I bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Jamiyatni qayta tuzish



Download 306,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet37/38
Sana16.04.2022
Hajmi306,56 Kb.
#556743
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
310-II-сон 06.12.2001. Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida

54-modda. Jamiyatni qayta tuzish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Jamiyat qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa tashkiliy-huquqiy shakldagi tijorat
tashkiloti etib qayta tuzilishga haqlidir.
(54-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qayta tuzish shaklida qayta tashkil etilayotgan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi
bunday qayta tashkil etish to‘g‘risida, qayta tuzish tartibi va shartlari to‘g‘risida, jamiyat
ishtirokchilarining ulushlarini qayta tuzish natijasida tashkil etilayotgan yuridik shaxsning
aksiyalariga (ulushlari, paylariga) ayirboshlash tartibi to‘g‘risida va ana shu yuridik shaxsning ta’sis
hujjatlarini tasdiqlash to‘g‘risida, shuningdek topshirish dalolatnomasini tasdiqlash to‘g‘risida qaror
qabul qiladi.
Qayta tuzish natijasida tashkil etilayotgan yuridik shaxsning ishtirokchilari ana shunday
yuridik shaxslar to‘g‘risidagi qonun talablariga muvofiq uning organlarini saylash to‘g‘risida qaror
qabul qiladilar va tegishli organga qayta tuzish natijasida tashkil etilayotgan yuridik shaxsni davlat
ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq harakatlarni amalga oshirishni topshiradilar.
Jamiyatni qayta tuzish natijasida tashkil etilgan yuridik shaxsga qayta tashkil etilgan
jamiyatning barcha huquqlari va majburiyatlari topshirish dalolatnomasiga muvofiq o‘tadi.
55-modda. Jamiyatni tugatish
Oldingi
 tahrirga qarang.


Jamiyat ushbu Qonun va jamiyat ustavi talablari hisobga olingan holda belgilangan tartibda
ixtiyoriy ravishda tugatilishi mumkin. Jamiyat qonunchilikda nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra
sudning qaroriga binoan ham tugatilishi mumkin.
(55-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Jamiyatni tugatish uning huquqlari va majburiyatlari huquqiy vorislik tartibida boshqa
shaxslarga o‘tmagan holda faoliyatining tugatilishiga sabab bo‘ladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining jamiyatni ixtiyoriy ravishda tugatish hamda
tugatuvchini tayinlash to‘g‘risidagi qarori jamiyat kuzatuv kengashining, ijro etuvchi organining
yoki ishtirokchisining taklifiga binoan qabul qilinadi.
(55-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 14-dekabrdagi O‘RQ-127-sonli
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 50-51-son, 506-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ixtiyoriy ravishda tugatilayotgan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi jamiyatni
tugatish va yuridik shaxslarni tugatuvchini tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
(55-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 14-dekabrdagi O‘RQ-127-sonli
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 50-51-son, 506-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Tugatuvchi tayinlangan paytdan e’tiboran jamiyat ishlarini boshqarish bo‘yicha barcha
vakolatlar tugatuvchiga o‘tadi. Tugatuvchi tugatilayotgan jamiyat nomidan sudda ishtirok etadi.
(55-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 14-dekabrdagi O‘RQ-127-sonli
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 50-51-son, 506-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning qaroriga ko‘ra jamiyatni tugatish ushbu jamiyat moliya-
xo‘jalik faoliyati amalga oshirilmaganligi sababli belgilangan tartibda harakatsiz rejimga o‘tkazilgan
paytdan e’tiboran uch yil ichida uning faoliyati tiklanmagan taqdirda amalga oshiriladi. Bunda
tugatuvchi tayinlanmaydi, bundan ushbu moddaning 
yettinchi qismida
nazarda tutilgan hollar
mustasno.
(55-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-592-sonli 
Qonuniga 
asosan
oltinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.12.2019-y., 03/19/592/4144-son
— 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi bo‘lgan jamiyatni tugatishda tugatish
komissiyasi tayinlanadi va uning tarkibiga davlat mulkini boshqaruvchi organning vakili kiritiladi.
(55-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 14-dekabrdagi O‘RQ-127-sonli
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 50-51-son, 506-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Jamiyatni tugatish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(55-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 306,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish