I bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


V BOB. JAMIYATNING BITIM TUZIShDAN MANFAATDORLIGI. YIRIK BITIMLAR



Download 306,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet29/38
Sana16.04.2022
Hajmi306,56 Kb.
#556743
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   38
Bog'liq
310-II-сон 06.12.2001. Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida

V BOB. JAMIYATNING BITIM TUZIShDAN MANFAATDORLIGI. YIRIK BITIMLAR
43-modda. Jamiyatning bitim tuzishdan manfaatdorligi
Tuzilishidan jamiyat kuzatuv kengashining a’zosi, jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro
etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi shaxslar, jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi a’zosi
manfaatdor bo‘lgan yoki o‘z affillangan shaxslari bilan birgalikda jamiyat ishtirokchilari umumiy
ovozlari sonining yigirma va undan ortiq foiziga ega bo‘lgan jamiyat ishtirokchisining
manfaatdorligi bo‘lgan bitimlar jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining roziligisiz jamiyat
tomonidan tuzilishi mumkin emas.
Ushbu moddaning 
birinchi qismida 
ko‘rsatilgan shaxslar, ularning erlari (xotinlari), ota-onalari,
bolalari, aka-ukalari, opa-singillari va (yoki) ularning affillangan shaxslari quyidagi hollarda jamiyat
tomonidan bitim tuzilishidan manfaatdor shaxslar deb e’tirof etiladi:
bitim taraflari hisoblansalar yoki jamiyat bilan munosabatlarda uchinchi shaxslarning
manfaatlarini ifodalasalar;
bitim tarafi hisoblanuvchi yoki jamiyat bilan munosabatlarda uchinchi shaxslarning
manfaatlarini himoya qiluvchi yuridik shaxs aksiyalarining (paylari, ulushlarining) yigirma va undan
ortiq foiziga ega bo‘lsalar (har biri alohida-alohida yoki jamlangan holda);
bitim tarafi hisoblanuvchi yoki jamiyat bilan munosabatlarda uchinchi shaxslarning
manfaatlarini himoya qiluvchi yuridik shaxsning boshqaruv organlarida lavozim egallab turgan
bo‘lsalar.
Ushbu moddaning 
birinchi qismida 
ko‘rsatilgan shaxslar jamiyatning ustavida belgilangan
boshqa hollarda ham jamiyatning bitim tuzishidan manfaatdor shaxslar deb e’tirof etiladi.
Ushbu moddaning 
birinchi qismida 
ko‘rsatilgan shaxslar:
ular, ularning erlari (xotinlari), ota-onalari, bolalari, aka-ukalari, opa-singillari va (yoki)
affillangan shaxslari aksiyalarining (paylar ulushlarining) yigirma va undan ortiq foiziga ega bo‘lgan
yuridik shaxslar to‘g‘risidagi;
ular, ularning erlari (xotinlari), ota-onalari, bolalari, aka-ukalari, opa-singillari va (yoki) ularning
affillangan shaxslari boshqaruv organlarida lavozimni egallab turgan yuridik shaxslar to‘g‘risidagi;
ular tuzilishidan manfaatdor deb e’tirof etilishi mumkin bo‘lgan tuziladigan yoki taxmin
qilinadigan bitimlar to‘g‘risidagi axborotni jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining e’tiboriga
yetkazishlari kerak.
Tuzilishidan manfaatdorlik bo‘lgan bitimlarni jamiyat tuzishi to‘g‘risidagi qaror jamiyat
ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi tomonidan jamiyatning uning tuzilishidan manfaatdor
bo‘lmagan ishtirokchilari umumiy ovozlarining ko‘pchilik ovozlari bilan qabul qilinadi.
Agar bitim jamiyat bilan boshqa taraf o‘rtasida, bitim tuzilishidan manfaatdor shaxs ushbu
moddaning 
birinchi 
va 
ikkinchi 
qismlariga muvofiq shunday shaxs deb e’tirof etiladigan paytga
qadar bo‘lgan, odatdagi xo‘jalik faoliyati jarayonida tuzilgan bo‘lsa, manfaatdorlik bo‘lgan bitimni
tuzish ushbu moddaning 
beshinchi qismida 
nazarda tutilgan jamiyat ishtirokchilari umumiy
yig‘ilishining qarorini talab qilmaydi (jamiyat ishtirokchilarining keyingi umumiy yig‘ilishi
o‘tkaziladigan sanaga qadar qaror talab qilinmaydi).
Tuzilishidan manfaatdorlik bo‘lgan va ushbu moddada nazarda tutilgan talablar buzilgan
holda tuzilgan bitimlar jamiyatning yoki uning ishtirokchisining da’vosi asosida sud tomonidan
haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Manfaatdor shaxs jamiyat oldida o‘zi tomonidan jamiyatga yetkazilgan zarar miqdorida
javobgar bo‘ladi. Agar bir necha shaxs javobgar bo‘lsa, ularning jamiyat oldidagi javobgarligi solidar
bo‘ladi.


Jamiyatda jamiyatning kuzatuv kengashi tuzilgan taqdirda, tuzilishidan manfaatdorlik
bo‘lgan bitimlarni tuzish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish jamiyatning ustavi bilan uning vakolatlari
jumlasiga kiritilishi mumkin, bitim yoki bitimning predmeti bo‘lgan mol-mulkning qiymati bo‘yicha
haq to‘lash summasi jamiyatning oxirgi hisobot davridagi buxgalteriya hisobotlari ma’lumotlari
asosida aniqlangan mol-mulki qiymatining besh foizidan ortiq bo‘lgan hollar bundan mustasno.

Download 306,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish