Jamiyatning ishtirokchilari yoki ularning vakillari kun tartibidagi
masalalarni muhokama
qilishda ishtirok etish va qarorlarni qabul qilishda ovoz berish huquqiga egadirlar. Jamiyatning
jamiyat ishtirokchilarining ko‘rsatib o‘tilgan huquqlarini cheklovchi ta’sis hujjatlarining qoidalari
yoki jamiyat organlarining qarorlari haqiqiy emas.
Jamiyatning har bir ishtirokchisi jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishida
jamiyatning
ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) o‘z ulushiga mutanosib ovozlar soniga ega bo‘ladi, ushbu
Qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Jamiyatni ta’sis etish paytida jamiyatning ustaviga binoan yoki jamiyat ishtirokchilari umumiy
yig‘ilishining jamiyatning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan
qabul qilingan qaroriga
binoan jamiyatning ustaviga o‘zgartishlar kiritish yo‘li bilan jamiyat ishtirokchilari ovozlarining
sonini aniqlashning boshqacha tartibi belgilab qo‘yilishi mumkin. Jamiyat ustavining bunday
tartibni belgilab qo‘yuvchi qoidalarini o‘zgartirish va chiqarib tashlash jamiyat ishtirokchilari
umumiy yig‘ilishining jamiyatning barcha ishtirokchilari tomonidan
bir ovozdan qabul qilingan
qarori asosida amalga oshiriladi.
Jamiyatning ro‘yxatdan o‘tmagan ishtirokchisi (jamiyat ishtirokchisining vakili) ovoz berishda
ishtirok etishga haqli emas.
Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishini
o‘tkazish to‘g‘risidagi xabarnomada ko‘rsatilgan vaqtda yoki, agar jamiyatning barcha ishtirokchilari
ro‘yxatdan o‘tib bo‘lgan bo‘lsa, oldinroq ochiladi.
Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi ushbu Qonun 33-moddasining
birinchi
,
ikkinchi
,
uchinchi
va
beshinchi
qismlariga muvofiq jamiyat ishtirokchilariga xabar qilingan kun tartibidagi
masalalar bo‘yichagina qarorlar qabul qilishga haqli, mazkur umumiy yig‘ilishda jamiyatning
barcha ishtirokchilari qatnashayotgan hollar bundan mustasno.
Ushbu Qonun 30-moddasining ikkinchi qismi
ikkinchi xatboshisida
ko‘rsatilgan masalalar
yuzasidan, shuningdek jamiyatning ustavida belgilangan boshqa
masalalar yuzasidan qarorlar,
agar shunday qarorni qabul qilish uchun ushbu Qonunda yoki jamiyatning ustavida ko‘proq ovozlar
soni zarurligi nazarda tutilgan bo‘lmasa, jamiyat ishtirokchilari umumiy ovozlar sonining kamida
uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozlari bilan qabul qilinadi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Ushbu Qonun 30-moddasi ikkinchi qismining
o‘n ikkinchi
xatboshisida ko‘rsatilgan
masala
yuzasidan qarorlar jamiyatning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi. Qolgan
qarorlar, agar bunday qarorlarni qabul qilish uchun ushbu Qonunda yoki jamiyatning ustavida
ko‘proq ovozlar soni zarurligi nazarda tutilgan bo‘lmasa, jamiyat ishtirokchilari umumiy ovozlar
sonining ko‘pchilik ovozlari bilan qabul qilinadi.
(34-moddaning o‘ninchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 21-dekabrdagi O‘RQ-311-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 51-son, 542-modda)
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining qarorlari, agar jamiyatning
ustavida qarorlarni
qabul qilishning boshqacha tartibi nazarda tutilgan bo‘lmasa, ochiq ovoz berish yo‘li bilan qabul
qilinadi.
Jamiyatning ijro etuvchi organi jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining bayonnomasi
yuritilishini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: