I bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlar garovi



Download 306,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/38
Sana16.04.2022
Hajmi306,56 Kb.
#556743
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   38
Bog'liq
310-II-сон 06.12.2001. Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida

21-modda. Jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlar garovi
Jamiyatning ishtirokchisi jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) o‘ziga tegishli
ulushni (ulushning bir qismini) jamiyatning boshqa ishtirokchisiga yoki, agar bu jamiyatning
ustavida taqiqlangan bo‘lmasa, jamiyatning roziligi bilan uchinchi shaxsga jamiyat barcha
ishtirokchilarining ko‘pchilik ovozi bilan, agar bunday qarorni qabul qilish uchun jamiyatning
ustavida bundan ham ko‘proq ovozlar soni nazarda tutilgan bo‘lmasa, qabul qilingan jamiyat
ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining qaroriga binoan garovga qo‘yishga haqlidir. O‘z ulushini
(ulushining bir qismini) garovga qo‘yish niyatida bo‘lgan jamiyat ishtirokchisining ovozlari ovoz
berish natijalarini aniqlashda hisobga olinmaydi.
22-modda. Jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni (ulushning bir
qismini) jamiyat tomonidan olinishi
Jamiyat o‘zining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni (ulushning bir qismini) olishga
haqli emas, ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Jamiyatning ustavida jamiyat ishtirokchisining ulushidan (ulushining bir qismidan) uchinchi
shaxslar foydasiga voz kechish taqiqlangan bo‘lsa, jamiyatning boshqa ishtirokchilari esa uni olishni
rad etsa, shuningdek ulushdan (ulushning bir qismidan) jamiyatning ishtirokchisi yoki uchinchi
shaxs foydasiga voz kechish rad etilgan taqdirda, agar bunday rozilikni olish zarurligi jamiyatning
ustavida nazarda tutilgan bo‘lsa, jamiyat ishtirokchisining talabiga binoan jamiyat unga qarashli
ulushni (ulushning bir qismini) olishga majbur. Bunda jamiyat o‘zining ishtirokchisiga bu ulushning
(ulush bir qismining) jamiyatning ishtirokchisi shunday talab bilan murojaat etgan kundan oldingi
oxirgi hisobot davri uchun jamiyatning buxgalteriya hisobotlari ma’lumotlari asosida aniqlanadigan
haqiqiy qiymatini to‘lashi yoki jamiyat ishtirokchisining roziligi bilan unga xuddi shunday
qiymatdagi mol-mulkni asli holida berishi shart.
Jamiyatni ta’sis etish chog‘ida jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) o‘z hissasini o‘z
muddatida to‘liq miqdorda qo‘shmagan jamiyat ishtirokchisining ulushi, shuningdek ushbu Qonun
15-moddasining 
uchinchi qismida 
nazarda tutilgan pul tovonini muddatida taqdim etmagan
jamiyat ishtirokchisining ulushi jamiyatga o‘tadi. Bunda jamiyat ishtirokchisiga ulushning (mol-
mulk jamiyat foydalanishida bo‘lgan muddatga) u qo‘shgan hissaning qismiga mutanosib
ravishdagi qismining haqiqiy qiymatini jamiyat to‘lashi yoki jamiyat ishtirokchisining roziligi bilan
unga xuddi shunday qiymatdagi mol-mulkni asli holida berishga majbur. Ulush bir qismining
haqiqiy qiymati hissani qo‘shish yoki tovonni taqdim etishning muddati o‘tadigan kundan oldingi
oxirgi hisobot davri uchun jamiyatning buxgalteriya hisobotlari ma’lumotlari asosida aniqlanadi.
Jamiyatning ustavida ulushning hissaning to‘lanmagan qismiga yoki pul tovoni summasiga
(qiymatiga) mutanosib qismi jamiyatga o‘tishi nazarda tutilishi mumkin.
Jamiyatdan chiqarilgan yoki undan chiqib ketgan jamiyat ishtirokchisining ulushi jamiyatga
o‘tadi. Bunda jamiyat jamiyatdan chiqarilgan yoki chiqib ketgan ishtirokchiga ulushining chiqarilish
yoki chiqib ketish sanasidan oldingi oxirgi hisobot davri uchun jamiyatning buxgalteriya hisobotlari


ma’lumotlari bo‘yicha aniqlanadigan haqiqiy qiymatini to‘lashi yoki jamiyatdan chiqarilgan yoki
chiqib ketgan ishtirokchisining roziligi bilan unga xuddi shunday qiymatdagi mol-mulkni asli holida
berishi shart.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ushbu Qonunning 20-moddasi 
o‘n to‘rtinchi

o‘n beshinchi
va 
o‘n oltinchi 
qismlarida nazarda
tutilgan hollarda jamiyatning ishtirokchilari ulushning o‘tishi yoki taqsimlanishiga rozilik berishni
rad etsalar, agar jamiyatning ustaviga muvofiq bunday rozilik olinishi zarur bo‘lsa, ulush jamiyatga
o‘tadi. Bunda jamiyat vafot etgan jamiyat ishtirokchisining merosxo‘rlariga, qayta tashkil etilgan
jamiyat ishtirokchisi bo‘lgan yuridik shaxsning huquqiy vorislariga yoki jamiyat ishtirokchisi bo‘lgan
tugatilgan yuridik shaxsning ishtirokchilariga tegishincha vafot qilish, qayta tashkil etilish yoki
tugatilish kunidan oldingi oxirgi hisobot davri uchun jamiyatning buxgalteriya hisobotlari
ma’lumotlari asosida aniqlanadigan ulushning haqiqiy qiymatini to‘lashi yoxud ularning roziligi
bilan ularga xuddi shunday qiymatdagi mol-mulkni asli holida berishi shart.
(22-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
Ushbu Qonunning 
24-moddasiga 
muvofiq jamiyat tomonidan jamiyat ishtirokchisi
ulushining (ulushi bir qismining) haqiqiy qiymati uning kreditorlari talabiga binoan to‘langan
taqdirda, ulush haqiqiy qiymatining jamiyat boshqa ishtirokchilari tomonidan to‘lanmagan qismi
jamiyatga o‘tadi, ulushning qolgan qismi jamiyatning ishtirokchilari o‘rtasida ular qo‘shgan to‘lovga
mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Ulush (ulushning bir qismi) jamiyatning ishtirokchisi u jamiyat tomonidan olinishi to‘g‘risida
talabnoma taqdim etgan yoki hissani qo‘shish muddati o‘tgan yoxud tovon berilgan yoki
ishtirokchini jamiyatdan chiqarish to‘g‘risidagi sud qarori qonuniy kuchga kirgan yoki jamiyatning
istalgan ishtirokchisi ulushning jamiyat ishtirokchisi bo‘lgan jismoniy shaxslarning merosxo‘rlariga
(yuridik shaxslarning huquqiy vorislariga) o‘tishiga yoxud uning jamiyat ishtirokchisi bo‘lgan
tugatilgan yuridik shaxsning ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlanishiga rozilik berishni rad etgan yoki
jamiyat ishtirokchisi ulushining (ulushi bir qismining) haqiqiy qiymati uning kreditorlari talabiga
binoan jamiyat tomonidan to‘langan paytdan e’tiboran jamiyatga o‘tadi.
Ulush (ulushning bir qismi) jamiyatga o‘tgan paytdan e’tiboran bir yil ichida, agar jamiyatning
ustavida kamroq muddat nazarda tutilgan bo‘lmasa, jamiyat ulushning (ulush bir qismining)
haqiqiy qiymatini to‘lashi yoki xuddi shunday qiymatdagi mol-mulkni asli holida berishi shart.
Ulushning (ulush bir qismining) haqiqiy qiymati jamiyat sof aktivlarining qiymati bilan uning
ustav fondi (ustav kapitali) miqdori o‘rtasidagi farq hisobidan to‘lanadi. Agar bunday farq yetarli
bo‘lmasa, jamiyat o‘zining ustav fondini (ustav kapitalini) yetishmayotgan summaga kamaytirishi
shart.

Download 306,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish