixologlari bilan hamjihatlikda ish 
olib borish ham maqsadga muvofiq
Jamiyatning qanchalik darajada rivojlanganligini avvalo, uning kelajagini belgilab 
beruvchi yoshlarning salohiyati belgilashini davrning o‘zi taqozo qilmoqda. aslida biz 
yoshlarni  doimiy  ravishda  ma’naviy  tahdidlardan  asrab  yurar  ekanmiz,  ularda  ham 
ma’naviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirishga harakat qilishimiz lozim. 
Milliy sport turlari va xalq o‘yinlari o‘ziga xos qadriyat sifatida avlodlardan avlod-
larga o‘tib boradi. Ularni ardoqlagan yoshlar qalbida Vatanga muhabbat tuyg‘usi qaror 
topadi, milliy ruh shakllanib, xalqimizning an’ana va urf-odatlarini e’zozlash hissi ya-
nada kuchayadi. Xullas, milliy o‘yinlar yoshlarni o‘zbekona tarbiyalashning eng ta’sir-
chan vositalaridan biridir. Bu o‘yinlar qanchalik keng yoyilsa, vatanparvar yoshlar safi 
shunchalik kengayadi.

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish