Jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi jamiyatning ijro etuvchi
organi tomonidan:
jamiyat ishtirokchilari umumiy ovozlar sonining jami kamida o‘ndan biriga ega bo‘lgan
jamiyat ishtirokchilarining;
jamiyat kuzatuv kengashining;
jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) talabiga binoan chaqiriladi.
Jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi
zarur hollarda jamiyatning
ijro etuvchi organi tomonidan uning tashabbusiga binoan chaqirilishi mumkin.
Jamiyatning ijro etuvchi organi jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy
yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risidagi talab olingan sanadan e’tiboran uch kun ichida mazkur talabni
ko‘rib chiqishi va jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish haqida
yoki uni o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilishi shart.
Jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazishni
rad etish
to‘g‘risidagi qaror jamiyatning ijro etuvchi organi tomonidan faqat quyidagi hollarda qabul qilinishi
mumkin:
agar jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risidagi
talabni taqdim etishning ushbu Qonunda belgilangan tartibiga rioya etilgan bo‘lmasa;
agar jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishining kun tartibiga
kiritish uchun taklif qilingan masalalardan birortasi ham uning vakolatlari jumlasiga kirmasa.
Agar jamiyatning ustavida kuzatuv kengashini tuzish nazarda tutilgan bo‘lsa, jamiyatning ijro
etuvchi organi jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish
to‘g‘risidagi talab olingan sanadan e’tiboran uch kun ichida bu talabni kuzatuv kengashi ko‘rib
chiqishi uchun kiritishi shart. Kuzatuv kengashi uch kun ichida mazkur talabni ko‘rib chiqishi va
jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida
yoki ushbu
moddaning
beshinchi qismida
ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha uni o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida qaror
qabul qilishi shart.
Oldingi
tahrirga qarang.
Jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi kun tartibiga kiritish uchun
taklif qilingan masalalarning biri yoki bir nechasi jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining
vakolatlari jumlasiga kirmasa yoki qonunchilikning talablariga mos bo‘lmasa, mazkur masalalar kun
tartibiga kiritilmaydi.
(32-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Jamiyatning ijro etuvchi organi jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy
yig‘ilishi kun tartibiga kiritish uchun taklif etilgan masalalar ta’rifiga o‘zgartishlar kiritishga,
shuningdek jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazishning
taklif
qilingan shaklini o‘zgartirishga haqli emas.
Jamiyat ishtirokchilari navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishining kun tartibiga kiritish uchun
taklif qilingan masalalar bilan bir qatorda, jamiyatning ijro etuvchi organi o‘z tashabbusi bilan unga,
kun tartibi rasmiy ravishda o‘qib eshittiriladigan kundan kechiktirmay, qo‘shimcha masalalar
kiritishga haqlidir.
Jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida qaror
qabul
qilingan taqdirda, bunday umumiy yig‘ilish uni o‘tkazish to‘g‘risidagi talabnoma olingan
kundan e’tiboran qirq besh kundan kechiktirmay o‘tkazilishi shart.
Agar ushbu Qonunda belgilangan muddat ichida jamiyat ishtirokchilarining navbatdan
tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinmagan yoki uni o‘tkazishni rad
etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan bo‘lsa, jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy
yig‘ilishi uni o‘tkazishni talab qilayotgan organlar yoki shaxslar tomonidan chaqirilishi mumkin.
Bunday holda jamiyatning ijro etuvchi organi mazkur organlar
yoki shaxslarga jamiyat
ishtirokchilarining manzillari ko‘rsatilgan ro‘yxatni taqdim etishi shart. Umumiy yig‘ilishga
tayyorgarlik ko‘rish, uni chaqirish va o‘tkazish xarajatlari jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining
qaroriga binoan jamiyatning mablag‘lari hisobidan qoplanishi mumkin.