Jamiyat ushbu Qonun va jamiyat ustavi talablari hisobga olingan holda belgilangan tartibda
ixtiyoriy ravishda tugatilishi mumkin. Jamiyat qonunchilikda nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra
sudning qaroriga binoan ham tugatilishi mumkin.
(55-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Jamiyatni tugatish uning huquqlari va majburiyatlari huquqiy vorislik tartibida boshqa
shaxslarga o‘tmagan holda faoliyatining tugatilishiga sabab bo‘ladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining jamiyatni ixtiyoriy
ravishda tugatish hamda
tugatuvchini tayinlash to‘g‘risidagi qarori jamiyat kuzatuv kengashining,
ijro etuvchi organining
yoki ishtirokchisining taklifiga binoan qabul qilinadi.
(55-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 14-dekabrdagi O‘RQ-127-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 50-51-son, 506-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Ixtiyoriy ravishda tugatilayotgan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi jamiyatni
tugatish va yuridik shaxslarni tugatuvchini tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
(55-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 14-dekabrdagi O‘RQ-127-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 50-51-son, 506-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Tugatuvchi tayinlangan paytdan e’tiboran jamiyat ishlarini boshqarish bo‘yicha
barcha
vakolatlar tugatuvchiga o‘tadi. Tugatuvchi tugatilayotgan jamiyat nomidan sudda ishtirok etadi.
(55-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 14-dekabrdagi O‘RQ-127-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 50-51-son, 506-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning qaroriga ko‘ra jamiyatni tugatish ushbu jamiyat moliya-
xo‘jalik faoliyati amalga oshirilmaganligi sababli belgilangan tartibda harakatsiz rejimga o‘tkazilgan
paytdan e’tiboran uch yil ichida uning faoliyati tiklanmagan taqdirda amalga oshiriladi. Bunda
tugatuvchi tayinlanmaydi,
bundan ushbu moddaning
yettinchi qismida
nazarda
tutilgan hollar
mustasno.
(55-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-592-sonli
Qonuniga
asosan
oltinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.12.2019-y., 03/19/592/4144-son
— 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi
tahrirga qarang.
Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi bo‘lgan jamiyatni tugatishda tugatish
komissiyasi tayinlanadi va uning tarkibiga davlat mulkini boshqaruvchi organning vakili kiritiladi.
(55-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 14-dekabrdagi O‘RQ-127-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 50-51-son, 506-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Jamiyatni tugatish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(55-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Do'stlaringiz bilan baham: