I bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Jamiyatning taftish komissiyasi (taftishchisi)



Download 306,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet31/38
Sana16.04.2022
Hajmi306,56 Kb.
#556743
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   38
Bog'liq
310-II-сон 06.12.2001. Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida

45-modda. Jamiyatning taftish komissiyasi (taftishchisi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Jamiyatning ustavida jamiyatning taftish komissiyasini tuzish (taftishchisini saylash) nazarda
tutilishi mumkin. Jamiyatning ishtirokchisi bo‘lmagan shaxs ham jamiyat taftish komissiyasining
a’zosi (taftishchisi) bo‘lishi mumkin.
(45-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-martdagi O‘RQ-760-sonli
Qonuni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.03.2022-y., 03/22/760/0249-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Agar jamiyatning ustavida nazarda tutilgan bo‘lsa, jamiyatning taftish komissiyasi
(taftishchisi) vazifasini jamiyat bilan, jamiyat kuzatuv kengashining a’zolari bilan ishonchli
boshqaruvchi bilan, jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini bajaruvchi
shaxs bilan, jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi a’zolari va jamiyatning ishtirokchilari bilan
mulkiy manfaatlar bilan bog‘liq bo‘lmagan auditorlik tashkiloti amalga oshirishi mumkin.
(45-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-martdagi O‘RQ-760-sonli
Qonuni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.03.2022-y., 03/22/760/0249-son)
Jamiyat kuzatuv kengashining a’zolari, jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi
organi vazifasini amalga oshiruvchi shaxs va jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi a’zolari jamiyat
taftish komissiyasining a’zolari (taftishchisi) bo‘lishlari mumkin emas.
Jamiyatning taftish komissiyasi (taftishchisi) jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishi
tomonidan jamiyatning ustavida belgilangan muddatga saylanadi.
Jamiyat taftish komissiyasi a’zolarining soni jamiyatning ustavida belgilanadi.
Jamiyatning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tekshirish taftish komissiyasining tashabbusiga,
ishtirokchilar umumiy yig‘ilishining, kuzatuv kengashining qaroriga yoki jamiyat ishtirokchilari
umumiy ovozlari sonining jami kamida o‘ndan bir qismiga ega bo‘lgan jamiyat ishtirokchilarining
talabiga binoan bir yillik yoki boshqa davr uchun faoliyat yakunlariga ko‘ra amalga oshiriladi.


Jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) talabiga binoan jamiyat kuzatuv
kengashining a’zolari, jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga
oshiruvchi shaxs, jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi a’zolari, shuningdek jamiyatning
xodimlari og‘zaki yoki yozma shaklda zarur tushuntirishlar berishlari shart.
Jamiyatning taftish komissiyasi (taftishchisi) jamiyatning yillik hisobotlarini va buxgalteriya
balanslarini ular jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishida tasdiqlanguniga qadar majburiy
tartibda tekshirishdan o‘tkazadi.
Jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) ish tartibi jamiyatning hujjatlari bilan
belgilanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 306,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish